Apennin yarim oroli

Материал из УзЭнц

Apennin yarim oroli - Jan. Yevropadagi yarim orol. Maydoni 149 ming km², eni 130 – 300 km, uz. 1100 km. Apennin yarim orolio.ning jan.da Kalabriya va Salenti-na, sharqida Gargano ya.o. bor. Apennin yarim orolio. Yev-ropaga Apennin tog‘lari va Lombardiya pasttekisligi orqali tutashgan. Sitsi-liya o.dan tor Messina bo‘gozi bilan aj-ralgan Apennin yarim orolio. ni g‘arbda Tirren, sharqda Adriatika, jan.da Ioniya dengizlari o‘rab turadi. Sharqiy sohillari shim.da botqoq va lagunalar kup, jan. ba-land hamda tog‘li, g‘arbiy sohillari esa o‘ydim-chuqur, tik va ko‘p joylarda jarlikdan iborat. Apennin yarim orolio.ni boshdan-oyoq Apennin tog‘lari egallagan. Tirren den-gizi sohili yaqinida vulkan (Vezuviy, Flegrey va boshqalar) ko‘p. Sohil kambar pastte-kisliklardan iborat. Apennin yarim orolio. Yevropaning subtropik mintaqasiga kiradi. Iqlimi iliq, yozi uzoq, issiq va quruq; O‘rta den-giz buyiga xos doim yashil o‘simliklar o‘sadi. Tekislik va tog‘ oldi qismlarini madaniy landshaft tashkil etadi. Apennin yarim orolio.da Italiya (hududini 73 qismi), Vatikan, San-Marino davlatlari joy-lashgan.

Adabiyotlar[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil