Belarus: различия между версиями

122 байта убрано ,  2 года назад
м
Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}"
м (→‎Sanoati: imlo xatosi)
м (Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}")
 
(не показаны 3 промежуточные версии этого же участника)
Строка 3:
 
== Davlat tuzumi ==
[[FaylFile:Nesvizh Castle 2011.JPG|300px|rihgt|thumb]]
Belarus Respublikasi — unitar demokratik ijtimoiy huquqiy davlat. [[1996-yil]]gi referendumda qabul qilingan Konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — aholi tomonidan 5 yil muddatga saylanadigan prezident. Qonun chiqaruvchi vakolatli organi — Millat majlisi boʻlib, u Vakillar palatasi va Respublika Kengashidan iborat. Vakillar palatasining hamma 110 deputatini aholi saylaydi. Respublika Kengashining 64 deputatidan 56 nafari mahalliy kengashlar tomonidan saylanadi, 8 nafari prezident tomonidan tayinlanadi. Millat majlisining vakolat muddati 4 yil Ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat — Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Bosh vazirni Vakillar palatasining roziligi bilann prezident tayinlaydi.
 
Строка 56:
 
=== Iqlimi ===
[[FaylFile:Pripyat near Mozyr.jpg|300px|rihgt|thumb|Daryo]]
Iqlimi kontinental iqlim bilan dengiz nihimi oʻrtasida, Atlantika havo massalari uni ancha yumshatib turadi. Yanvar ning oʻrtacha harorati janubi-gʻarbda — 4,4&nbsp;°C, shimoli-sharqda — 8&nbsp;°C, iyulniki shimolda 17&nbsp;°C, janubda 18,8&nbsp;°C. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 550 – 700&nbsp;mm. Yogʻinning kup qismi yoz oylariga toʻgʻri keladi. Botqoqliklar, daryo va koʻllar koʻpligidan yerlari zax. Vegetatsiya davri shimoli-sharqda 178 kun, janubi-gʻarbda 208 kun. Eng yirik daryolari Dnepr (irmoqlari Berezina, Pripyat, Soj va boshqalar), Gʻarbiy Dvina, Neman (irmogʻi Viliya), Bugʻ. Bu daryolarning koʻp qismida ogʻoch oqiziladi, eng yiriklarida kema qatnaydi. Baʼzi daryolarda GESlar qurilgan. Belarus koʻllarining eng yiriklari: Naroch, Osvey, Drisvyati, Chervonoye, Vigonovskoye. Tuprogʻi asosan unumdorligi yuqori boʻlmagan chimli podzol va torfbotqoq tuproq, daryo qayirlarida esa allyuvial tuproqlardir<ref name=autogenerated2>[http://krugosvet.ru/enc/strany_mira/BELORUSSIYA.html?page=0,1 BYeLORUSSIYa | Ensiklopediya Krugosvet<!-- Заголовок добавлен ботом -->]</ref>.
 
Строка 66:
 
== Tarixi ==
[[FaylFile:Belarus-Polatsk-Cathedral of Sophia-19.jpg|300px|rihgt|thumb|Sofiylik sobori]]
[[FaylFile:MirCastle1.JPG|300px|thumb|left|Dunyo qasri]]
Belarus hududida oʻrta paleolit davridan odam yashay boshlagan (100 — 35 ming y. muqaddam); [[neolit davri]]da (miloddan avvalgi 5-ming yillik oxiridan 3-ming yillik oxirigacha) dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanishga oʻtgan. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida hind-yevropa qabilalari koʻchib kelgach, ularning taʼsirida jez asriga oʻtiddi. Bu yerda temir davri miloddan avvalgi 8 — 6-asrlardan milodiy 8-asrgacha davom etdi<ref>[http://www.mfa.gov.by/upload.old/mag/bf2009r.pdf Belarus. Fakti 2009 Mn. 2009]</ref>. Milodiy 1-ming yillik 2-yarmida Belarus hududida 3 slavyan qabilalari: krivichi, dregovichi va radimichilar uyushmasi vujudga keldi, keyinchalik ular oʻrniga knyazliklar tashkil topdi. 10-asr oxiridan knyazliklar Kiyev Rusi tarkibiga kirdi. 13-asr 2-yarmida [[Rossiya]]ning gʻarbiy chekkalariga Buyuk Litva knyazligi hujum qila boshladi. Mamlakatdagi parokandalik va tatarmoʻgʻullarning hamlalari sharoitida bu knyazlik Gʻarbiy rus yerlarini osonlikcha zabt etdi. Shu paytdan boshlab bu yerlar „Belaya Rus“ („Oq Rus“) deb yuritiladigan boʻldi (belorus atamasi shundan kelib chiqdi). 15 — 16-asrlarda Belarusda xususiy yer egaligi rivojlandi. Beloruslarning Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlari jonlandi. Buyuk Litva knyazligi Belarus va [[Ukraina]]dagi hukmronligini mustahkamlash uchun [[1569-yil]]da [[Polsha]] bilan ittifoq (Lyublin uniyasi) tuzdi. Shu tariqa Rech Pospolita federativ davlati iujudga kelib, Belarus uning tarkibiga kirdi. 16-asrda Yevropa Uygonishi Belarus madaniyatiga taʼsir oʻtkazdi. Reformatsiyaning turli oqimlari tarqaldi. Qishloq xoʻjaligi tez rivojlandi, uning mahsuloti Gʻarbiy Yevropa bozorlariga olib borib sotila boshladi. Koʻpchilnk shaharlar oʻzini oʻzi boshqarish huquqini oldi (Magdeburg huquqi). [[1595-yil]]da S. Nalivayko boshchiligidagi ukrain kazaklari Belarusga yurishlar uyushtirdi. 1648 — 1651 yillarda ukrain xalqining ozodlik kurashi taʼsirida janubiy va sharqiy Belarusda yirik yer egalariga qarshi katta gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Rossiya davlatining Rech Pospolita bilan 1654 — 67 yillardagi urushi va 1700 — 21 yillardagi Shimoliy urush davrida Belarus qattiq aziyat chekdi. 18-asr oʻrtalaridan Belarus xoʻjaligi yuksala boshladi, ammo qoʻshni davlatlarning aralashuvi bunga xalaqit berdi. [[1772-yil]]da Rech Pospolitaning birinchi boʻlinishi natijasida Belarusning sharqiy qismi [[Rossiya imperiyasi]]ga qoʻshib olindi, [[1793-yil]]da Rech Pospolitaning ikkinchi bor parchalanishi oqibatida Belarusning markaziy qismi ham Rossiyaga qaram boʻlib qrldi. T. Kostyushko boshchiligidagi qoʻzgʻolon (1794) bostirilgach, [[1795-yil]]da Gʻarbiy Belarus Rossiyaga qoʻshib olindi. [[1812-yil]]gi urushda polyaklarga xayrixoh boʻlgan belorus shlyaxtasi Buyuk Litva knyazligining tiklanishiga umid qilib, Napoleonni qoʻllab-quvvatladi. 19-asr boshlarida demokratik va milliyozodlik goyalari tarqala boshladi, yashirin jamiyatlar vujudga keldi, ular Polsha, Belarus va Litvadagi 1830 — 31 yillar qoʻzgʻoloniga zamin hozirladi. [[1861-yil]]da Belarus dehqonlari krepostnoylikdan xalos boʻldi. 1863 — 64 yillarda boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolon burjua islohotlari oʻtkazilishiga taʼsir qildi.
 
=== XIX asrning 2-yarmi ===
[[FaylFile:Caricature for Riga Peace 1921.png|300px|thumb]]
XIX asrning 2-yarmida Belarusda kapitalizm jadal rivojlandi, temir yoʻllar qurildi, banklar ishlay boshladi. 1905 — 07 yilgi inqilob belorus milliy ozodlik harakatini kuchaytirdi. 1914 — 1918 yillardagi 1-jahon urushi davrida Belarus yerlari harbiy harakat maydoniga aylandi. [[1915-yil]]da uning gʻarbiy qismini [[Germaniya]] qoʻshinlari bosib oldi. [[1917-yil]] Oktyabr toʻntarishidan soʻng Minskda ham sovet hokimiyati eʼlon qilindi ([[1917-yil]] 8-noyabr).<ref>''Bendin A.'' [http://zapadrus.su/zaprus/istbl/345--xix-xx-.html Belorusi v Rossiyskoy imperii. K voprosu o formirovanii etnicheskoy identichnosti (vtoraya polovina XIX — nachalo XX vv.)].</ref>. Belarus mustaqilligiga qarshi boʻlgan bolsheviklar [[1917-yil]] Minskda Belarus davlati tuzilishini talab qilib chiqqan Umumbelorus sʼyezdini tarqatib yubordi. [[1918-yil]] Fevral—martda nemis qoʻshinlari Belarusning deyarli barcha hududini egallab oldi. [[1918-yil]] 25-martda Umumbelorus sʼyezdi delegatlari Belarusni mustaqil Belarus Xalq Respublikasi deb eʼlon qildilar. Bunga javoban Smolensk shahrida bolsheviklar Belarus Sovet Sotsialistik Respublikasi (BSSR) tuzilganligini eʼlon qildilar. 1918-yil noyabr — [[1919-yil]] boshlarida Belarus nemis kushinlaridan ozod etilgach, [[1919-yil]] 1-yanvarda Belarusning Muvaqqat ishchi-dehqon sovet hukumati oʻz manifesti bilan BSSR tashkil etilganligini eʼlon qildi. [[1922-yil]] [[SSSR]] tashkil boʻlgach, BSSR ham SSSR tarkibiga kirdi. [[Ikkinchi jahon urushi]] yillarida nemis bosqinchilari Belarus hududini egallab oldi. Belarus aholisining chorak qismiga yaqini halok boʻldi, milliy boylikning yarmidan koʻprogʻi yoʻq qilib tashlandi, yuzlab shahar va qishloqlar vayron boʻldi. Urushdan keyingi yillarda Belarus sanoati va qishloq xoʻjaligi tiklandi. [[1986-yil]]gi Chernobil falokati oqibatlari belorus xalqi uchun fojiali boʻldi. [[1990-yil]] 27-iyulda BSSRning davlat mustaqilligi haqidagi Deklaratsiya qabul qilindi. [[1991-yil]] 19-sentyabrdan mamlakat Belarus Respublikasi deb atala boshladi. 1991-yil dekabrdan MDH tarkibida. [[1995-yil]]dan [[BMT]] aʼzosi. [[Oʻzbekiston|Oʻzbekiston Respublikasi]] bilan diplomatiya munosabatlari [[1993-yil]] yanvarda oʻrnatilgan. Milliy bayrami — Mustaqillik kuni (3 iyul).
 
== Xoʻjaligi ==
[[FaylFile:BrestFortress7.JPG|300px|rihgt|thumb|Brests qamali]]
Belarus koʻp tarmoqdi qishloq xoʻjaligi rivojlangan industrial davlat. Mashinasozlik, kimyo, neft kimyosi, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati ravnaq topgan<ref>[http://www.gazetaby.com/cont/print.php?sn_nid=2776 „Salidarnass“ Proval spesoperatsii<!-- Заголовок добавлен ботом -->]</ref><ref>[http://www.autary.iig.pl/jorsz/art_rezystans_02.htm :: Syargey Yorsh :: Praekt „Belaruskіya Aoʻtari“ ::<!-- Заголовок добавлен ботом -->]</ref>. Qishloq xoʻjhaligida kartoshka va zigir tolasi yetishtirish, sutgoʻsht chorvachiligi, choʻchqachilik, parrandachilik rivojlangan.
 
== Sanoati ==
[[FaylFile:BelAZ haul truck.jpg|300px|thumb|left|Belarus avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan avtomobil]]
Sanoatida elektr energetika, yoqilgʻi, metallurgiya, mashinasozlik va metallga ishlov berish, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz, binokorlik materiallari, shisha va chinnifayans, yengil, oziq-ovqat, unyorma va omixta yem, tibbiyot sanoati, [[mikrobiologiya]] va matbaachilik eng yirik tarmoqlardir. Sanoat mahsulotining 2Gʻ3 qismi yirik shaharlarda, shu jumladan 25 % Minskda ishlab chiqariladi. Foydali qazilma konlari kam boʻlgani holda sanoat majmuida ishlab chiqarish sanoati ustun. Bu tarmoq, yuk avtomobillari, avtobuslar, mototsikl, velosipedlar, traktorlar, qishloq xoʻjaligi, qurilish, melioratsiya va yoʻl mashinxchari, motorlar, stanoklar, avtomat liniyalar, robotlar, temirchilikpress, burgʻulash, geolrazvedka, savdo uskunalari, quyuvchilik, yengil, oziq-ovqat tarmoqlari uchun [[texnologiya]] uskunalari, podshipniklar, EHMlar, televizorlar, radioprismniklar, magnitofonlar, sovitish va muzlatish uskunalari, foto va kinoapparatlar, dozimetrlar, soatlar ishlab chiqaradi. Kimyo va neft kimyosi sanoati maʼdanli oʻgʻitlar, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va smolalar, shinalar, rezinatexnika buyumlark, polimer va lok boʻyoq, roʻzgʻor buyumlari va shahrik.larni ishlab chiqaradi<ref>[http://slovo.ws/urok/historyofbelarus/20/039.html ISTORIYa BYeLARUSI (XX — nachalo XXI v.),Respublika Belarus v mejdunarodnom soobщestve]</ref>.
 
Строка 90:
 
== Transporti ==
[[FaylFile:Orsha-M1Route.JPG|300px|thumb|left|Trassa M1 Orshi yaqinida]]
Yevropa transport tizimining tarkibiy qismi. Temir yoʻllar (uzunligi 5,58 ming km), avtomobil yoʻllar (uzunligi 51,5 ming km), havo, suv transporti (uzunligi 2 ming km), truboprovod turlari rivoj topgan. Yuk tashishning 72 %, yoʻlovchi tashishning 55 % temir yoʻlga toʻgʻri keladi. Magistral neft quvurlari — 2861&nbsp;km, gaz quvurlari — 5534&nbsp;km (1996). Minsk shahrida [[1984-yil]]da metropoliten ishga tushirilgan.
Pul birligi — Belarus rubli<ref>[http://www.rw.by/index.php/.78.0.0..0.0.0.html BYeLORUSSKAYa JYeLYeZNAYa DOROGA: Texnicheskaya xarakteristika<!-- Заголовок добавлен ботом -->]</ref>.
Строка 98:
 
== Maorifi ==
[[FaylFile:Студгородрок-2.jpg|250px|rihgt|thumb|Belarus Davlat universiteti]]
Ilmiy va madaniy maʼrifiy muassasalari. 1996-1997 oʻquv yillari Belarus da 4,5 ming maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida 444,3 ming bola boʻlgan. Barcha toifadagi 4,9 ming umumiy taʼlim maktablari (1,6 mln. oʻquvchi), shu jumladan 26 litsey (15,6 ming oʻquvchi), 68 gimnaziya (63,5 ming oʻquvchi), 2 kollej (1,5 ming oʻquvchi) ishladi. 248 hunartexnika bilim yurtida 123,9 ming oʻquvchi, 150 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 125 ming, shu jumladan 4 nodavlat oʻrta maxsus oʻquv yurtida 2 mingdan koʻproqtalaba taʼlim oldi. 59 oliy oʻquv yurtida 208,9 ming talaba, shu jumladan 20 tijorat asosidagi oliy oʻkuv yurtida 28 ming talaba oʻqidi. Eng yirik oliy oʻquv yurtlari: Belorussiya universiteti, informatika va radioelektronika unti, iqgisodiyot, texnologiya, afar, texnika va pedogogika universitetlari, politexnika akademiyasi, sanʼat akademiyasi, musiqa akademiyasi va boshqa Belarusdagi eng yirik ilmiy markaz Belorussiya milliy fanlar akademiyasidir. Belarusda 5,2 ming ommaviy kutubxona, 4,6 ming klub muassasasi, 149 muzey va boshqalar bor<ref>[http://naviny.by/rubrics/society/2010/08/14/ic_articles_116_170056/ Pochemu belorusi ne xotyat uchit svoix detey na rodnom yazike?] // Naviny.by, 14.08.2010.</ref>.
 
Строка 105:
 
== Adabiyoti ==
Belarusda adabiyot 10-asrda belorus yozuvi paydo boʻlgach vujudga kela boshladi. 14 — 15-asrlarda Belarus yerlari Buyuk Litva knyazligiga siyosiy jihatdan birlashtirilib, [[belorus tili]] davlat tiliga aylanishi adabiyotning rivojlanishiga yordam berdi. Dastlabki belorus yilnomalarini tarixiy proza namunalari desa boʻladi. Belarus adabiyoti va tilining rivoji atoqli madaniyat arbobi, belorus matbaachisi F. Skorina (16-asr boshlari) nomi bilan bogʻliq. Bu davrda huquqiy tafakkur yodgorliklari yaratildi, yangi janrlar — kitobiy sheʼriyat, publitsistika, tarixiy yodnoma prozasi, dramaturgiya vujudga keldi. Nikolay Gusovskiy lotin tilida „Zubr haqida qoʻshiq“ dostonini yozdi<ref name="nmaster">[http://belarussda.narod.ru/churches.htm Tserkov Xristian Adventistov Sedmogo Dnya v Respublike Belarus]</ref>. Publitsist va tarjimon S. Budniy Nesvij shahrida diniy mavzudagi „Katexizis“ deb atalgan savoljavob kitobini nashr etdi. Ona tilining jonkuyari V. Tyapinskiy [[1580-yil]]da birinchi marta Injilni belorus tiliga tarjima qildi. Shoirlar orasida A. Rimsha alohida ajralib turardi. Barokko davri (16-asr oxiri — 18-asr oʻrtalari)da Belarus adabiyotida yangi qahramon — dehqon, hunarmand paydo boʻldi. 17-asrda Simeon Polotskiy kitobiy sheʼriyatni rivojlantirishga hissa qoʻshdi. 17-asr 2-yarmi — 18-asr 1-yarmida taqdidiyhajviy tusdagi va drama asarlari yaratildi. Ya. Borshevskiy, Ya. Chechet, A. Ripinskiy, V. Sirokoml, A. VerigaDarevskiy, A. Plug , V. Korotinskiy va boshqa belorus hamda polyak tillarida ijod qildilar. 1863 — 64 yillardagi qoʻzgʻolon rahbari K. Kalinovskiy belorus tilida „Mujitskaya pravda“ gazetani nashr etdi. F. Bogushevich ijodi belorus uygʻonish davri milliy goyasiping choʻqqisi boʻldi. [[1906-yil]]dan chiqa boshlagan „Nasha shva“ gazeta tsvaragida akauka A. va I. Lutskevichlar (asoschi pa noshirlar), Ya. Kupala, Ya. Kolas, Tetka, M. Bogdanovich, V. Lastovskiy. A. Garun va boshqalar birlashdilar. Oʻsha dair adabiyoti xalqni uygʻotish. tarixiy ishlarga otlantirish maqsadini koʻzlar edi. [[1920-yil]]lar boshida beloruslashtirnsh siyosati boshlanib, adabiy jurnsllar chiqa boshladi, adabiy tashkilotlar tuzildi. [[1920-yil]]lar oxirida esa beloruslashtirish siyosati belorus ziyolilariga qarshi qatagonlar siyosati bilan almashdi. 1930-yillarda ham koʻlchilik belorus yozuvchilari qatagʻon qilindi. [[Ikinchi jahon urushi]] davrida esa front va partizan otryadlarida taniqli yozuvchilarning bir qismi halok boʻldi. Urushdan keyin jang qaxgkshonligi va azobuqubatlarini tasvirlovchi asarlar yaratildi. A. Kuleshov, M. Tank, Z. Ostapenko, I. Shamyaqin va boshqalar ijodida urush mavzui uzoq yillargacha asosiy mavzu boʻlib qoldi. 1950 — 70-yillarda boshqa yozuvchilar turkumi adabiyotga kirib keldi: M. Linkov, I. Shamyaqin, I. Melej, P. Pestrak, A. Adamovich, T. Bondar va boshqalarningromanlarida xalqning mashaqqatli hayoti lavhalari — inqiloblar, urushlar, kollektivlashtirish, qatagʻonlar manzaralari tasvirlangan. Milliy tiklanish gʻoyalari va Chernobil faloqati R. Borodulin, S. Zakonnikov, N. Metlitskiy sheʼrlarida, I. Shamyaqin, B. Sachenko prozasida, A. Petrashkevich pyesalarida aks etdi. Qatagʻon iskanjasidan omon qaytgan bir qator adiblarning „lager sheʼriyati“, esdaliklari [[1980-yil]]lar oxiri — [[1990-yil]]lar boshida ijtimoiy ahamiyatga ega boʻldi. Belarus adabiyotida barcha janrlar rivojlanib bormoqda. Ya. Kupala, Ya. Kolas, P. Brovka, M. Tank va boshqalarning asarlari [[oʻzbek tili]]ga tarjima qilingan.
 
== Meʼmorligi ==
Строка 117:
 
== Teatri ==
[[FaylFile:Theatre of Kupala, Minsk.JPG|250px|left|thumb| ''Minskdagі Kupala teatri''.]]
Belarus teatr sanʼati xalq, rasmrusumlari va oʻyinlaridan, daydi qiziqchilardan boshlangan. 16-asrda qugʻirchoq teatri — batleyka paydo boʻldi. 16 — 18-asrlarda maktab teatri, 16 — 20-asrlarda xalq dramasi keng rasm boʻldi. 18 asrning 1-yarmida shahar va rabodlarda xususiy teatrlar faoliyati avj oldi, ularning baʼzilari yuqori malaka darajasiga koʻtariddi. [[1840-yil]]lardan dramaturg, aktyor, rej. V. DuninMarsinkevich belorus professional teatrini tashkil etishga jonkuyarlik qildi. 20-asrda belorus sahna sanʼatini rivojlantirishda yangi bosqich boshlandi. K. Kaganes, Ya. Kupala, Ya. Kolas, K. Buylo, L. Radzevich, I. Buynitskiy, F. Alexnovich, F. Jdanovichlarning saʼy harakatlari bilan dastlabki teatrlar vujudga keldi. 2-jahon urushi davrida 23 teatrdan koʻpchiligi oʻz faoliyatini toʻxtatdi, baʼzilari oʻzga yurtlarga koʻchib, konsertlar berdi. Urushdan keyin qaddini rostlagan sanʼat jamoalari uslub izlanishlarini kengaytirdi, sahna mahoratini oshirdi. Belarus teatrlarida samarali ishlagan va ishlayotgan sahna ustalaridan G. Makarova, S. Stanyuta, 3. Stomma, G. Ovsyannikov, L. Davidovich, V. Beloxvostik, A. Klimova, R. Yankovskiy, G. Garbuk, M. Zaharevi’1, V. Tarasov, A. Milovanov, V. Kuleshov, T. Kokshtis, O. Klebanovich, rej. lardan L. Litvinov, N. Mitskevich, K. Sannikov, V. Rayevskiy, B. Lutsenko, N. Pinigin, V. Korotkovich va boshqalarni koʻrsatish mumkin. [[1997-yil]] Belarusda 26 davlatteatri ishladi. Belarus Sanʼat akademiyasi, Madaniyat universiteti aktyor, rej., teatrshunoslarni tayyorlab bermoqda.
 
Строка 129:
{{manbalar}}
 
{{OʻzMEЎзМЭ}}
{{Yevropa}}
{{MDH}}
Строка 135:
{{Yerosiyo Iqtisodiy Hamkorligi}}
 
[[TurkumCategory:Yevropa]]
[[TurkumCategory:Belarus]]
[[TurkumCategory:BMT aʼzolari]]