Abramov muzligi

From UzEnc
Jump to navigation Jump to search

Abramov muzligi - Olay tizma-sining jan. yon bag‘ridagi muzlik. Ko‘ksuv (Kizilsuvning irmog‘i) havzasida. Maydoni 22,8 km², uz. 10 km. Muzlikning to‘yinish havzasi keng muz hosil bo‘lish mintaqasi — sirkdan iborat. Muzlik 4960 m ba-landlikdan boshlanib, muzlik tili 3600 m balandlikkacha tushadi. Abramov muzligining eng qalin joyi 160 – 170 m, o‘rtacha qalinligi 110 m. Muzlik tilining harakat tezligi sutkasiga 20 — 30 sm, lekin har 10—11 yilda bir marta muzlik tilining harakati sutkasiga 2 m ga yeta-di. 1972 — 73 yillarda muzlik tilining quyi qismi 625 m ga surilgan.Abramov muzligida 19-a. oxiridan muntazam tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Adabiyotlar[edit | edit source]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil