Argentina

Материал из УзЭнц
Argentina Respublikasi
-{República Argentina}-
Argentina davlat bayrogʻi   Argentina davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: En Unión y Libertad
(Ispancha: In Union and Liberty)
Madhiya: Himno Nacional Argentino
(Argentine National Anthem)
Argentina Xaritasi
Argentina Xaritasi
Poytaxt Buenos Ayres
Rasmiy til(lar) Ispan tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
 • Prezident Cristina Fernández de Kirchner
Mustaqillik   Ispaniyadan
 • Sana 9 iyul 1816
Maydon  
 • Butun 2,766,890 -{km²}- (8-)
 • Suv (%) 1.57
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 39,537,943 (31- oʻrin)
 • Zichlik 14 kishi/-{km²}-
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$542,800 mil. (21-)
 • Jon boshiga AQSh$13,729
Pul birligi Argentine Peso (ARS)
Vaqt Mintaqasi (-{UTC}-–3)
 • Yoz (-{DST}-) (-{UTC}-–3)
Qisqartma -{AR}-
Internet domen -{.ar}-
Telefon prefiksi +54


Argentina (Argentina), Argenti-na Respublikasi (República Argentina) — Jan. Amerikadagi davlat. Qit’aning jan.-sharqiy qismini, Olovli Yer o.ning sharqiy qismini va bir qancha orollarni egallaydi. Atlantika okeani sohilida joylashgan. Ma’muriy jihatdan 22 vi-loyat (provinsiya), federal (poytaxt) okrugi va Olovli Yer hududiga bo‘linadi. Maydoni 2767 ming km². Aholisi 36,1 mln. 605kishi (1999). Poytaxti Buenos-Ayres sh.

Davlat tuzumi[править | править код]

A. — federativ re-spublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1994 y. 24 avg .da qabul qilingan. Davlat boshlig‘i — prezident. Prezident va vi-se-prezident 4 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Millim kongress (parlament). Kongress ikki palata: senat va deputatlar palatasidan iborat. Ijrochi hokimiyat prezident va hukumatdir.

Tabiati[править | править код]

A.ning sharqi keng tekisli-klardan va g‘arbi tog‘lardan iborat. Mam-lakatning butun shim.-sharqini La-Plata pasttekisligi (Gran-Chako, Sharqiy Pam-pa tekisligi), jan.-sharqini Patagoniya yassi togligi egallaydi. G‘arbdagi tog‘ yon bag‘irlari balandlasha borib, And toglariga ulanib ke-tadi. Jan. Ameri-kaning eng baland nuqtasi Akonkagua (6960 m) ham A. hududidadir. Foydali qazilmalari: neft, gaz, temir, poli-metallar, uran, mis, qalay, volfram va boshqa rudalar. A. tekislik qismining iqlimi — tropik va subtropik, jan.da — mo‘’tadil. Eng issiq oy (yanv.)ning o‘rtacha harorati shim.da 28°, jan.da 10°, iyulning o‘rtacha harorati shim.da 18° va jan.da G. Tog‘larda iqlim mo‘’tadil sovuq. Yiliga Patagoniyada 100 – 300 mm, shim.-sharqda 1400 – 1600 mm, Andning sharqiy yon bag‘irlarida 5000 mm gacha yog‘in yog‘adi. Asosiy daryolari: Parana, Paragvay, Urug‘vay, Rio-Sala-do, Rio-Kolorado, Chubut, Rio-Negro. A. ko‘llarining aksariyati muzliklardan paydo bo‘lgan (Naul-Uapi, Buenos-Ay-res, Vedma va boshqalar). A. hudu-dining salkam 20% doimiy ko‘m-ko‘k va bargi to‘kiluvchi o‘rmonlar bilan qoplangan. Gran-Chakodagi qizil tuproqda siyrak o‘rmon, Pampada-gi unumdor qoratuproqda pichanzor dasht-lar, Patagoniyada —yarim cho‘l. A.ning milliy bog‘lari — Iguasu, Lanin, Na-uel-Uapi va boshqa

Aholisi[править | править код]

Argentinlar (mamlakat aholisining 90%) asosan yevropalik muhojirlardan shakllangan. Shuningdek italyanlar, yahudiylar, ukrainlar, is-panlar, katalonlar, polyaklar, nemislar, fransuzlar va boshqalarlar ham yashaydi. Tub joy aholisi — in-deyslarning aksari-yati yevropaliklarning mustamlakachilik harakatlari jarayonida qirilib ketgan. Ularning oz qismi (kechua, tupi-guaran-lar va boshqalar) A.ning shim.-g‘arbida va Parag-vay bilan bo‘lgan chegara yaqinida yashaydi. Rasmiy tili — ispan tili.Dindorlarning aksariyati katoli-klar. Aholining o‘rtacha zichligi 1 km²ga 9 kishidan ko‘proq. Aholining 86% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Buenos-Ayres, Kordova, Rosario, La-Plata.

Tarixi[править | править код]

Qadim zamonlarda A. hududida ko‘p sonli indeys qabilalari yashar, ularda jamoa-urug‘chilik munosabatlari xukmron edi. Shim.-g‘arbda diagitlar, charrua va kerandilar eng rivojlangan indeys qabilalari bo‘lgan; ular o‘troq hayot kechirar, dehqonchilik, baliqchilik, ovchilik bilan shug‘ullanar, rangli metal-lar eritishni, to‘qimachilikni bilar edi. Shim.-sharqda va markazda guaranlar, tapeslar va boshqa yashar, janubda araukan-lar va patagonlar ko‘chib yurar edi. 16-a.ning 1-yarmidahoz. A. hududi ispanlar tomonidan bosib olina boshladi. Is-panlar bu mamlakatni Rio-de-La-Plata (ispancha kumush) daryosi nomi bilan La-Plata deb atadilar. Mustamlakachilarga qarshi indeys qabilalari bir necha mar-ta isyon ko‘tardi (1580, 1630, 1657, 1710 - 11 yillar). 1776 yilda hozirgi A. hududi bu-tunlay Rio-de-La-Plata vitse-qirolligi tarkibiga qo‘shib olindi. A.da katta fe-odal yer egaligi vujudga keldi. Ameri-kadagi ispan mustamlakalarining 1810 — 26 yillardagi mustaqillik uchun uru-shi vaqtida kreollar (dastlabki ispan kelgindilarining avlodlari) M. Belg-rano va X. San-Martin rahbarligida 1810 — 16 yillarda ispan mustamlakachi-lariga qarshi qurolli kurash olib bor-dilar. Kurash boshlangan 25 may kuni argentin xalqining milliy bay-rami bo‘lib qoldi. 1816 yilda viloyatlar va-killarining Tukuman shahridagi kongres-606si La-Plata Birlashgan viloyatlarini mustaqil deb e’lon qildi. 1826 yilda A. Federativ Respublikasi tuzildi. 19-a. mobaynida vujudga kela boshlagan bur-juaziya manfaatlarini ifodalovchi uni-tariylar bilan yer egalari manfaatlarini himoya qiluvchi federatsiyachilar o‘rtasida kurash davom etdi. 19-a. 2-choragidan A.da Buyuk Britaniya iqgisodiy va siyo-siy mavqei mustahkamlandi, 1833 yilda u Folklend (Malvin) o.larini bosib oldi. 19-a. oxirlarida mamlakatga Ame-rika va Germaniya kapitali kirib kel-di. Hukmron davlatlar A.ni siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaramlikka solib, uni go‘sht, don va boshqa xom ashyo yetkazib be-ruvchi mamlakatga aylantirdilar. 19 — 20-a.lar bo‘sag‘asida A.da sanoat rivoj-landi. 19-a.ning oxiridan A.da turli harbiy diktaturalar hukmronlik qildi. 2-jahon urushi yillarida A. betaraflik e’lon qilgan bo‘lsa ham, aslida fashist-larga ko‘maklashdi. 1945 y. martidagina Germaniya va Yaponiyaga qarshi urush e’lon qildi. 1945 yildan A.— BMT a’zosi. 1943 y.gi harbiy to‘ntarish natijasida bir guruh ofitserlar hokimiyatni qo‘lga ol-dilar. Ularning rahbarlaridan biri ge-neral X. D. Perón (1946 - 55 va 1973 — 74 yillarda A. prezidenta) hukmron ajnabiy davlatlarning mavqeini zaiflashtirish hisobiga mamlakatdagi yuqori tabaqani mustahkamlash siyosatini yuritdi. 1976 yilda general Videla hukmronligi dav-rida zo‘ravonlik va tartibsizliklarga qarshi qattiq choralar joriy etildi, iqtisodiyotni mustahkamlashga kiri-shildi. 1981 yilda Roberto Viola pre-zident etib saylandi, ammo harbiylar keyinroq uni ag‘darib tashladilar. Shu davrda (1982 y.) Folklend (Malvin) o.lari Buyuk Britaniyaga qarashliligini tan olmagan A. ularni egallashga urinib ko‘rdi, lekin bu harakat muvaffaqiyatsiz chiqdi. 1983 yildagi yalpi saylov natija-sida Raúl Alfonsín prezident etib saylandi. 1999 yildan esa Fernando de la Rúa A. prezidenta. 1993 y. 9 sent.da O‘zbekiston Respublikasi bilan diploma-tiya munosabatlari o‘rnatgan.

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[править | править код]

Fuqaro radikal ittifoqi, 1889 yilda taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan tu-zilgan; Birlik va taraqqiyot harakati, 1957 yilda Fuqaro radikal ittifoqi partiyasidan ajralib chiqqan guruh ne-gizida tuzilgan; Xalq sotsialistik par-tiyasi, 1982 yilda tuzilgan; Murosasozlik partiyasi, 1963 yilda Birlik va taraqqiyot harakati partiyasi bo‘linishi natijasida vujudga kelgan; Xustisialistik (adolat) partiyasi, 1947 yilda X. Peron tomonidan tuzilgan; Taraqqiyparvar demokratik partiya, 1909 y. tuzilgan. A.da Kommuni-stik partiya, Sotsial-demokratik partiya, Demokratik markaz ittifoqi, Xristian-demokratik partiya ham bor. Umummehnat konfederatsiyasi 1930 yilda tuzilgan.

Xoʻjaligi[править | править код]

A. iqtisodiy jihatdan Lotin Amerikasida eng rivojlangan mamlakatlardan biri. Foydali qazilma konlari ko‘p, malakali ishchi kuchiga ega. Argentina , sanoatning turli tarmoqlari rivojlangan. Ammo 80-yillar oxirida boshqaruvning samarasizligi oqibatida A. iqtisodiyoti barbod bo‘lish arafasida edi. 1989 yilda saylangan yangi hukumat iqtisodiyotni isloh qilish dasturi-ni amalga oshirdi, natijada A. yana barqaror rivojlana boshladi. 1991 yilda qabul qilingan konvertatsiya to‘g‘risidagi qonunga binoan ko‘pchilik davlat korxona-lari xususiylashtirildi, iqtisodiyotga chet el investitsiyalari jalb etila bosh-ladi, byudjetga soliqlardan tushum yax-shilandi, ishchilarga kompensatsiya to‘lash tizimi yaratildi.

Sanoati[править | править код]

A. asosan, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Yetakchi tarmoq — oziq-ovqat (go‘sht, yog‘, un, vi-nochilik, konserva, qand-shakar) sanoa-ti. Go‘sht yetishtirish va eksport qilish sohasida A. dunyoda oldingi o‘rinlardan birida turadi. To‘qimachilik, charm-poyabzal tarmoqlari rivojlangan. Og‘ir industriyada mashinasozlik (traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari, avtomobillar, sta-noklar, elektr texnika asbob-uskuna-607lari va boshqalar), neftni qayta ishlash, qora metallurgiyaning salmog‘i katta. Se-ment, sellyuloza-qog‘oz korxonalari bor. Neft, gaz, qo‘rg‘oshin, pyx, temir, uran, berilliy va volfram rudalari qazib olinadi. Yoqilg‘i-energetika balansi-ning salkam 85% ni neft va gaz tashkil qiladi. AESlar qurilgan. Asosiy sano-at markazlari: Buenos-Ayres, Rosario, Kordova, La-Plata.

Qishloq xoʻjaligi[править | править код]

A. chorvachilik mahsulotlarini, don va moyli ekinlar hosilini tovar sifatida tayyorlashga ixtisoslashgan. Yirik yer egaligi ri-vojlangan: 1 ming ga dan ortiq yerga ega bo‘lgan xujaliklarga hamma yerlarning 75% qaraydi. Argentina ga yaroqli yerlarning faqat 20% ga ekin ekiladi. Argentina ning yetakchi tarmog‘i chorvachilik bo‘lib, unda go‘sht yetishtiriladigan qoramolchilik va go‘sht-jun olinadigan qo‘ychilik ustun turadi. A.da qoramollar — 51 mln., qo‘ylar — 29 mln., cho‘chqalar — 4,1 mln. boshni tashkil etadi. Dehqonchilikning yetakchi tarmog‘i — g‘allachilik. Bug‘doy, makkajo‘xori, javdar, suli, arpa, tex-nika ekinlaridan — kungaboqar, zig‘ir, paxta yetishtiriladi. Muhim yem-xashak ekini — beda. Bog‘dorchilik, tokchilik rivojlangan. Qimmatbaho daraxt navi, jumladan dubil ekstrakti olinadigan kebracho tayyorlanadi. Baliq ovlanadi.

Transporti[править | править код]

Argentina lar uzunligi — sal-kam 34,1 ming km, avtomobil yo‘llari — 211,4 ming km. Asosiy porti — Bue-nos-Ayres. Xalqaro aeroporti — Eseysa (Buenos-Ayres yaqinida).Chetga chiqariladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 80% go‘sht, don, yog‘, xom teri, jun, ho‘l mevalarga to‘g‘ri keladi. Chetdan mashinalar, transport vosita-lari, metall, yoqilg‘i, kimyoviy tovarlar keltiriladi. Asosiy savdo mijozlari: AQSH, Braziliya, Italiya, Germaniya va Yaponiya. Pul birligi — peso.

Tibbiy xizmati[править | править код]

A.da 133,8 ming o‘rinli kasalxonalar (1 ming aholiga 6 o‘rin) bor. 53,7 ming shifokor (450 aholiga 1 shifokor) tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Davlat sog‘liqni saqlash ti-zimi tibbiy yordamni sug‘urtalash va xususiy shifokorlar xizmati bilan birga qo‘shib olib boriladi. Shifokorlarni universitetlarning 9 tibbiyot f-ti tayyorlaydi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari[править | править код]

A.da 6 yoshdan 14 yosh-gacha bo‘lgan bolalarning majburiy ta’-limi joriy etilgan. Davlat o‘quv yurt-lari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Boshlangich maktablarda 3471 ming , o‘rta o‘quv yurtlarida (umumiy ta’lim, hunar, ped. va boshqa maktablarda) 1125 ming o‘quvchi o‘qiydi. Buenos-Ayres, Kordova, La-Plata, Santa-Fe va boshqa shaharlarda universitetlar bor. Bir qancha tarmoq akademi-yalari, i.t. institutlari va ilmiy jami-yatlar ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Buenos-Ayresda Milliy kutubxona, universitet kutubxonasi va boshqa bor. Tabiiy fanlar, Antarktika, tarix, rassomlik va boshqa mu-zeylar mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi[править | править код]

Eng ko‘p tarqalgan gaz.lar: "Rason"("Aql-idrok", 1905 yildan), "Prensa"("Matbuot", 1869 yildan), "Nason"("Millat", 1870 yildan), "Ga-seta" ("Gazeta", 1912 yildan). "Teleno-tisiosa amerikana" hukumat agentli-gi 1945 y. tashkil etilgan. 52 xususiy radiost-ya alohida uyushmaga birlashgan. Teleko‘rsatuv 1951 yildan mavjud. 1959 yilda 22 xususiy telest-yalar uyushmasi tu-zilgan.

Adabiyoti[править | править код]

A.da yashagan indeys qabilalarning og‘zaki ijodi namunalari bizgacha yetib kelmagan. Biroq xalq she’-riyati o‘ziga xosligini saqlab qolgan. 16-a.dan 19-a. boshlarigacha adabiyot Is-paniya adabiyoti ta’sirida rivojlandi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida M. de Lavarden, D. de Asuenaga va boshqalarlar ijodi-da ma’rifatparvarlik tamoyillari na-moyon bo‘ldi. 1810 — 26 yillar Ispaniyaga qarshi urush va milliy-ozodlik harakati davrida adabiyotda vatanparvar klassi-sizm hukmronlik qildi. B. de Montea-gudo, V. Lo-pes-i-Planes (uning "Vatan-parvarlik marshi", 1810, A. madhiyasi 608bo‘lib qolgan), E. de Luka, X. Kruves Varela asarlari paydo bo‘ldi. Mamlakat mustaqilligi e’lon qilingandan keyin yangi oqim vakili — faylasuf va mil-liy poeziya asoschisi E. Echeverria she’-rlar, dramalar, dostonlar yezdi. Shoir, hikoyanavis, tarixchi olim va adabiyotshu-nos X. M. Guterres argentin romantik prozasining dastlabki namunalarini yaratdi. Publitsist va jamoat arbobi D. F. Sarmento o‘tkir maqolalar yozdi. 19-a. 2-yarmida "gaucho adabiyoti" urf bo‘ldi, uning asosini pampa aholisining og‘zaki ijodi tashkil qilar edi. 50 — 70-yillar-da I. Askasubi asarlari (siyosiy va lirik qo‘shiqlar, "Santos Vega" she’riy roma-ni, 1851), X. Marmol (dastlabki mil-liy roman "Amaliya", 1855), X. Ernandes (uning "Martin Ferro" qahramonlik dos-toni, 1 — 2-qismlari, 1872 — 79, milliy adabiyotning eng salmoqli asa-ridir) asarlari va boshqa dunyoga keldi. 19-a. o‘rtalarida xalq urf-odatlarini ifoda-lovchi adabiyot vujudga keldi. Bu oqim namoyandalari L. V. Lopes, E. Vilde, M. Kane va boshqadir. 20-a. 20-yillarida B. Linch, R. Guyraldeslarning ijtimoiy roman-lari chiqdi. 20-a. 2-yarmida E. L. Kastro, A. Varel, R. Larra, X. Kortasar romanla-ri paydo bo‘ldi.

Tasviriy san’ati va me’morligi[править | править код]

A. tub joy aholisining mustamlaka-chilikdan avvalgi san’ati (16-a.) mato-larga solingan geometrik naqshlardan, jig‘alardan, guldor va jimjimador so-pol buyumlardan, tosh, yog‘och va loydan yasalgan haykalchalardan iborat edi. A.da milliy rassomlik 19-a.da yuzaga kelib, 20-a. boshlarida taraqqiy etdi. Rassom-lar ijodida milliy mavzu, xalq obrazi katta o‘rin egalladi. 19-a. oxirlarida tarkib topgan milliy haykaltaroshlik 20-a. o‘rtalarida badiiy yuksaklikka ko‘tarildi. A.da mahalliy xalq — in-deyslarning me’moriy an’analari kam saqlangan. 18-a.dan boshlab A. me’mor-ligida barokko uslubi hukmronlik qildi. Bu uslubda qurilgan binolardan biri Kordovadagi Kompaniya ibodatxona-sidir. Ibodatxonaga ispan iyezuitlari asos solganlar (1646). Hozir ibodatxona Kordova universiteti majmuasiga kiradi. 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida A.da mumtoz me’morlik uslubi tarqaldi. Avvalo, aniq va yaxlit (mas, Buenos-Ayresdagi ibodatxona peshayvoni, 1804), keyin-chalik 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida eklektik va hashamatli binolar (Bue-nos-Ayresdagi "Kolon" teatri, 1908) qurildi. Bu davr turar joy binolari ko‘pincha katta ayvonli bo‘lgan. 20-a.dan hozirgi zamon me’morligi rivojlandi. Bu-enos-Ayresda va mamlakatning boshqa shaharlarida ko‘p qavatli, yaxlit oyna va temir-betondan mehmonxona, bank kabi ma’muriy binolar ko‘plab qurilgan.

Musiqasi[править | править код]

Hozirgi zamon A. hududida yashagan indeys qabilalari hayoti va tur-mushida musiqa katta o‘rin olgan. And xalqlari — ayniqsa kechua va boshqarivojlangan va o‘ziga xos musiqa ma-daniyatiga ega bo‘lgan; ularning dilrabo yaravi qo‘shiqlari, uayno raqs ohanglari, cholg‘u asboblari (kena nayi va zarbli as-boblari) hozirgacha saqlanib qolgan. A. milliy musiqa maktabi 19-a. oxirlarida tarkib topa boshladi. Buenos-Ayresdagi konservatoriya asoschisi, asosan yevropacha kuylar, orkestr va kamer asarlar mual-lifi A. Vilyame bu maktabning bunyod-korlaridan bo‘ldi. "Pampa" operasi-ning ijodkori A. Berutti A.ning yirik kompozitori bo‘lgan. "Pampa" asarida argentin xalq musiqasiga xos ohanglar yangragan. Buenos-Ayresda "Kolon" ope-ra teatri, 2 konservatoriya, simfonik orkestr, Kordova va La-Platada konser-vatoriyalar bor.

Teatri[править | править код]

Indeys qabilalarining raqslari va marosim taomillarida te-atr harakatlari elementlari bo‘lgan. 16-a.da havaskorlar truppalari may-donga keldi. 1783 y. Buenos-Ayresda "Komediya uyi" nomli birinchi teatr binosi qurildi. 19-a. boshlarida L. A. Morante, K. Enrikes, X. M. Sanches kabi mahalliy dramaturglarning pesala-ri shuhrat topdi. 19-a.ning 80-yillarida 609bosh qahramoni chorvador, dehqon bo‘lgan romantik melodrama janri yuzaga keddi. 19-a.da va 20-a. boshlarida "Viktoriya", "Apolo"teatrlarida ijtimoiy isyon mavzuidagi pesalar qo‘yildi. 1920-yillarda A. teatri inqi-rozga uchradi. Ammo bir necha mustaqil I teatrlar vujudga kelib, teatr san’atini qayta tiklash va yaxshilashga kirishildi. Ularda milliy dramaturglardan O. Dragun, A. Kusani, K. Gorostisa, L. Barlettalarning asar-lari qo‘yildi. 1935 yilda Buenos-Ayresda Milliy komediya teatri bilan Milliy te-atrshunoslik in-ti tashkil topdi. 1943 yilda Davlat qo‘g‘irchoq teatri tuzildi. Musiqiy teatr 1825 yilda Buenos-Ayres-da birinchi opera spektakli — "Sevi-lyalik sartarosh" (J. Rossini asari)ni namoyish qildi. 1877 yilda F. Argreaves birinchi A. operasi "Oq mushuk"ni yarat-di. 1925 yildan milliy balet trup-pasi ish boshladi: "Kometalar", "Panambi" kabi milliy baletlar ko‘rsatildi. Hozirgi vaqtda Buenos-Ayres A. teatr san’ati-ning markazi bo‘lib, bu yerda "El Pueb-lo", "La Maskara", "Fray Mocho" kabi mustaqil teatrlar, Milliy komediya te-atri, "Odeon" kabi tijorat teatrlari ishlamoqda.

Kinosi[править | править код]

A.da film yaratish 1897 yildan boshlandi. 1908 yilda italiyalik rej. M. Galo "Dorregoning otilishi"degan birinchi filmni yaratdi, unda teatr ak-tyorlari ishtirok etishdi. Keyinchalik rej. X. A. Ferreyra ("Gaucho qo‘shig‘i", 1930), L. Zaslavskiy ("Qochish", 1937) va boshqa bir necha film yaratdilar. U Petit de Murat ("Gaucho urushi"), S. Pondel Rios ("111-kilometr"), E. Amorim ("Keksa doktor") kabi kinossenariychilar bara-kali ijod qildilar. Keyingi yillarda ishqiy sarguzasht filmlar, kinokome-diyalar ishlandi, ayrim adabiy asarlar ekranlashtirildi. A. yirik kino i.ch. firmalari: "Arxentina sono films", "Kontrakuadro". Buenos-Ayresda Kino san’ati va kino fani akademiyasi, Mil-liy kinematografiya in-ti ishlab turib-di.[1]

Salta

Argentina (Argentina Respublikasi) poytaxti - Buenos Aires shahri. BMT a'zosi



Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil