Bosh menuni ochish

Fargʻona universiteti, Fargʻona davlat universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston hukumatining qaroriga muvofiq 1991 yil 1 martda Fargʻona pedagogika instituti (1930 yil 1 mayda asos solingan) negizida tashkil etilgan. Untda 11 ft (mat., fizikatexnika, tabiiyot, jismoniy tarbiya, iqtisodiyot, ijtimoiygumanitar mutaxassisliklar, ped. va madaniyat, oʻzbek filol.si, xorijiy filol., huquq va maʼnaviyat asoslari, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash), 50 kafedra, 34 oʻquv va 10 ilmiy laboratoriya, 14 kompyuter sinfi, 2 akademik litsey, instituternat litsey, biznes maktabi, "Nilufar" teatr studiyasi, sanatoriyprofilaktoriy, 8 ochiq va 4 qishki yopiq sport inshooti bor; kutubxonasida 800 mingga yaqin asar saqlanadi (2004). Kutubxona qoshida 100 oʻrinli oʻquv zali, ftlararo 2 filiali xamda instituternet tarmogʻiga ulangan kompyuter zali mavjud. Unt 26 yoʻnalish boʻyicha [mat., amaliy mat. va informatika, fizika, kasbiy taʼlim, biol., kimyo, tuproqshunoslik, ekologiya va tabiatdan foydalanish, geogr., mehnat taʼlimi, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik, iqtisodiyot (sohalar boʻyicha), tarix, psixologiya, sotsiologiya, oʻzb. filol.si, slavyan filol.si., romangerman filol.si, boshlangich taʼlim va sport tarbiyaviy ish, ijtimoiy madaniy faoliyat, musiqiy taʼlim, xalq ijodiyoti, tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi, milliy istiqlol gʻoyasi, hUQUQ va maʼnaviyat asoslari, yurisprudensiya] bakalavrlar, 16 mutaxassislik boʻyicha (differensial tenglamalar, ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, mat. fanini oʻqitish metodikasi, yarim oʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi, nazariy fizika, fizika fanini oʻqitish metodikasi, noorganik kimyo, zool., bogtanika, odam va xayvonlar fiziologiyasi, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, tarmoqlar iqtisodiyoti, Vatan tarixi, sotsiologik tadqiqot usullari, lingvistika, adabiyotshu noslik) magistrlar tayyorlaydi. Untda 12 yoʻnalish boʻyicha aspirantura va 2 yoʻnalish boʻyicha doktorantura hamda 2003 yildan milliy tillar (oʻzbek tili) boʻyicha Birlashgan ixtisoslashgan ilmiy kengash faoliyat koʻrsatadi. 2003/04 oʻquv yili universitetda 7059 talaba taʼlim oldi, 611 oʻqituvchi, jumladan, 55 fan doktori va prof., 167 fan nomzodi va dotsent ishladi. Unt faoliyati B.Otaqulov, M. Qoraboyev, A. Oʻrinov, M. Ahmedov, R.Rasulov, M. Abdullayev, A. Mamajonov, Yo. Toirov, A. Gʻofurov, A. Muhammadiyev, Gʻ. Hamidov, A. Krdirov, A. Mahmedov, Sh. Xonkeldiyev kabi prof.oʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. Untda ilmiy jur. va "Fargʻona universiteti" gaz. nashr etiladi. 2004 yilgacha universitet 70 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi.