Amudaryo xazinasi

Материал из УзЭнц

Amudaryo xazinasi, "O‘kuz xa-zinasi" — mil. av. 42-a.larga oid zargarlik buyumlari majmuasi. 1877 y. Vaxsh va Panj daryolarining Amudaryo-ga quyilish yerida, Taxtiqubod kechuvi yaqinida topilgan, 179 oltin va 7 ku-mush buyum hamda o‘sha davrlarda zarb qilingan 1500 ta kumush va chaqa (asosan mil. av. 4-a. oxiri — 2-a. boshi) tanga-dan iborat. Oltin zeb-ziynatlar, bila-guzuk, uzuk, zirak, marjon, bo‘yintumor, to‘qa va muhrlar hamda odam, kiyik, echki, g‘oz, baliq va boshqa jonivorlarning quyma oltin haykalchalari, shuningdek, oltin-dan yasalgan ot-aravacha, jomchalar bor. Buyumlarni turli davr ustalari ishla-gan bo‘lib, axomaniylar, mahalliy yunon-baqtriya va saklar madaniyatiga mansub. Oltin va kumush tangalarga makedoniya-lik Iskandar, salavkiylar hamda Yunon-Baqtriya davlati hukmdorlari Diodot va Yevtidemlar nomlari zarb qilingan. 453Ular Afg‘oniston va Xindiston orqali Londondagi Britaniya muzeyiga (1897) olib ketilgan. Buyumlardagi naqshlar va quyma haykalchalar skiflarning "podsho maqbaralari"dan topilgan oltin va ku-mush buyumlardagi jangchi va hayvon tas-virlariga o‘xshab ketadi. Bu Gerodotnit "saklar Qora dengiz bo‘ylarida yashovchi skiflar bilan yaqin" degan ma’lumotini tasdiqlaydi. Amudaryo xazinasi Kichik Osiyo, Eron va Turonni qamrab olgan ulkan hududda mil. av. 53-a. larda yashagan xalqlarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyo-siy hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan nodir yodgorlikdir.Ad-: Amudarinskiy klad: Katalog vistavki, L., 1979.

Adabiyotlar[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil