Komilov, Abdulaziz Hafizovich

Материал из УзЭнц
(перенаправлено с «Abdulaziz Komilov»)
Abdulaziz Hafizovich Komilov
Абдулазиз Ҳафизович Комилов
Abdulaziz Hafizovich Komilov
Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri
2012-yil 13-yanvardan
Prezident: Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi: Elyor Gʻaniyev
Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri
1994-yil 11-sentabrdan — 2003-yil 14-martgacha
Prezident: Islom Karimov
Vorisi: Sodiq Safoyev
 
Tavalludi: 16-noyabr 1947 (1947-11-16) (76 yosh)
Yangiyoʻl, Oʻzbek SSR
Bolalari: Doniyor Komilov
 
Mukofotlari:

Fidokorona xizmatlari uchun ordeni Mehnat shuhrati ordeni Шаблон:Oʻzbekiston mustaqilligiga 20 yil nishoni

Abdulaziz Hafizovich Komilov (16-noyabr, 1947, Yangiyoʻl) — oʻzbekistonlik siyosatchi. 2012-yildan beri Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri.[1] 1994-2003-yillarda ham aynan shu lavozimda ishlagan.

Hayoti[править | править код]

Abdulaziz Komilov 1947-yil Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan. 1972-yil SSSR Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasini bitirgan. 1978-80-yillarda SSSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik boʻlimida oʻqigan. Komilov tarix fanlari nomzodidir.

Siyosiy karyerasi[править | править код]

Komilov 1973-1976-yillar Sovet Ittifoqining Livandagi elchixonasida attashe oʻlaroq ishlagan. 1980-1984-yillarda Sovet Ittifoqining Suriyadagi elchixonasida ikkinchi kotib sifatida ishlagan. 1984-1988-yillarda esa Oʻzbek SSR Tashqi ishlar vazirligining Yaqish Sharq ishlari boʻlimida ishlagan.

1988-1991 yillarda SSSR Fanlar akademiyasining Jahon iqtisodi hamda tashqi ishlar boʻlimida ishlagan. 1991-1992-yillarda Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi maslahatchisi oʻlaroq faoliyat yurtigan. 1992-1994-yillarda Oʻzbekiston milliy xavfsizlik vaziri oʻrinbosari oʻlaroq ishlagan.

1994-yil Komilov Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan. 1998-2003-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori. 2003-yil Komilov oʻrniga Sodiq Safoyev tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan. Buning ortidan Komilov Oʻzbekiston prezidentiga tashqi ishlar boʻyicha maslahatchi oʻlaroq ishlay boshlagan.

2003-yil Komilov Oʻzbekistonning AQSh hamda Kanadadagi elchisi etib tayinlangan. 2008-yil Komilov mamlakatnign Braziliyadagi elchisi sifatida ham ishlay boshlagan. 2010-yil tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlay boshlagan. 2012-yilga kelib tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan.

Mukofotlari[править | править код]

Komilov Fidokorona xizmatlari uchun ordeni[2], „Mehnat shuhrati“, „Doʻstlik“, „Oʻzbekiston belgisi“ va „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Oilasi[править | править код]

Komilov Sharof Rashidovning qizi Gulnora Rashidovaga uylangan. O'gli - Doniyor[3].

Manbalar[править | править код]


Шаблон:Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaxsiy tarkibi