Amper qonuni
Amper qonuni – bir-biridan muayyan masofada joylashgan o‘tkazgichlarning kichik bir qismidan oqayotgan ikki tokning o‘zaro mexanik ta’siri haqidagi qonun. Amper sharafiga shunday atalgan.
Amper qonunidan shunday xulosa chiqadi: bir tomonga oqayotgan tokli parallel o‘tkazgichlar o‘zaro tortishadi, qarama-qarshi tomonga oqayotgan tokli o‘tkazgichlar o‘zaro itarishadi.
Magnit maydonining tokli kichik bir o‘tkazgichga ko‘rsatadigan ta’sir kuchini ifodalovchi qonun ham Amper qonuni deb ataladi.
Manbalar Править
Ушбу мақолани ёзишда Ўзбекистон миллий энциклопедияси (2000-2005) маълумотларидан фойдаланилган. |