Beltov balandligi

Материал из УзЭнц

Beltov balandligi - Orol dengizining jan., Qizilqumning shim.gʻarbiy qismidagi qir. Eng baland joyi 142 m, uz. gʻarbdan sharqqa taxminan 60 km, eni 12 km. Maydoni qariyb 720 km². Beltov balandligi ning jan. va gʻarbiy yon bagirlari tik. chinksimon, qolgan yon bagirlari atrofdagi tekisliklarga astasekin tutashib ketadi. Yuzasi yasen, asosan, shim. va sharq tomom pasayib boradi. Doʻnglik, koʻzanakli qum shakllari bilan band. Eol qum shakllari, asosan, shim. va shim.sharqiy qismlarida uchraydi, qolgan joylarda tub jinslar yuzasi yupqa dslyuvial va prolyuvial shagʻal va qum qatlamlari bilan qoplangan. Oʻsha joylarda yirik va chuqur (20 – 30 m), tik yon bagʻirli, tubi taqirlar bilan band eroziondeflyatsiya botiklari mavjud.

Beltov balandligi niig jan. va gʻarbiy yon bagʻirlari chuq. 5 – 10 m li quruq soylar bilan oʻyib yuborilgan. Beltov balandligi ning gʻarbiy yon bagʻrida (Qorateren koʻli sohili) quyi va oʻrta oligotsen kesimining qalinligi 20 – 25 m li yashil rang gildan iborat kismi kurinib qolgan. Beltov balandligi ning katta kismini yuqori pliotsenning mergelli gil va qumtosh jinsli Qushxonatov svitasi tashkil qiladi. Svitaning usti yuvilgan sariqqoʻngʻir rangli qum bilan qollangan (Dengizkoʻl svitasi). Qishi sovuq. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi — 7,6°; yozi issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 26°. Yiliga oʻrtacha 90 mm yogʻin tushadi. Doimiy oqar suvlar deyarli yoʻq.

Beltov balandligi da boʻzqoʻngʻir, choʻl qumli va taqir tuproqlar keng tarqalgan. Tekisroq yuzalarda shuvoqboyalich guruhi, ayrim joylarda shuvoqbiyurgʻun bilan birga qumli tuproqlarda oqsaksovul, cherkez, iloq, juzgʻun oʻsadi. Shim. yon bagʻirlarda sof qumda oʻsuvchi oʻsimlik koʻproq.

Adabiyotlar[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil