Tyuring, Alan (ингл. Alan Mathison Turing; |23|06|1912 — |7|06|1954) - ingliz matematigi, logiki, kriptografi. U informatikani rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan. 1950-yilda kompyuterni ongliligini tekshiruvchi Tyuring testini taklif etgan.

Alan Mathison Turing
Файл:Alan Turing Aged 16.jpg
Tavalludi 1912 yil, 23 iyun
Maida Vale, London, Angliya
Vafoti 1954 yil, 6 iyul
Wilmslow, Cheshire, Angliya
Istiqomat joylari Wilmslow, Cheshire, Angliya
Sohasi Matematika
Tezis sarlavhasi Systems of Logic based on Ordinals
Akademik rahbarlari Alonzo Church
Mashhur shogirdlari Robin Gandy
Mashhur ishlari Cryptanalysis of the Enigma, Turing machine, Turing test
Mashhur sovrinlari
[[File:{{{imzo}}}|150px|alt={{{imzo_izoh}}}|{{{imzo_izoh}}}]]

16 kun kam 42 yil umr ko‘rgan angliyalik matematik, mantiqshunos, kriptograf va informatikaga o‘zining katta hissasini qo‘shgan Alan Tyuring — sunʼiy ong, sunʼiy intellekt yaratish mumkinligini qandaydir maʼnoda isbotlagan olim, „kompyuter“ otasi.[1]

II Jahon urushida nemislarning „Enigma“ nomli maxfiy shifrlovchi mashinasini buzishni Alan Tyuring uddalagan. 1950-yil oktyabr oyida „Mind“ jurnalida chop etilgan „Hisoblash mashinasi va intellekt“ nomli ilmiy maqolasida bir tajriba qo‘llashni taklif qilgan, unga ko‘ra kompyuter insonlar bilan muloqot qilganda odamlardek „fikrlay oladi“ va „muloqot qila oladi“, yaʼni kompyuterni o‘rgatish mumkin. Mazkur tajriba keyinchalik „Tyuring testi“ deb nomlanib, kompyuterlarning onglilik darajasini tekshirgan. „Tyuring testi“ni aksi bajarilishi natijasida CAPTCHA (hozirgi kunda internetda mashhur, odamlarning haqiqatdan odamligini tekshiruvchi test) o‘ylab topilgan. Birinchilardan bo‘lib xotirasida dasturlarni saqlaydigan kompyuter yaratish mumkinligini isbotlovchi ilmiy ishini taqdim etgan. O‘zi hozirgi imkoniyatdagi kompyuterlarning ilk ajdodlarini yaratilishida qatnasholmagan bo‘lsada, lekin nazariyasini yaratib bergan edi. Tyuring hatto shaxmatning kompyuter versiyasini ham ishlab chiqqan edi. Shuningdek, u matematik biologiya va kimyoga ham qiziqib, bu borada ham izlanishlar olib borgan.

Shaxsiy hayoti Править

Juda ko‘p kashfiyotlar qilgan, ilmi yuksak, beqiyos olim Alan Tyuringning shaxsiy hayoti juda achinarli. U deyarli yolg‘iz yashadi. Angliyada gomoseksuallar (geylar)ga qarshi qonun qurboniga aylandi. Haqiqattan u, hamma qatori normal odam emas edi. Seonid moddasi bilan zaharlanib, o‘z joniga qasd qilgan. Qamoqda o‘tirishning o‘rniga doimiy gomoseksualizmga qarshi davolanish orqali jazo usuli bilan hukm qilingan.

O'limdan so'ng Править

Oradan 50 yillar o‘tib, Alan Tyuringning 100 yoshi munosabati bilan u oqlana boshlandi. 2009-yilda Buyuk Britaniya premyer-ministri Gordon Braun Alan Tyuring uchun o‘z xalqidan uzr so‘ragan. 2013-yilda Angliya qirolichasi Elezavita II tomonidan umrbod oqlangan. 2002-yilda Alan Tyuring — „tarixdagi eng mashhur 100 ta britaniyaliklardan biri“ deb, 2009-yilda Alan Tyuring — „Buyuk Britaniyadagi eng mashhur gomofobiya qurbonlaridan biri“ sifatida tan olingan.

Qiziqarli faktlar Править

  • Hisoblash mashinalari Uyushmasi (Association for Computing Machinery)ning yillik mukofotlaridan biri Tyuring sovrini deb nomlanadi. Axborot Texnologiyalari sohasidagi eng obro‘li mukofot, uni bemalol Nobel mukofotiga tenglashtirish mumkin;
  • Alan Tyuring nomi quyidagi katta romanlarda takrorlangan:
  1. Nil Stivenson “Kriptonomikon”,
  2. Robert Xarris “Enigma”,
  3. Nil Stivenson “Olmos asri yoxud oliyjanob hurlar alifbosi” (Tyuring mashinasi),
  4. Garri Garrison “Tyuring tanlovi”,
  5. Uilyam Gibson “Neyromant” (“Tyuring politsiyasi”,
  6. “Tyuring reyestri” – sun’iy intellekt haqida);
  • “Assassin’s Creed: Brotherhood” o‘yinining 4-topishmog‘ida bashariyat manfaati uchun tampliyerlar tomonidan Alan Tyuring o‘ldirilgan deb gumon qilinadi. Sababi, u yaratgan mashinalar bir necha odamning ishini bajarar, bunda odamlar ishsiz qolib ketishi mumkin edi;
  • Alan Tyuring hurmatiga bitta asteroid uning nomi bilan ataladi;
  • 2001-yili Manchesterda Alan Tyuring yodgorligi o‘rnatilgan.
  • 2014-yilda Alan Tyuring sharafiga “Taqlid o‘yini” nomli tarixiy drama filmi suratga olingan.

Manbalar Править