Bank: различия между версиями
нет описания правки
Sf7 uz (обсуждение | вклад) м (1 revision imported: Iqtisodiyot va moliya) |
Sf7 uz (обсуждение | вклад) Нет описания правки |
||
Строка 2:
'''Bank''' (lot. ansa — sarrof peshtaxtasi) — kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh [[pul]] mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, [[oltin]] va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi.
== Vazifasi va turlari ==
Bank ishining asosiy yoʻnalishlari [[depozit]] (omonat) qabul qilish, [[kredit]]lar berish va mijozlarga kredit-hisob xizmati koʻrsatishni amalga oshirish hisoblanadi. Bank qimmatbaho qogʻozlarni saqlash, saqlashga oʻtkazilgan qimmatbaho qogʻozlarni joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish, [[seyf]]larni ijaraga berish kabi pulli xizmatlar ham koʻrsatadi. Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oshiruviga koʻra hozirgi vaqtda bankning quyidagi asosiy turlari faoliyat koʻrsatadi: markaziy (emissiya) banki va tijorat banki.
=== Markaziy bank ===
Markaziy bank („banklarning banki“) (
=== Tijorat banki ===
Tijorat banki oʻz navbatida universal va ixtisoslashgan banklarga boʻlinadi. Ixtisoslashgan bank investitsiya banki, jamgʻarma (omonat) banki, maxsus bank, kooperativ bank va boshqalardan iborat. Tijorat banki universal bank boʻlib jismoniy va yuridik shaxslarga xilma-xil bank xizmatlari koʻrsatadi (depozitlarni jalb etish, veksel hisobi, kredit berish, qimmatbaho qogʻozlarni sotish va sotib olish). Bu bank bank va kredit tizimining oʻzagini tashkil etadi. Universal bank hamma turdagi asosiy bank harakatlarini amalga oshiradi. Ixtisoslashgan bank biron-bir faoliyatga, sohaga va tarmoqqa xizmat koʻrsatadi. Investitsiya banki, asosan, emissiyataʼsischilik operatsiyalar bilan shugʻullanadi va qimmatbaho qogʻozlar savdosini oʻtkazadi. Maxsus bank muayyan mijozlar guruhiga xizmat koʻrsatadi yoki ayrim sohalarda ixtisoslashadi (jamgʻarma, savdo, tashqi savdo, ipoteka va boshqalar). Kooperativ bank tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan pay asosida barpo etiladi, taʼsischilarning kredit va bank xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondiradi. Tarmoq va hududiy prinsiplar boʻyicha tashkil topadi, tijorat bankining bir koʻrinishi hisoblanadi.
=== Mulk shakliga koʻra turlari ===
Mulk shakliga koʻra banklarning quyidagi turlari bor:
* davlat banki;
* davlat ishtirokidagi aralash bank;
* davlatlararo bank;
* xalqaro bank;
* chet el sarmoyasi ishtirokidagi bank;
* aksiyadorlik bank;
* bankirlar uyi;
* kooperativ bank;
* mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish banki;
* kommunal bank;
* xususiy bank va boshqalar.
== Tarixi ==
Bank ishining dastlabki belgilari quldorlik jamiyatida paydo boʻlgan. Ular asosan, savdogarlarning pul bilan bogʻliq hisob-kitob ishlarini bajargan jiro-banklar (mijozlar
Kapitalizmning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bankning ahamiyati ortib ketdi. Bank ishining hozirgi tamoyillari birinchi boʻlib 17-asrdan boshlab Angliyada, soʻngra boshqa mamlakatlarda yuzaga kela boshladi. Shu davrdan boshlab bank kapital va tadbirkorlikni ishga solishning maxsus bir sohasiga aylandi. bankning koʻpayishi bilan ssuda kapitali kapitalning asosiy shakllaridan biri boʻlib qoldi. Asta-sekin bank yiriklashib, ular bajaradigan operatsiyalar doirasi kengayib bordi. bank muomalaga xususiy veksellar oʻrnida ishlatiladigan kredit pullari — banknotlar (bank biletlari) chiqara boshladi. Koʻpgina mamlakatlarda cheklar bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar paydo boʻldi. Kapitalizmning rivojlanishi bilan kredit va toʻlovlarda vositachilik vazifasini bajaradigan muassasalarga talab ortib bordi. bank boʻsh pul vositalarini yigʻib, ularni turli muddatlarga ssudaga berdi, ular korxonalarning joriy hisob varagʻini yuritib, korxonalar oʻrtasida oʻzaro hisobkitoblarni olib bordi. Asta-sekin bank oʻrtasida eng yiriklari paydo boʻldi. Ayniqsa, 19-asr oxiriga kelib bank ishlab chiqarishning konsentratsiyalanishi oqibatida bankning yiriklashuvi bank sonini qisqarishiga va bank monopoliyalarining vujudga kelishiga, ular oʻrtasida oʻzaro raqobat kurashining kuchayishiga sabab boʻldi. bank toʻlov va kredit operatsiyalarida vositachilik qilish bilan kifoyalanmay, sanoat korxonalari aksiyalarini sotib ola boshladi, ularning xoʻjaliklari yoki muassislaridan biriga aylandi, yangi korxonalar taʼsis etishda hamkorlik qildi. Yirik bank va sanoat kapitalining birga qoʻshilib ketishi natijasida moliya kapitali va moliya oligarxiyasi vujudga keldi, bu oligarxiya mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hayotida katta mavqeni egalladi.
Строка 24 ⟶ 35 :
Oʻzbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya imperiyasi davlat bankning filiali boʻlgan. 19-asrning oxirida Turkistonda rus kapitali ishtirokidagi Oʻrta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki (1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, boʻlim va agentliklari faoliyat olib bordi.
Oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi iqtisodiyotni xoʻjalik yuritishning bozor sharoitlariga
1995 — 96-yillarda bank qonunchiligi yanada takomillashdi. OʻzRning „Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida“gi (1995-yil 21-dekabr) Qonuni bank tizimining huquqiy asoslarini toʻldiribgina qolmasdan, Oʻzbekiston Respublikasi markaziy bankining alohida maqomi, maqsadlari, vazifalari hamda vakolatlarini ham aniq belgilab berdi. OʻzRning „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“ 1996-yil 25-apreldagi yangi Qonuni esa tijorat banki faoliyatining barcha huquqiy asoslarini xalqaro standartlar darajasida belgilab berdi. Tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki OʻzRning bosh banki hisoblanadi (1992-yil sentabrgacha sobiq SSSR Davlat bankining Oʻzbekiston boʻlimi).
Строка 34 ⟶ 45 :
Bank sohasini monopoliyadan chiqarish bank islohotlarining eng muhim yoʻnalishlaridan biridir. Dastlabki bosqichda bu asosan iqtisodiyotning ayrim sohalariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan bankni tuzish yoʻli bilan amalga oshirildi. Ixtisoslashtirilgan bankning tashkil etilishi bozorga yoʻnaltirilgan bank tizimini yaratish yoʻlidagi zaruriy va tabiiy bosqich boʻldi.
1995 — 96-yillarda „Asaka“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik tijorat banki, „Aloqabank“ aksiyadorlik tijorat banki,
Tijorat banki xalq xoʻjaligining turli sohalaridagi
OʻzRning barcha mintaqalarida 800 ga yaqin filiallarga ega boʻlgan 35
Xususiy bankning huquqiy bazasini rivojlantirishda Respublika Prezidentining 1997-yil 24 apreldagi „Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni ragʻbatlantirish
1995-yil 24-oktabrda Oʻzbekiston Tijorat banki uyushmasi tashkil topdi (uning tarkibiga xususiy banklar ham kirgan).
Строка 46 ⟶ 57 :
Respublikada 1992-yildan „Oʻzbank-audit“ — banklararo aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan auditorlik firmasi ish olib boradi. 1996-yildan buyon „Oʻzbankaudit“ bilan bir qatorda „Deloyt end Tush“ va „Ernst end Yang“ kabi 5 ta xalqaro auditorlik konsalting firmalariga hamda „Xolis“ guruhi va „Odil audit“ mahalliy audit firmalariga OʻzR Markaziy banki tomonidan bank auditi oʻtkazish huquqini beruvchi tegishli sertifikatlar berildi. Ular banklar, kredit muassasalari, sugʻurta kompaniyalari, tashkilot va korxonalarning buyurtmasi bilan ularning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshiradi (taftish qiladi), xolisona xulosalar beradi, ekspertizalar oʻtkazadi.
Hozirgi davrda Oʻzbekistonda chet el bank va xalqaro moliya muassasalari kapitali ishtirokida qoʻshma bank faoliyat koʻrsatadi. Ular jumlasiga Oʻzbekiston — Gollandiya „Oʻzprivatbank“ va „ABN Amrobank— Oʻzbekiston Milliy banki aksiyadorlik jamiyati“, Oʻzbekiston — Turkiya „OʻTbank“, Oʻzbekiston — Jan. Koreya „OʻzDEUbank“ kiradi. 13 ta chet el banki Toshkentda oʻz vakolatxonasini ochgan. Bular
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki [[Xalqaro valyuta fondi]] va [[Jahon
2000-yil 1-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan mijozlarga 529
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{OʻzME}}
{{stub}}▼
[[Turkum:Iqtisodiyot va moliya]]
▲{{stub}}
|