Abdulla Rahimboyev

Материал из УзЭнц

Abdulla Rahimboyev (1896, Xoʻjand — 1938.7.5) — davlat va jamoat arbobi. Samarqand erlar gimnaziyasi (1912), Toshkent oʻqituvchilar seminariyasini (1917) tugatgan. R. 1919-yildan shoʻro muassasalarida faoliyat yurita boshladi. Turkiston ASSR MIK raisi (1920-1922). RSFSR Milliy ishlar xalq komissarligida kollegiya aʼzosi (1921-yil mart—avgust). Bir muddat Moskvaga chaqirilib, RSFSR Milliy ishlar xalq komissarligida ishlagan. Soʻng R. Buxoro kompartiyasi (1923 yil iyun—noyab). va Turkiston KP MK kotibi (1923 yil noyabr — 1924 yil noyabr) lavozimlarida ishlagan. 1925 yildan Moskvada yashab turgan. SSSR xalqlari Markaziy nashriyoti boshqarmasi raisi (1928 yil iyul — 1929 yil may). Tojikiston SSR XKSning raisi (1933 yil dek.dan), SSSR MIK raislaridan biri (1934 yildan). "Millatchilik tashkiloti"ning aʼzosi degan ayblar bilan qamoqqa olingan (1937-yil 7-sentyabr) va otishga hukm qilingan. P. 1956-yil oqlangan[1][2].

Manbalar[править | править код]

  1. Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil