Abdullayev, Jo‘ra Abdullayevich

Материал из УзЭнц
Joʻra Abdullayev
Abdullayev Jo‘ra Abdullayevich
Tavallud sanasi: 1927
Tavallud joyi: Toshkent
Fuqaroligi: SSSR bayrogʻi Sovet ittifoqi, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Otasi: Mirza Abdulla Pochayev (1883-1972)
Onasi: Maryamxon Umarova (1896-1940)
Bilimi: oliy
Partiyasi: Sovet ittifoqi Kommunistik partiyasi

Joʻra Abdullayevich Abdullayev (1927-yil 27-fevral, Toshkent) — energetik olim, O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademiki (1989), texnika fanlari doktori (1973), professor (1982).

Avtomatika va axborotlashtirish sohasidagi olim, fan va taʼlim faollaridan biri, jamoat arbobi.

1934-1944 yillar mobaynida 41-maktabda taʼlim olgan. Mehnat faoliyatini 1944-yil iyun oyida Toshkent passajir-parovozlari deposida parovoz oʻtyoqari (kochegari) sifatida boshlagan. Zarur amaliy imtihonlarni topshirgach, 1944-yil sentabr oyidan to 1946-yil mart oyigacha parovoz mashinistining yordamchisi boʻlib ishlagan. Parovoz mashinistlari olti oylik kursini va ikki oylik maxsus kursni bitirgach, 1948-yil sentabrigacha dizel-poyezdda birinchi toifali mashinist yordamchisi boʻlib ishlagan. 1948-yildan Politexnika instituti (hozirgi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti)ning Energetika fakultetida tahsil oldi va 1953-yil noyabr oyida «Rele muhofazasi va tizim avtomatikasi» mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan bitirdi, muhandis-elektrik mutaxassisligini egalladi va aspiranturaga tavsiya etildi.[1]

Faoliyati[править | править код]

  • Oʻrta Osiyo politexnika institutini bitirgan (1953);
  • Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika institutida katta ilmiy xodim (1959 - 60);
  • Oʻzbekiston SSR energetika va avtomatika ilmiy tadqiqot institutida laboratoriya mudiri (1960—76);
  • 1965-yildan Kommunistik partiya aʻzosi.[2]
  • Toshkent elektrotexnika aloqa instituti rektori (1971 — 92), shu institutda maslahatchi (1996 yildan).
  • Kommunistik partiya Markaziy komiteti (MK) aʻzosi (1990 — 91).
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vaziri (1992 — 94).
  • O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti vazifasini bajaruvchi (1994 — 96).

Ilmiy ishlari[править | править код]

1957-yildan beri ilmiy faoliyatda. 250 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Shu jumladan, 9 ta monografiya va 40 ta ixtirolari bor.

Asosiy ilmiy ishlari boshqarish tizimlarida axborotlarga tezkor ishlov berish va axborotlarni uzatish nazariyasi, koʻp boʻgʻinli tizimlarda xatolarni aniqlash va bartaraf qilish, koʻp boʻgʻinli elementlardagi raqamli qurilmalarning ishonchliligini ta’minlash, aloqada raqamli tizimlarni qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan. Kosmonavtikaga doir ishlari ham bor.

Qayta tiklanadigan energiya bо‘yicha Xalqaro kengash va Xalqaro ekoenergiya akademiyasi aʼzosi etib saylangan.

Pedagogik faoliyati[править | править код]

Hozirgi vaqtda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori. 4 ta fan doktori va 20 dan ortiq fan nomzodi tayyorlaganlar.

Ragʻbatlantirish[править | править код]

  • Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980);
  • "Yu.A. Gagarin" va akademik "S.P. Korolyov" esdalik medallar sohibi.[3]
  • "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi (2003).

Manbalar[править | править код]

Adabiyotlar[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Jo‘ra Abdullayevich Abdullayev, Biobibliografiya, Toshkent, 1997.