Abutaliyev, Faradey Basirovich

Материал из УзЭнц
Faradey Basirovich Abutaliyev
70-yosh yubileyini nishonlashdan oldin, Toshkent, fevral, 2002-yil.
70-yosh yubileyini nishonlashdan oldin, Toshkent, fevral, 2002-yil.
Tavalludi25-mart 1932-yil
Toshkent shahri
Vafoti30-avgust 2012-yil
Toshkent shahri
Istiqomat joylariToshkent shahri
FuqaroligiOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
VataniSSSR bayrogʻi Sovet ittifoqi
Sohasimatematik modellashtirish
Mashhur sovrinlari"Shavkatli mehnati uchun" medali (1970), VDNX medali va premiyasi

Faradey Basirovich Abutaliyev (1932-yil 25-mart, Toshkent, OʻzSSR — 2012-yil 30-avgust, Toshkent, OʻzR) — matematik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), fizika-matematika fanlari doktori (1964), professor (1972).

O‘rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1952). Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Hisoblash markazi kibernetika institutida ilmiy xodim (1957— 62), 1962 yildan laboratoriya mudiri.

Faradey Abutaliyev ishlari differensial tenglamalar, hisoblash matematikasi, dasturlash, axborotlar nazariyasi, elastiklik nazariyasi, gidrodinamika muammolariga bag‘ishlangan. Abutaliyev parabolik tipdagi nochiziqli tenglamalarning ixtiyoriy shaklli sohalaridagi yechimlarini topish uchun tejamli hisoblash sxemalarini ishlab chiqdi.

Manbalar[править | править код]