Azimov, Sarvar Olimjonovich

Материал из УзЭнц
Sarvar Olimjonovich Azimov
Oʻzbekiston SSR Madaniyat vaziri
1957-yildan — 1959-yilgacha
Oʻzbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri
1959-yildan — 1969-yilgacha
Oʻtmishdoshi: Gʻani Sultonov
Vorisi: Minavar Tursunov
Oʻzbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri
1988-yildan —  1991-yil 11-sentyabrgacha
Oʻtmishdoshi: Sobir Qurbonov
Vorisi: Shaxlo Mahmudova
 
Fuqaroligi: Oʻzbekiston SSR, Sovet Ittifoqi, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavalludi: 20-may 1923-yil(1923-05-20)
Jizzax shahri, Oʻzbekiston SSR
Vafoti: 23-fevral 1994-yil(1994-02-23)
(70 yoshda)
Toshkent shahri, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Partiyasi: 1953-yildan — 1991-yilgacha Sovet ittifoqi Kommunistik partiyasi aʼzosi

Sarvar Olimjonovich Azimov (20-may 1923-yil, Jizzax — 1994-yil, Toshkent) - taniqli sovet va oʻzbek yozuvchisi, shuningdek davlat arbobi va diplomat. Isteʼdodli shoir Hamid Olimjonning kenja ukasi. Rossiyalik diplomat Anvar Azimovning otasi.[1]

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1973). O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1983). Filologiya fanlari doktori (1968). O‘rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1946). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, sektor mudiri, direktor o‘rinbosari (1948 — 55). O‘zKP MK fan va madaniyat bo‘limi mudiri (1955—56). O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi birinchi kotibi (1957-58, 1980-85), O‘zbekiston SSR madaniyat vaziri (1958— 59), O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi o‘rinbosari va O‘zbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri (1959-69, 1988-91). Sobiq SSSRning Livandagi (1969—74), Pokistondagi (1974—80) favqulodda va muxtor elchisi.

Azimov pyesalar ("Qonli sarob", 1964; "Yulduzlar jamoli", 1966; "Zamon dramasi", 1968), qissalar ("Kamalak", 1964; "Ikki dil — ikki olam", 1967), hikoyalar, kinossenariylar muallifi. U adabiy jarayon masalalariga bag‘ishlangan adabiy-tanqidiy va publitsistik maqolalar yozdi. Hamid Olimjon ijodini tadqiq etdi. Asos: Saylanma, 2 jildli, T., 1988.[2]

1946-yilda Oʻrta Osiyo Davlat Universiteti (Hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)ning Filologiya fakultetini tamomlagan, Filologiya fanlari doktori. 1953-yildan Kommunistik partiyasi aʼzosi. Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasiga ega. 1973-yilda Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, 1983-yilda esa Oʻzbekiston xalq yozuvchisi[3].

Manbalar[править | править код]

  1. биография
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. литература




Havolalar[править | править код]