Arsiyan tizmasi

Материал из УзЭнц

Arsiyan tizmasi - Gruziyaning jan. qismi va Turkiyadagi tog‘ tizma-si. G‘arbda Kichik Kavkaz tog‘lari bilan 646tutashib ketadi. Eng baland nuqtasi 3165 m (Arsiyan cho‘qqisi). Umumiy uz. 150 km chamasida. Asosan gilli slanes hamda qumtoshlardan va vulkan jinsla-ri (lava, tuf) dan tarkib topgan. Tog‘ yon bag‘irlarining pastrog‘i qoraqayin, kash-tan, yuqorirog‘i qoraqayin va oqqarag‘ay, qoraqarag‘ay o‘rmonlari bilan qoplangan, undan ham balandda alp o‘tloqlari bor.

Adabiyotlar[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil