Assom tili

Материал из УзЭнц
Assom tili
Milliy nomi: -{অসমীয়া}-
Mamlakatlar: Hinduston, Bangladesh
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: 15.000.000 (2007)
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Hind-Yevropa tillari
Alifbosi: devanagari
Til kodlari
-{ISO 639-1 as}-
-{ISO 639-2 asm}-
-{ISO 639-3 asm}-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Assom tiliHindistonning shimoli-sharqidagi Assom shtatida yashovchi assom xalqining tili. Hind-Yevropa tillari oilasiga kiradi. Accom tili 10 — 11- asrlarda shakllana boshlagan. 13- asrda Assom yerlarini axomlar ishg‘ol etishi bilan Accom tili axom leksikasi, o‘lkada vishnuiylik dini yoyilishi tufayli sanskrit leksikasi ta’sirida rivojlandi. Assomda inglizlar hukmron bo‘lgan davrda bengal tili viloyatning rasmiy tili deb e’lon qilingan. Bu davrda Accom tiliga bengal leksikasi katta ta’sir ko‘rsatgan. Accom tili Hindiston milliy tillaridan biri bo‘lib qolgan.Accom tilidagi adabiyot 13- asr oxiri — 14- asr boshlarida paydo bo‘ldi. 15 — 16- asrlarda ko‘proq diniy mavzuda asarlar yaratildi. 17 — 18- asrlarda tarixiy voqealar aks etuvchi yilnoma (buranj)lar hamda diniy arboblar hayoti aks etuvchi asarlar keng tarqaldi. 19- asrning 2-yarmiga kelib yangi adabiy janr (roman, hikoya)lar paydo bo‘ldi. Accom tilida jurnal nashr etila boshladi. Publitsistika ham taraqqiy etdi. Ingliz mustamlakachilariga qarshi xalq qo‘zg‘oloni milliy ozodlik harakatini yangi bosqichga ko‘tardi. Bu davr adabiyotida vatanparvarlik g‘oyalari ilgari surildi (P. Chaudxuri, "Jo‘shqin qo‘shiklar"). 20- asrning 2- yarmida ijod etgan yozuvchilar asarlarida ijtimoiy taraqqiyot uchun kurash asosiy o‘rinni egalladi (S. A. Malik, Ch. K. Gog‘oya, Sharma Dinapatxa, P. Pxukana va boshqalar).[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil