Barbados

Материал из УзЭнц
Barbados'
Barbados davlat bayrogʻi   Barbados davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Pride and Industry
Gʻurur va Sanoat
Madhiya: In Plenty and In Time of Need
Barbados Xaritasi
Barbados Xaritasi
Poytaxt Brijtaun
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat Hamdo`stlig
 • Rohib Yelizaveta II
 • Gubernator-General Ser Clifford Husbands
 • Bosh Vazir David Thompson
Mustaqillik   Birlashgan Qirolligidan
 • Sana 30 noyabr 1966
Maydon  
 • Butun 431 -{km²}- (200-)
 • Suv (%) <1
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 279,254 (180- oʻrin)
 • Zichlik 647 kishi/-{km²}-
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$4,841 mil. (157-)
 • Jon boshiga AQSh$17,335
Pul birligi Barbados Dollar (BBD)
Vaqt Mintaqasi (-{UTC}-–4)
 • Yoz (-{DST}-) (-{UTC}-–4)
Qisqartma -{BB}-
Internet domen -{.bb}-
Telefon prefiksi +1


Barbados — Markaziy Amerikada, Kichik Antil o.larining Barbados o.da joylashgan davlat. Maydoni 430 km². Aholisi 300 ming kishi (1995). Poytaxti — Brijtaun shahri.

Davlat tuzumi[править | править код]

Barbados — Buyuk Britaniya boshchiligidagi. Hamdo‘stlik tarkibida mustaqil davlat. Davlat boshlig‘i — Buyuk Britaniya qirolichasi (qiroli), hokimiyatni general-gubernator amalga oshiradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament; u senat va majlis palatasidan iborat. Ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Bosh vazirni general-gubernator tayinlaydi va vazirlar bosh vazirning tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.

Tabiati[править | править код]

Barbados — marjonsimon ohaktoshlardan tarkib topgan tropik orol. Yer yuzasi orol markazi tomon zina shaklida (balandligi 340 m gacha) ko‘tarilib boradi. Shim.-sharqda orol dengiz tomon tik kesilib tushadi. Orol bo‘yining qolgan qismidagi mayin oq-pushti yaltiroq qumsog‘illar atrofi baland palmalar bilan o‘ralgan. Ular orqasidan shakarqamishzorlar boshlanadi. Ko‘plab yog‘adigan yomg‘ir yer g‘ovaklariga singib, yer osti daryolari va ko‘llarini hosil qiladi; marjon ohaktoshlar esa tabiiy filtr vazifasini o‘taydi. B. iqlimi tropik, passat. Eng iliq oy (sentabr)ning o‘rtacha harorati 27°, eng salqin oy (fev.)ning o‘rtacha harorati 25°. Yillik yog‘in miqdori 1400 mm gacha. Quruq mavsum (dekabr— iyun)dagi tropik jaziramada Atlantika okeanidan esadigan shim.-sharqiy passat haroratni pasaytiradi, doimo yoqimli shabada esib turadi. Barbados sohili anvoyi tur va rangdagi o‘simliklar va bahaybat daraxtlar bilan qoplangan.[1]

Aholisi[править | править код]

Asosiy aholisi barbadosliklar. Hozirgi etnik tarkibi: afrikaliklar (negrlar) 80%, duragaylar 16%, yevropaliklar 4%. Yevropaliklar orasida ingliz mustamlakachilarining avlodlari ajralib turadi. Ular siyosiy hokimiyatni negrlardan iborat ko‘pchilik qo‘liga topshirgan bo‘lsalar ham, mamlakat iqtisodiy hayotida hamon yetakchi mavqega ega. Yevropaliklar orasida "kambag‘al oqtanlilar" deb atalgan o‘ziga xos guruh bor. Ular shartnoma asosida yollangan yo‘qsul xizmatkorlar va Irlandiyadagi 17- a. qo‘zg‘olonlarining badarg‘a qilingan qatnashchilari avlodlari bo‘lmish redlegxlardir. Davlat tili — ingliz tili. Dindorlar, asosan protestantlar. B. aholisining zichligi jihatidan Amerikada eng yuqori o‘rinda turadi (1 km² ga salkam 600 kishi). Yaqin vaqtgacha aholining tabiiy ko‘payishi 3% edi, hukumatning tug‘ilishni cheklash siyosati natijasida bu ko‘rsatkich 1%ga tushdi. Aholining yarmisi — 20 yoshga yetmagan yigit qizlar. Katta yoshdagi aholining savodxonligi — 99%ni tashkil etadi. Aholining 38% shaharlarda yashaydi.[1]

Tarixi[править | править код]

Yevropaliklar kelgunga qadar orolda indeyslarning arvak va karib qabilalari yashagan. 1518 yil B.ni ispanlar kashf etishgan, 1625 yilgacha Ispaniyaning mustamlakasi bo‘lgan, o‘sha yili uni Angliya bosib olgan. Mustamlakachilar bu yerda tamaki va shakarqamish plantatsiyalarini barpo qilib, Afrikadan ko‘plab negrlarni keltirib ishlata boshladilar. Asta-sekin yevropaliklar kamayib, negrlar ko‘payib bordi. 1834 yilda qullik bekor qilindi. 1961 yilda B. ichki o‘z-o‘zini boshqarish hukuqini oldi, 1966 yilda mustaqillikka erishdi. Milliy bayrami — 30 noyabr— Mustaqillik kuni. 1966 yildan B. —BMT a’zosi.[1]

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[править | править код]

B. leyboristlar partiyasi, 1938 yilda tuzilgan; Demokratik leyboristlar partiyasi, 1955 yilda asos solingan; Milliy-demokratik partiya. Barbados ishchilar ittifoqi, 1941 yilda asos solingan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil