Amin Niyozov

Материал из УзЭнц

Niyozov Amin Ermatovich (1903.1.11, Fargʻona viloyati, Margʻilon tumani — 1973.26.12, Toshkent) — davlat va siyosat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan binokor (1973). 1920—30 yillarda sovet organlarida ishladi. Moskvadagi Sanoat akademiyasida oʻqidi (1930— 34). 1940 yil Oʻzbekiston KP MK qurilish boʻlimi mudiri. 1940—46 yillarda respublika Moliya xalq komissari, 1946—47 yillarda Oʻzbekiston Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari. 1947— 50 yillarda Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi, 1950—55 yillarda Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. Oʻzbekiston Kommunal xoʻjalik ministri, Ministrlar Soveti Gaz va kommunal xoʻjalik Bosh boshqarmasining boshligʻi (1956—60).[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil