Aravonsoy

Материал из УзЭнц

AravonsoyAndijon vilo-yatidagi soy. Qirg‘iziston hududidagi Qizilqo‘rg‘on va Otyaylov tizmalaridan boshlanadi. Uz. 90 km. Tog‘ oraliklarida tor va chuqur daralardan oqadi. Qor va muzdan suv oladi. Suv yig‘adigan havza maydoni 464 km². Havzasida 18 kichik muz-lik bor. O‘rtacha yillik suv sarfi 7 m³/sek. Yillik suv sarfining qariyb 1/3 qismi yer osti suviga to‘g‘ri keladi. Mart — sent. da sersuv. Vegetatsiya davrida qariyb 80% suv sug‘orishga sarf bo‘ladi. A. Asaka tumani yerlarini sug‘oradi, muz-lamaydi. A. ning quyi oqimi sohilida Aravon shaharchasi joylashgan.

Adabiyotlar[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil