Aleksandr Nikolayevich Filatov

Материал из УзЭнц

Filatov Aleksandr Nikolayevich (1930.1.10, Chelyabinsk viloyati) — matematik va mexanik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1974), fizikamat, fanlari doktori (1969), professor (1970). Oʻrta Osiyo universitetining fizikamatematika fakultetini tugatgan (1953). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika va mexanika institutida aspirant (1953—56), ilmiy xodim (1957— 61). Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida, soʻng hisoblash markazli Kibernetika institutida laboratoriya mudiri (1961—69), direktor oʻrinbosari (1969—79). Rossiya Gidrometeorologiya markazi direktori (1979 yildan). Ilmiy ishlari, asosan, differensial va integrodifferensial tenglamalar nazariyasiga asimptotik usullarni qoʻllashga oid. F. integral va integrodifferensial tenglamalarning oʻrtalashtirish va barkarorlash usullarini ishlab chiqqan.

Manbalar[править | править код]

  • Metodi usredneniya v differensialnix i integrodifferensialnix uravneniyax, T., 1971; Asimptoticheskiye metodi v teorii differensialnix i integrodifferensialnix uravneniy, T., 1974; Integralnie neravenstva i teoriya nelineynix kolebaniy, M, 1976 (v soavtorstve).