Anvar Qoʻchqorov

Материал из УзЭнц
Anvar Marasulovich Qoʻchqorov
рус. Анвар Марасулович Қўчқоров
Bayroq
Bayroq
Oʻzbek SSR madaniyat vaziri
1970-yildan — 1973-yilgacha
Oʻtmishdoshi: ?
Vorisi: ?
O'zbek SSR ta'lim vaziri
1966-yildan — 1970-yilgacha
Oʻtmishdoshi: ?
Vorisi: ?
O'zbek SSR tashqi ishlar vaziri
1951-yildan — 1953-yilgacha
Oʻtmishdoshi: ?
Vorisi: ?
 
Tavalludi: 16-dekabr 1916-yil(1916-12-16)
Toshkent
Vafoti: 22-dekabr 1996-yil(1996-12-22)
(80 yoshda)

Anvar Marasulovich Qoʻchqorov (16-dekabr 1916 — 1996) — sovet va oʻzbekistonlik davlat arbobi, diplomat. Favqulodda va Muxtor elchi.

Biografiya[править | править код]

  • 16-dekabr 1916-yilda Toshkent tumanining Besh-Ariq qishlog’ida bir kambag'al dehqon oilasida tug’ilgan.
  • 1937-yilda Pedagogik institutni tamomlagan.
  • 1937-41 yillarda institutning komsomol qo'mitasi kotibi, bosh kotibi.
  • 1941-1942 - O'zbekiston Kommunistik partiyasi Toshkent shahar qo'mitasi boshqarma rahbari.
  • 1942-1944 – KPSS MQ Oliy partiya maktabida diplomatik kurslarda o'qishni davom ettirgan.
  • 1944-45 - KPSS Markaziy Qo'mitasi Kommissariat a’zosi.
  • 1945 - SSSRning Afg'onistondagi Elchixonasida attashé, 3-kotib.
  • 1947 - O'zbekiston SSR tashqi ishlar vazirligi konsullik bo'limi rahbari sifatida ishlagan.
  • 1947 - O'zbekiston Kommunistik partiyasi Buxoro viloyat qo'mitasi targ'ibot va tashviqot bo’limi boshlig’i bo'lib ishlagan.
  • 1950 - O'zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Qo'mitasi targ'ibot va tashviqot bo'limi boshlig'i bo'lib ishlagan.
  • 1951-1953 - O'zbek SSR tashqi ishlar vaziri bo'lib ishlagan.
  • 1953 - O'zbek SSR Oliy Kengashi farmoni bilan Madaniyat vaziri etib tayinlandi.
  • 1957-1961 O'zbekiston Kommunistik partiyasi Buxoro viloyat Qo'mitasi kotibi edi.
  • 1961-yili, SSSR Oliy soveti tomonidan eng yuqori diplomatik unvon – Favqulodda va Muxtor elchi unvoni bilan taqdirlandi.
  • 1961-yili SSSR Oliy soveti tomonidan Sovet Ittifoqining Togodagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlandi.
  • 1963-yili SSSR Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan SSSRning Dagomeyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlandi.
  • 1966-1970 O'zbek SSR ta'lim vaziri sifatida ishlagan.
  • 1970-1973 O'zbek SSR madaniyat vaziri bo’lgan.
  • 1973-1980 - O'zbek SSR tashqi ishlar vazirining maslahatchisi.

Oilasi[править | править код]

Xotini - Qoʻchqorova Xatira Abidovna.

Bolalari - ikki oʻgʻli va qizi bor: Qoʻchqorov Toxir Anvarovich, Qoʻchqorov Zoxirjon Anvarovich va Ibragimova Nasiba Anvarovna.

Mukofotlar[править | править код]

  • Oktabr inqilobi ordeni # (9 sentyabr 1971).
  • Mehnat qizil bayroq ordeni (16 yanvar 1950).
  • "Hurmat belgisi" ordeni (yanvar 11, 1957).
  • 1941-1945 yillardagi Ulug' Vatan urushi ortidagi mehnat uchun medali
  • Vladimir Ilyich Lenin tavalludining 100-yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan medal. (8-aprel 1970).
  • O'zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi faxriy diplomi. (9 yanvar, 1959)[1][2].
Oʻtmishdoshi:
Yoqub Aliyev
OʻzSSR Tashqi ishlar vaziri
19511953
Vorisi:
Nuriddin Muhiddinov
Oʻtmishdoshi:
Jabbor Rasulov
SSSR Togodagi elchisi

19611966
Vorisi:
Aleksey Smolin
Oʻtmishdoshi:
?
SSSR Dagomeyadagi elchisi

19631966
Vorisi:
Aleksandr Abramov

Manbalar[править | править код]

  1. «Дипломатический словарь» под ред. А. А. Громыко, А. Г. Ковалева, П. П. Севостьянова, С. Л. Тихвинского в 3-х томах, М., «Наука», 1985—1986. — Т. 2, с. 127
  2. Биография в Справочнике по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898—1991