Alisher Navoiy

Материал из УзЭнц
Bu maqola oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri Alisher Navoiy haqidadir. Navoiy soʻzining boshqa maʼnolari uchun ushbu sahifaga qarang.
Alisher Navoiy
chigʻ. علیشیر نوایی'

Taxallus:Navoiy, Foniy
Tavallud sanasi: 9-fevral 1441-yil(1441-02-09)
Vafot sanasi:3-yanvar 1501-yil(1501-01-03)
(59 yoshda)
Kasb: Davlat arbobi, Faylasuf, Shoir
Faoliyat:Sheʼriyat
Yoʻnalish:Nazm
Janr:Gʻazal
Magnum opus:Hamsa“ (1989)

Alisher Navoiy (1441, 9 fevral-1501, 3 yanvar) ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi boʻlgan.[1][2][3] G‘arbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va d-din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi.


n Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan.

Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.

Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480—1500 yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.

Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan.

Oʻzbek olimlari Ozod Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Yahyo Gʻulomov, Izzat Sulton, A.Zohidov, V.Abdullaev, A.Qayumov, S.Gʻanieva v.b. Navoiyning hayot yoʻli haqida asarlar yaratishgan.

1947-yilda Komil Yormatov «Alisher Navoiy» filmini suratga oldi.

„Xamsa“[править | править код]

Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi „Xamsa“ asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq „Xamsa“ yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. Ushbu toʻplamni Nizomiy GanjaviyningPanj Ganj“ („Besh xazina“) asariga havas sifatida yozilganligini oʻquvchilarga anglatmoq maqsadida „Xamsa“ning kirish qismida:

„Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasigʻa panja urmoq.“

deya taʼkid etadi.

Xamsa“ tarkibiga "Hayrat ul-abror", "Farhod va Shirin", „Layli va Majnun“, „Sabʼai sayyor“, „Saddi Iskandariy“ kabi dostonlar kiradi.

"Hayratul-abror"da hamd, munojot, naʼt, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga boʻlgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, maʼrifiy, axloqiy va estetik munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtai nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yoʻlida ulusdan oʻta olmaganini anglatish bilan oʻzining adolatli shoh haqidagi qarashlarini anglatadi.

"Farhod va Shirin"da qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki oʻsha sharafli nomning himoyasi orqali ekanini uqdiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali oʻzining komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy dostoni orqali Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy anʼanalari yangilangan boʻlsa, undan keyin bu syujet turk mumtoz adabiyotining oʻzak muammolarini hal etishda asosiy oʻrin tutdi va bu yoʻnalishda Ahmad rizvon, Jaliliy, Harimiy, Bafqiy, Urfi Sheroziy, Lamiiy, Nizoriy v.b. dostonlari yaratildi.

Layli va Majnun“ dostonida arab ertaklari orqali maʼlum syujet oʻzining tugal shaklini topdi, unda ishq falsafasi betakror uslubda ifoda qilindi. Keyinroq yaratilajak Fuzuliy, Andalib, Sayqaliy dostonlari uchun maʼnaviy zamin boʻldi. „Xamsa“ tarkibidagi „Sabʼai sayyor“ va „Saddi Iskandariy“da shohlik bilan bogʻliq masalalarni birinchi oʻringa olib chiqdi. Bu dostonlar xamsanavislik anʼanasida oʻzining ijtimoiy-siyosiy xarakteri va originalligi bilan ajralib turadi. „Xamsa“ga ustoz Abdurahmon Jomiy (1414—1492) yuqori baho berdi.

OʻR FA ShI qoʻlyozmalar fondida 15-20 asrlarda koʻchirilgan 166 qoʻlyozma saqlanadi. Ulardan 84 tasida beshlikning hamma dostonlari berilgan.

Xamsa“ haqida xorijiy olimlar A.Vamberi, J.Malokolin, F.Richard, L.Vari, Y.Ekman, E.Partele; rus tadqiqotchilari I.Krachkovskiy, V.Bartold, E.Bertels, Konrad, B.Jirmunskiy, A.Yakubovskiy, A.Semyonov; turk olimlari F.Koʻprulu, A.S.Levend, K. Eraslon; ozar olimlari H. Arasli, G. Aliev; oʻzbek olimlari Fitrat, I.Sulton, V.Zohidov, A.Qayumov, T.Jalolov, Sodir Erkinov, S.Nazrullaeva, A.Abdugʻafurov, M.Hakimov, S.Hasanov v.b. ishlari maʼlum.

OʻzMUdaXamsa“ni tadqiq etish borasida B.Qosimov, B.Akrom, H.Boltaboev, A.Erkinov, D.Farmonova tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

Navoiy Devonidan sahifa

Tasavvufiy asarlari[править | править код]

Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singigan boʻlsa-da, maxsus "Lison ut-tayr" dostoni(1499)da, "Nasoyim ul-muhabbat" (1495-96)da, "Tarixi anbiyo va hukamo"(1485-8), „Arbain“, „Munojot“ singari asarlarida aks etgan.

"Lison ut-tayr"da borliq va ilohiyot haqidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Navoiy asarlarini diniy va soʻfiylik jihatidan oʻrganish kengaydi, ular obʼektiv va ilmiy bahosini olmoqda. „Arbain“, „Munojot“ kabi asarlari chop etildi. Jomiyning „Nafahotul-uns min hazarotil-quds“ tazkirasini tarjima qilib va toʻldirib, soʻz yuritilgan 618ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi.

Nasriy asarlari[править | править код]

Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy va ilmiy-falsafiy yoʻnalishdadir.

"Mahbub ul-qulub"(1500-1501) Navoiyning soʻnggi yirik asari boʻlib, unda ulugʻ mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, toʻplagan boy tajribasi oʻz yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda „Soriun-nosning afʼol va ahvolining kayfiyati“ (1), axloqiy muammolar (2), „mutafarriqa favoyid va amsol surati“ (3) masalalari ifodalangan.

Xamsatul-mutahayyirin“(„Besh hayrat“,1494) asarida ustozi va doʻsti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi.

Holoti Sayyid Hasan Ardasher“ (1488-89), „Holoti Rahlavon Muhammad“(1493) asarlari manoqib-holot yoʻnalishida boʻlib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan.

Munshaot“ (1498-1499) Navoiyning maktublari toʻplami (jami 88 ta xat) boʻlib, ular sogʻinchlik xatlari, navroʻz tabriklari, taʼziyanomalar, siyosiy oʻgitlar, sulhnomalar va boshqa yoʻnalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan.

Ilmiy-filologik merosi[править | править код]

Majolisun-nafois“ (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira boʻlib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida maʼlumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot boʻlmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, toʻrtinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi maʼlumotlar jamlangan. Asar Fahriy Hirotiy(1521-22), Muhammad Qazviniy(1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan.

Navoiy „Muhokamatul-lugʻatayn“ asarini oʻz zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga bagʻishladi. Jonli xalq tilida qoʻllanilgan koʻplab soʻzlarni asarga kiritib, adabiy tilda qoʻllanilishiga sababchi boʻldi. Oʻzigacha ishlatilgan soʻzlarni yangi maʼno qatlamlarini ochdi. oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning tili grammatikasini Mahmud Koshgʻariydan soʻng ilmiy asosga soldi. oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi boʻldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va eʼtiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi.

Aruz nazariyasiga bagʻishlangan „Mezonul-avzon“(1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va ogʻzaki sheʼriyati namunalarining vazn xususiyatlarini oʻrgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk sheʼriyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. Toʻqqizta yangi vazn va sheʼriy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni ilgari surdi.

Navoiyning ilmiy-filologik merosini muntazam tadqiq qilish 20 asrning 20-yillaridan yoʻlga qoʻyildi. Bu yoʻnalishda Fitrat, Oybek, A.Saʼdiy, O.Sharafiddinov, A.Hayitmetov, I.Sulton, H.Qudratullaev kabi adabiyotshunos va A.K.Borovkov, O.Usmonov, A.Rustamov kabi tilshunos olimlarning ishlari eʼtiborli.

Tarix va iqtisodga oid asarlari[править | править код]

Navoiyning portreti. Portret Qirgʻizistonning Isfana shahridagi Alisher Navoiy oʻrta maktabining asosiy zalida uzoq yillar davomida turgan. Portret 2012-yil mahalliy qirgʻiz rasmiylarining tazyiqi ostida asosiy zaldan olib tashlangan. Mahalliy rasmiylar maktab nomini almashtirishga harakat qilishmoqda.

Tarixi muluki Ajam“ („Ajam shohlari tarixi“,1488) qisqa tarix boʻlib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan „Tarixi Tabariy“, „Shohnoma“ asarlarini mantiqan toʻldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning soʻnggi vakili Yazdi Shahriyorgacha boʻlgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi.

Tarixi anbiyo va hukamo“ („Paygʻambarlar va hakimlar tarixi“, 1485—1498) asarining birinchi boʻlimida „Qissasul-anbiyo“lar anʼanalarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan Nuh, Iso, Muso, Yaʼqub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi paygʻambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning „Hukamo zikrida“ deb nomlangan ikkinchi boʻlimida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishogʻurs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi.

Vaqfiya“ (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablagʻi evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yoʻnalishda madrasa va xonaqohlarda oʻrnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy oʻz ixtiyoridagi mablagʻlar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bogʻlarni sanab oʻtdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini oʻrganish uchun ham muhim hujjatli manbadir.

Tarix va iqtisodiy yoʻnalishdagi asarlari N.Veselovskiy, Yakubovskiy, Ya.Gʻulomov, V.Zohidov, B.Ahmedov kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan.

Arab va fors tillaridagi asarlari. Alisher Navoiy fors tilida yozgan sheʼrlari asosida „Devoni Foniy“ tuzilgan boʻlib, uning muqaddimasida „Sittai zaruriya“ („Olti zarurat“) va „Fusuli arbaa“ („Toʻrt fasl“) forsiy qasidalari majmualari berilgan. „Sittai zaruriya“ toʻplamidagi qasidalar „Ruhul-quds“ („Muqaddas ruh“), „Aynul-hayot“ („Hayot chashmasi“), „Tuhfatul-afkor“ („Fikrlar tuhfasi“), „Qutul-qulub“ („Qalbdar gʻizosi“), „Minhojun-najot“ („Qutilish yoʻli“), „Nasimul-xuld“ („Jannat nasimi“) kabi nomlar bilan ataladi. Ular Xoqoniy, Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy asarlari ruhida, ularga falsafiy-mantiqiy javob tarzida yozilgan. „Fusuli arbaa“da Sulton Husayn Boyqaro madhidan soʻng „Bahor“, „Saraton“, „Xazon“ („Kuz“) va „Day“ („Qish“) vasfidan iborat. Muammo janri qoidalariga bagʻishlangan „Mufradot“ (1485) fors tilidagi ilmiy asarida mumtoz sheʼriyatdagi bu janrni nazariy jihatdan asosladi. Muammo va uni ifodalangan janrlar ruboiy, qitʼa, tuyuq, ayrim hollarda gʻazal munosabatini anglatdi. Muammolarni yechish usullarini oʻrgatish barobarida 121 ta misol keltirdi. Navoiyning arab tilida „Sabʼatul-abhur“ („Yetti dengiz“) nomli diniy-tasavvufiy ruhda lugʻat xarakteridagi asar yozgani maʼlum. Biroq bu asar nashr etilib, yetarli darajada oʻrganilmagan. Alisher Navoiyning fors tilidagi merosi Fitrat, H.Sulaymon, N.Mallaev, Sh.Shomuhamedov, R.Vohidov, Boltaeva tomonidan oʻrganilgan. Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat maʼnaviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam oʻrin oldi. Mustaqil Oʻzbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, Oʻzbekiston Davlat mukofoti, OʻzRFA Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, Oʻzbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-maʼrifiy muassasalar, jamoa xoʻjaliklari ulugʻ shoir nomi bilan ataladi. [Kitobning butun bir ko'rinishi]

Sheʼrlari[править | править код]

Xilʼatin to aylamish…

Xilʼatin to aylamish jonon qizil, sorigʻ, yashil,
Shuʼlayi ohim chiqar har yon qizil, sorigʻ, yashil.

Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin
Kim, esar ul dasht aro har yon qizil, sorigʻ, yashil.

Shishadek koʻnglumdadur gulzori husnung yodidin,
Tobdonning aksidek alvon qizil, sorigʻ, yashil.

Orazu xoling bila xatting xayolidin erur
Koʻzlarimning ollida davron qizil, sorigʻ, yashil.

Laʼlgun may tutqil oltun jom birla sabzada
Kim, bulardin yaxshi yoʻq imkon qizil, sorigʻ, yashil.

Faqr aro berangliq dushvor erur behad, valek
Xirqada tikmak erur oson qizil, sorigʻ, yashil.

Ey Navoiy, oltinu shingarfu zangor istama,
Boʻldi naming rangidin devon qizil, sorigʻ, yashil.

Jongʻa chun derman…

Jongʻa chun dermen: „Ne erdi oʻlmakim kayfiyati?“
Derki: „Bois boʻldi jism ichra marazning shiddati“.

Jismdin soʻrsamki: „Bu zaʼfinggʻa ne erdi sabab?“
Der: „Anga boʻldi sabab oʻtluq bagʻirning hirqati“.

Chun bagʻirdin soʻrdum, aytur: „Andin oʻt tushti manga
Kim, koʻngulga shuʼla soldi ishq barqi ofati“.

Koʻngluma qilsam gʻazab, ayturki: „Koʻzdindur gunah,
Koʻrmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuhmati“.

Koʻzga chun dermenki: „Ey, tardomani yuzi qaro,
Sendin oʻlmish telba koʻnglumning baloyu vahshati“.

Yigʻlab aytur koʻzki: „Yoʻq erdi manga ham ixtiyor
Ki, koʻrundi nogahon ul shoʻxi mahvash talʼati“.

Ey Navoiy, barcha oʻz uzrin dedi, oʻlguncha kuy
Kim, sanga ishq oʻti-oʻq ermish azalning qismati.


Koʻrgali husnungni zoru…

Koʻrgali husnungni zoru mubtalo boʻldim sanga,
Ne baloligʻ kun edikim, oshno boʻldum sanga.

Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin koʻngil,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo boʻldum sanga.

Men qachon dedim: vafo qilgʻil manga — zulm aylading,
Sen qachon deding: fido boʻlgʻil manga — boʻldum sanga.

Ey koʻngil, tarki nasihat ayladim avvora boʻl,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo boʻldum sanga.

Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado boʻldum sanga.

Gʻussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo boʻldum sanga.


Kelmadi

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulroʻ kelmadi,
Koʻzlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadii.

Lahza-lahza chiqdimu, chekdim yoʻlida intizor,
Keldi jon ogʻzimgʻavu ul shoʻxi badhoʻ kelmadi.

Ul parivash hajridinkim yigʻladim devanavor,
Kimsa bormukim anga koʻrgannda kulgu kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas yoʻqsakim qoʻydi qadam
Yoʻlgʻakim avval qadam maʼshuqqa oʻtru kelmadi.

Ey Navoiy, boda birla hurram et koʻngul uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qaygʻu kelmadi.



Ruboiylar
* * *

* * *
Gʻurbatda gʻarib shodmon boʻlmas emish,
El anga shafiqu mehribon boʻlmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulgʻa tikondek oshyon boʻlmas emish.

* * *
Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,
Jannat — sanga boʻlsun, manga — mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha boʻlsa toʻla, yona kerak.

* * *
Jondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq boʻlmas,
Ondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz.

* * *
Kim koʻrdi ekin jahonda oyo xushluq,
To bir kishi aylagay tamanno xushluq.
Yuz yilda agar bir oʻlsa paydo xushluq,
Omodadur yonida yuz noxushluq.

'Qalin matn''Yotiq matn''== Nashr qilingan asarlari ==

  • Alisher Navoiy. Asarlar. 1-4 jildlar, -T.: 1963—1968;
  • Alisher Navoiy. Xazoyinul-maoniy. -T.: 1959-60;
  • Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami (20 jildlik), 1-6 jildlar. -T.: 1987—1992;
  • Alisher Navoiy. Asarlar. 6-10 jildlar, -T.: 1963—1968.
  • Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami (20 jildlik), 7-12 jildlar, Toshkent, 1991—1996;
  • Alisher Navoiy. Xamsa (Nashrga tayyorl. R.Shamsiev). -T.: 1960;
  • Alisher Navoiy. Farhod va Shirin (nashrga tayyorl., nasriy bayon muallifi Gʻafur Gʻulom). — T.: 1956;
  • Alisher Navoiy. Hayratul-abror. Ilmiy-tanqidiy tekst (nashr. P.Shamsiev). -T.: 1970;
  • Alisher Navoiy. Lisonut-tayr (nasriy bayon muallifi: Sh.Sharirov). — T.: 1984;
  • Alisher Navoiy. Lisonut-tayr. — T.: 1991;
  • Alisher Navoiy. Nasoyimul-muhabbat. MAT. 17-jild. -T.: Fan, 2001;
  • Alisher Navoiy. Munojot (nashrga tayyorl. S.Gʻanieva). — T.: Sharq, 1991;
  • Alisher Navoiy. Mahbubul-qulub. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.13. — T.;1967;
  • Alisher Navoiy. Xamsatul-mutahayyirin. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.;1967;
  • Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.;1967;
  • Alisher Navoiy. Holoti Pahlavon Muhammad. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.;1967;
  • Alisher Navoiy. Munshaot. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.13. — T.:1967
  • Alisher Navoiy. Majolisun-nafois. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.12. -T.: 1966;
  • Alisher Navoiy. Muhokamatul-lugʻatayn. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.:1967;
  • Alisher Navoiy. Mezonul-avzon. Asarlar. Oʻn besh tomlik T.14. — T.:1967;
  • Alisher Navoiy. Tarixi muluki Ajam. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.:1967;
  • Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.15. — T.:1968;
  • Alisher Navoiy. Vaqfiya. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.13. -T.: 1967;
  • Alisher Navoiy. Devoni Foniy. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.5. 1-2 kitob. — T.:1966;
  • Alisher Navoiy. Mufradot. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.15.- T.:1968;

Ilmiy adabiyot[править | править код]

  • O.Sharafiddinov. Alisher Navoiy. Kitobda: Tanlangan asarlar.-T.: Fan,1978:
  • Ya. Gʻulomov. Alisher Navoiyning davrini oʻrganish haqida. Kitobda: „Ulugʻ oʻzbek shoiri“. -T.:1948;
  • Bertels E.E. Navoiy. Opit tvorcheskoy biografii. -M,L.: 1948;
  • Oybek. Navoiyning tarjimayi holi. Kitobda: „Navoiy gulshani“. -T.:1967;
  • S.Gʻanieva. Alisher Navoiy. -T.:1968;
  • V.Abdullaev. Navoiy Samarqandda. -T.: 1968;
  • Izzat Sulton. Navoiyning qalb daftari. -T.: Gʻ. Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1969;
  • V. Zohidov. Ulugʻ shoir ijodining qalbi. -T.: Oʻzbekiston, 1970;
  • A.Qayumov. Alisher Navoiy (ajoyib kishilar hayoti). -T.:1976;
  • S.Ayniy. Tanlangan ilmiy asarlar. — T.: Fan, 1978;
  • Fitrat. Navoyining forsiy shoirligʻi va fors tilidagi asarlari toʻgʻrisida. Tanlangan asarlar. 2-jild. -T.: 2000;
  • M.Shayxzoda. Gʻazal mulkining sultoni. Asarlar. Olti tomlik. T.4. -T.:1972;
  • Hamid Sulaymon. Alisher Navoiyning fors tilidagi poetik merosi tadqiqotidan. „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurn. 1965, № 5;
  • A.Rustamov. Navoiyning badiiy mahorati. -T.: 1979;
  • A.Hayitmetov. Navoiy lirikasi. -T.: 1961;
  • Yo.Ishoqov. Navoiy poetikasi. — T.:1984;
  • M.Hakimov. Navoiy asarlari qoʻlyozmalarining tavsifi. — T.: 1983).
  • B. Akrom. Fasohat mulkining sohibqironi. -T.:1991;
  • Z.Hamidov. Navoiy badiiy sanʼatlari. — T.: Universitet, 2001;
  • N.Bozorova. Alisher Navoiy gʻazallarida koʻngil obrazi. -T.: 2002;
  • ]]"Insoniyat haqida Navoiyning fikri. — T.: 1919;
  • Fitrat. „Farhodu Shirin“ dostoni toʻgʻrisida. Tanlangan asarlar. 2-jild. -T.: 2000;
  • T.Jalolov. „Xamsa“ talqinlari. -T.: 1962;
  • S.Erkinov. Alisher Navoiyning „Farhodu Shirin“i va uning qiyosiy tahlili. — T.: Fan, 1971;
  • A.Qayumov. „Xayratul-abror“ talqinlari. — T.: 1972;
  • A.Abdugʻafurov. Navoiy ijodida satira. -T.: Fan, 1972;
  • A.Qayumov. „Saddi Iskandariy“ haqida -T.: 1975;
  • A. Qayumov. „Farhod va Shirin“ sirlari. — T.: 1979;
  • „[[Nazrullaeva S. Tema “Leyli i Medjnun“ v literaturax narodov sovetskogo Vostoka. -T.: 1983);
  • A.Abdugʻafurov. Buyuk beshlik sirlari. — T.: 1993;
  • Alisher Navoiy „Xamsa“sining qoʻlyozmalari katalogi. (tuz. Q.Munirov, M.Hakimov. -T.: 1986).
  • S.Hasanov. „Sabʼai sayyor“.
  • A.Erkinov. Alisher Navoiy „Xamsa“si talqinining 15-20 asr manbalari. Dokt. diss. -T.: 1998;
  • E.E.Bertels. Sufizm i sufiyskaya literatura. -M.:1965;
  • Z.Hamidov. Alisher Navoiy „Lisonut-tayr“ asari tilining leksik-stilistik xususiyatlari. Nomz. diss. -T.: 1982;
  • I.Haqqulov. Tasavvuf va sheʼriyat. — T.: 1991;
  • H.Karomatov. Qurʼon va oʻzbek adabiyoti. -T.: Fan, 1993;
  • N.Komilov. Tasavvuf. -T.: 1996;
  • I.Haqqulov. Oʻzbek tasavvuf sheʼriyatining shakllanishi va taraqqiyoti. DDA.- T.:1995.
  • Sultonmurod Olim. Naqshband va Navoiy. — T.: Oʻqituvchi, 1996;
  • R.Vohidov. Navoiy va ilohiyot. — T.: 1997; 9. A.Aʼzamov. Munojotnoma. -Namangan: 1997, -T.: 2001;
  • Yo.Ishoqov. Naqshbandiya taʼlimoti va oʻzbek adabiyoti. -T.: 2002;
  • A.Rustamov. Alisher Navoiyning „Maxbubul-qulub“ asari grammatik xususiyatlari. Nomz. diss. -T.: 1959;
  • Bertels E.E. Navoiy i Djami. -M.: Nauka, 1965;
  • Navoiy va adabiy taʼsir masalalari. — T.: Fan, 1968;
  • A.Hayitmetov. Adabiyotimiz tarixining oʻz izohlari. „Sharq yulduzi“ jurn. −1971, № 12;
  • M.Qodirov. Alisher Navoiy nasrida kelishik shakllari. Nomz. diss. — T.: 1977;
  • Jomiy va Navoiy. Toʻplam. -T.: 1981;
  • Fitrat. Aruz haqida. -T.: 1936;
  • A.Saʼdiy. Adabiyot olimi va tanqidchi sifatida Mir Alisher Navoiy. „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ jurn. 1938. № 11-12;
  • Oybek. Navoiyning „Majolisun-nafois“ asari haqida. Kitobda: Asarlar. T.9. -T.: 1974;
  • A. Hayitmetov. Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari.-T.:1959;
  • A.K.Borovkov. Alisher Navoiy, kak osnovopolojnik uzbekskogo literaturnogo yazika. V kn. Alisher Navoiy. -M.: 1946;
  • A.Usmanov. „Muxokamat al-lugatayn“ Alishera Navoiy. -T.: 1948;
  • I.Sulton. „Mezonul-avzon“ va uning kritik teksti. T.: 1940;
  • H.Qudratullaev. Navoiyning adabiy-estetik olami. — T.: 1991;
  • L.Xalilov. Alisher Navoiy „Tarixi muluki ajam“ asarining tekstologik tadqiqi. Nomz. diss. -T.:1975;
  • V.Zohidov. Vaqfiya. „Sharq yulduzi“ jurn. 1974, № ;
  • M.Hakimov. Navoiy asarlari qoʻlyozmalarining tavsifi. -T.:1983;
  • M.Hakimov. Navoiy asarlarini koʻchirgan xattotlar. -T.: 1991;
  • Fitrat. Navoyining forsiy shoirligʻi va fors tilidagi asarlari toʻgʻrisida. Tanlangan asarlar. 2-jild. -T.: 2000;
  • M.Shayxzoda. Gʻazal mulkining sultoni. Asarlar. Olti tomlik. T.4. -T.:1972;
  • Hamid Sulaymon. Alisher Navoiyning fors tilidagi poetik merosi tadqiqotidan. „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurn. 1965, № 5;
  • Hamil Sulaymon. Alisher Navoiyning yangi topilgan „Sittai zaruriya“ asari va uning qoʻlyozma manbalari haqida. „Adabiy meros“, -T.: 1968; № 1;
  • Mirzoev. Foniy va Hofiz. — Dushanbe: Irfon, 1968;
  • Boltaeva. Alisher Navoiyning „Fusuli arbaa“ asarining tahlili. -Samarqand: 2000; Xondamir. Makorimul-axloq (M.Faxriddinov, P.Shamsiev tarj.) -T.: 1967;
  • Zaynuddin Mahmud Vosifiy. Badoʻeul-vaqoe (N.Norqulov tarj.) — T:1979;
  • Davlatshoh Samarqandiy. Tazkiratush-shuaro. OʻRFAShI, inv.2119;
  • Husayn Boyqaro. Devon, risola. -T.: 1968;
  • Bobir. Bobirnoma. — T.:1960.
  • Zohidov L. Navoiy asarlarida muammo janri.

Manbalar[править | править код]

  1. Valitova, A. A. (1974). „Alisher Navoi“. A. M. Proxorov (rus.). Buyuk Sovet Ensiklopediyasi. 17 (3-nashr). Moskva: Sovet Ensiklopediyasi. 194-195-betlar.
  2. A. M. Proxorov, muhar. (1997). „Navoi, Nizamiddin Mir Alisher“ (rus.). Buyuk Ensiklopedik Lugʻat (2-nashr). Sankt-Peterburg: Buyuk Rus Ensiklopediyasi. 777-bet.
  3. Umidbek (9-fevral, 2011). Alihser Navoiy Moskvada xotirlandi. Ozodlik Radiosi. 3-oktabr, 2012.

Havolalar[править | править код]