Alisher Sultonov

Материал из УзЭнц
Sultonov Alisher Saidabbosovich
Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari
2017-yil 1-noyabrdan
Prezident: Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi: Gʻulomjon Ibragimov
Oʻzbekneftgaz kompaniyasi boshqaruv raisi
2015-yil 29-avgustdan
Prezident: Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti
2017-yil 4-yanvardan — 2018-yil 10-yanvargacha
Oʻtmishdoshi: Mirabror Usmonov
Vorisi: Umid Ahmadjonov
 
Tavalludi: 29-noyabr 1967 (1967-11-29) (56 yosh)
Toshkent
Partiyasi: Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi

Alisher Saidabbosovich Sultonov - "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi[1], Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti[2][3], Oʻzbekiston Bosh vazirining o'rinbosari.

Biografiyasi[править | править код]

  • 1984-1989 yy. — A.F.Mojayskiy nomidagi harbiy muhandislik instituti talabasi
  • 1989-1991 yy. — Harbiy xizmatda
  • 1991-1993 yy. — Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Amaliy fizika instituti lazer pribor qurilish boʻlimi texnologi, xalqaro boʻlim texnologi, tijorat boʻlimi yetakchi muhandisi.
  • 1993-1996 yy. — Ijara, qoʻshma va xususiy korxonalar xodimlari va tadbirkorlarning Toshkent shahar kasaba uyushmasi tashkiliy boʻlim mudiri.
  • 1996-1998 yy. — „Oʻzneftniqaytaishlash“ aksiyadorlik kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi kontrakti bajarilishini taʼminlash boʻyicha direksiyasi asbob-uskunalarni tayyorlash va qabul qilish nazorati boʻyicha bosh mutaxassisi.
  • 1998-1998 yy. — „Oʻztashqineftgaz“ tashqi iqtisodiy aloqalar birlashmasi kontraktlar bajarilishi boʻyicha direksiyasi bosh mutaxassisi.
  • 1998-1999 yy. — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi qurilishi boshqarmasi tayyorlangan asbob uskunalarni tekshiruvdan oʻtkazish va sotib olishni nazorat qilish, loyiha hujjatlarini qabul qilish guruhi bosh mutaxassisi.
  • 1999-2002 yy. — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi qurilishi boshqarmasi boshligʻi.
  • 2013 — 2015 yy. — „Oʻzbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi Prognozlash, resurslar va investitsiya dasturlari bosh boshqarmasi boshligʻi — boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari.


Manbalar[править | править код]


Шаблон:Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaxsiy tarkibi