Azimov, Rustam Sodiqovich
Rustam Sodiqovich Azimov (oʻzb. Рустам Содиқович Азимов; 20-sentabr 1958-yil, Toshkent) — "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi raisi. sobiq Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari[1] Uning otasi — Azimov, Sodiq Azimovich — taniqli oʻzbek olimi, akademik.
Tarjimai holi
1958-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati - oʻzbek.
Maʼlumoti
Oliy maʼlumotli. Toshkent Davlat Universitetini va Toshkent qishloq xo‘jaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash muhandislik institutini tomomlagan.
Iqtisod fanlari nomzodi.
Biografiyasi
1982-1988 — yillarda Jizzax viloyati va Toshkent viloyati partiya tashkilotlarida turli ijroiya va rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 1990-1991 — O‘zbekiston Respublikasi „Ipak yoʻli“ banki boshqaruv raisi. 1991-1998 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruv raisi. 1998-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri. 2000-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri. 2000-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Makroiqtisodiyot va statistika vaziri. 2003-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri. 2005-2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri. 2008-yil 22-noyabrdan 2016-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Moliya vaziri, makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari. 2016-yil 15-dekabrdan 2017-yil iyungacha - Bosh vazir oʻrinbosari, Makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari[2]. Hozirda "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi raisi.
Manbalar
Yana qarang
- Страницы с неработающими файловыми ссылками
- 20-sentabrda tugʻilganlar
- 1958-yilda tugʻilganlar
- Shaxsiyatlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar
- Vikipediya:VikiOmborda illustratsiyalari yoʻq davlat arboblari haqida maqolalar
- Барча чала мақолалар
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston kishilari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston Moliya vazirlari