Abulqosim madrasasi

From UzEnc
Jump to navigation Jump to search
Stamps of Uzbekistan, 2007-09.jpg

Abulqosim madrasasi - Tosh-kentdagi me’moriy yodgorlik. Madrasa, masjid va xonaqohdan iborat. Qurdirgan shayx nomi bilan atalgan. Eng eski binosi — xonaqoi Mo‘yi Muborak 1820 y. bunyod etilgan, 1850 y. Madrasa qurilgan. Dast-lab bir qavatli bo‘lgan. Madrasa chortoq tarhli (55×46 m), hovlisi (22×28 m) atrofida miyonsaroy, darsxona, masjid, to‘rda Mo‘yi Muborak xonaqohi (6,1×6,1 m) joylashgan. Hovliga old va orqa tomo-nidagi peshtoq orqali kiriladi. Bino-ni bezashda asosiy e’tibor bosh tarziga qaratilgan bo‘lib, peshtoq (bal. 16 m)ning ikki yonida guldasta-minoralar qad ko‘targan. Ularning tepa qismi gumbaz-li mezanalar bilan yakunlangan. Darsxona, maktabxona (murabba tarhli — 6,12×6,12 m), ikki qavatli hujralardan iborat. Madrasa oldidagi hovuz, keyinchalik qurilgan hammom 1940-yillarda buzil-4gan. Madrasa eshiklarini o‘ratepalik Us t a Hasanboy o‘yma naqsh bilan bezagan. Ta’mirlashda A. Solihov, X. Nishonov, O. Polvonovlar qatnashgan (1979). Ma-drasada Abdulla Qodiriy o‘qigan. 1983 yildan O‘zbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish jamiya-tining Toshkent bo‘limi joylashgan.

Adabiyotlar[edit | edit source]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil