Ayupov, Shavkat Abdullayevich

Материал из УзЭнц

Shavkat Abdullayevich Ayupov (1952-yil 14-sentabr, Toshkent) – matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1995), fizika-matematika fanlari doktori (1983), professor (1985). A.T. Lyulovning o‘g‘li.

Biografiyasi[править | править код]

Toshkent davlat universitetining matematika fakultetini tugatgan (1974). Toshkent davlat universitetida o‘qituvchi (1977-79) va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika institutida katta ilmiy xodim (1979-88), algebra va analiz bo‘limi mudiri (1986 yildan), direktor o‘rinbosari (1986 – 92), direktor (1992-97).

1997 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya Komissiyasi (рус. Высшая аттестационная комиссия; сокр. ВАК) raisi.

Ilmiy ishlari[править | править код]

Asosiy ilmiy ishlari funksional analiz va uning zamonaviy tarmoqlaridan biri hisoblangan operatorlar algebralari nazariyasiga oid. A. Yordan algebralari sohasida ham nazariy, ham tatbiqiy yo‘nalishda yirik ilmiy tekshirishlarni amalga oshirdi. Gilbert fazosidagi o‘z-o‘ziga qo‘shma operatorlar Yordan algebrasi tuzilishi va qurilishi bo‘yicha muhim natijalar oldi.

Adabiyotlar[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Классификация и представление упорядоченных йордановых алгебр, Ташкент, 1986

Ssilkalar[править | править код]