Aksiyador
Jump to navigation
Jump to search
Aksiyador — aksiyaning egasi, undan naf ko‘ruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Aksiyador aksiyadorlik jamiyatining a’zosi, o‘z aksiyasini tasarruf eta oladi. Aksiyador ayrim fuqaro, firma, korxona, bank, turli investitsiya fondlari, davlat (hukumat) va jamoat tashkilotlari bo‘lishi mumkin.
Qo‘lidagi aksiya miqdori va turiga qarab aksiyadorlarning maqomi har xil bo‘ladi (ayrimlari faqat daromad olishi, ayrimlari korxona boshqaruvida ishtirok etishi mumkin).
Aksiyador vakolatiga strategiya, biznesni rivojlantirish va boshqarish kiradi.
Aksiyador aksiya chiqargan korxonaning hamkorlikdagi egasi hisoblanadi.
Adabiyotlar[edit | edit source]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |