Birlashgan arab amirliklari

Материал из УзЭнц
Birlashgan arab amirliklari
-{الإمارات العربيّة المتّحدة
Al-Imārāt al-Arabiyyah al-Muttaḥidah}-
BAA davlat bayrogʻi   BAA davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Y'o`q
Madhiya: عيشي بلادي
(Isiy biladi)
BAA Xaritasi
BAA Xaritasi
Poytaxt Abu Dabi
Rasmiy til(lar) Arab tili
Hukumat Absolyut monarxiya
 • Prezident Shayx Muhammad ibn Zoid Ol Nahayon
 • Bosh Vazir Shayx Muhammad ibn Roshid Ol Maktum
Mustaqillik   Birlashgan Qirolligidan
 • Sana 2 dekabr 1971
Maydon  
 • Butun 83.600 -{km²}- (114-)
 • Suv (%) 0%
Aholi  
 • 2018 roʻyxat 9,4 million kishi (93- oʻrin)
 • Zichlik 112,44 kishi/-{km²}-
YaIM (XQT) 2018- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$432,600 milliard (28-)
 • Jon boshiga AQSh$46.021,28
Pul birligi BAA dirham (AED)
Vaqt Mintaqasi (-{UTC}-+4)
 • Yoz (-{DST}-) (-{UTC}-+4)
Qisqartma -{TC}-
Internet domen -{.ae
امارات.}-
Telefon prefiksi +971


Birlashgan arab amirliklari (BAA) — Yaqin sharqdagi Arabiston yarim orolining sharqiy qismi, Fors va Ummon koʻrfazlari qirgʻogʻida joylashgan federativ davlat, BMT aʼzosi. U har biri davlat boʻlgan quyidagi yetti amirliklarni birlashtirgan: Abu-Dabi, Dubay, Sharja, Ras-ul-Xayma, Ajman, Fujayra, Um-al-Quvayn. Mamlakat poytaxti — Abu-Dabi shahri. Davlatni boshqarish shakli mutlaq (aboslyut) monarxiya. Maydon 82,880 km². Milliy pul birligi — dirham (AED).

Tarixi[править | править код]

Britaniya protektorati[править | править код]

Mustaqil davlat[править | править код]

Jugʻrofiyasi[править | править код]

BAA Fors va Omon ko‘rfazida Arab yarim orolining sharqiy qismida joylashgan. Saudiya Arabistoni Qirolligi, Qatar va Omon Sultonligi bilan chegaradosh. BAA 7 ta amirlik (xonlik) dan iborat: Abu-Dhabi, Ajman, Dubay, Ras Al-Hayma, Fujeyra, Um Al-Quvayn, Sharja[1].

Aholisi[править | править код]

BAA aholisi — 9,4 million kishidan ziyod (2018). Etnik tarkbi: arablar — 20 %, arab olamidan tashqaridagi hududlar, yaʼni Yevropa, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan — 80 %. Aholining 33%i ayollar, 67%i erkaklar.

Til[править | править код]

Rasmiy tili arab tili, bundan tashqari ingliz, hind, urdu va fors tillaridan ham foydalaniladi. So‘ngi yillarda Dubayga rus turistlar tashrifi ko‘pligi sababli mehmonxonalarda ishchilar rus tillarida ham suhbatlashmoqdalar[2].

Asosiy joylar[править | править код]

Dubay (bu yer juda qiziqarli sanoatlashgan dam olish joyi: akvapark, hayvonot bogʻi, Dubay tarixiy muzeyi, mamlakatdagi eng katta savdo markazi mavjud), Sharja, Ras Al-Hayma, Abu-Dhabi, Fujeyra, Um Al-Quvayn. Asosiy turistlik markazlari: Abu-Dhabi, Ajman, Jumeyra, Dubay, Ras Al-Hayma, Fujeyra, Um Al-Quvain, Sharja.

Siyosiy tuzum[править | править код]

Tashqi siyosat[править | править код]

Tashqi siyosatda BAA yaxshi qoʻshnichilik va jahon mamlakatlari bilan oʻzaro hurmat, hamda ularning ichki ishlariga aralashmaslikga asoslangan tamoyilga tayanadi.

Iqtisodiyoti[править | править код]

BAA YaIMning o‘sishi 2018-yilda 1,5% oʻsib 432 milliard 600 million dollarni tashkil qildi. Amirliklar iqtisodiyotining asosinineft qazib olish tashkil qiladi. Bu davlat neftning aniqlanmagan zaxiralari boʻyicha dunyoda 6-oʻrinda, taxminan 97,8 milliard barrel, tabiiy gaz zaxirasi, 6,1 trillion m³ boʻyicha dunyoda 5-oʻrinda turadi.

Bundan tashqari turizm, yuqori axborot texnologiyalari, xizmat koʻrsatish sohalari ham iqtisodiyotning muhim manbalari sifatida rivojlanmoqda.

BAA YaIMning o‘sishi "2010-yilga nisbatan 3,2 %, Inflyatsiyaning tushishi esa 1 % kutilmoqda" — deb Davlat iqtisodiyot vaziri aytgan edi. YaIMning o‘sishida 71 % neftsiz maxsulotlarga to‘gʻri keladi, 2008-yilda bu ko‘rsatkich 66,5 % edi, — deydi Sultan ibn Said Al Mansuriy. Savdo tashkilotlari OPEK va BST. Asosiy import hamkorlari: Xitoy 12,9 %, Hindiston 12 %, AQSh 8,6 %, Yaponiya 6 %, Turkiya 4,4 %, Italiya 4,2 %. Qarzi: $128,6 million (2009-yil dekabr maʼlumoti), Davlat qarzi 47,2 %, Zarari $54,68 mlrd. (2009). YaIMda qishloq xo‘jaligi (1,6 %), sanoat (61,8 %), xizmat ko‘rsatish (36,6 %) ning ulushi. Ishsizlik 12,7 %[3].

  • Asosiy sanoatlari: Neft, baliqchilik, aluminiy, sement, kemasozlik, qayiqsozlik, tikuvchilik, to‘qimachilik.
  • Eksport tovarlari: Neft vaneft maxsulotlari, tabiiy gaz, quritilgan baliq.
  • Asosiy eksport hamkorlari: Yaponiya 26,5 %, Janubiy Koreya 10,9 %, Hindiston 10,7 %, Eron 7,5 %, Tayland 6,1 %.
  • Import maxsulotlari: mashina texnologiyalari, kimyoviy maxsulotlar, oziq-ovqat.

Ish vaqti[править | править код]

Odatiy ish kuni ikki mavsumda 8 soat: ertalabdan 13:00 gacha va 16:00 dan kechgacha. Payshanba — qisqa kun, juma — dam olish kuni.

Bayram va dam olish kunlar[править | править код]

  • 2-dekabr (Mustaqillik kuni);
  • 1-yanvar (Yangi yil);
  • 6-avgust — Zayd shayxlikka qabul qilingan kun.

Diniy bayramlar[править | править код]

  • Iyd Al-Fitr — Ramazon tugagandan so‘ng;
  • Iyd Al-Adxa — islom dinining qurbonlik bayrami;
  • Musulmon kalendari bo‘yicha yangi yil;

Bojxona[править | править код]

Birlashgan Arab Amirliklari bojxonasi yuz yillardan buyon qo‘llanib kelinadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, BAAning bojxona chegarasi Shayh Zaid bin Sulton va Shayh Rashid bin Al Maktoumlar (u Dubayning hokimi edi) davrigacha bir necha etaplardan iborat bo‘lgan hamda shu vaqtda birinchi bor bojxona binolari qurilib Dubayni, yaʼni amirlikning muhim savdo-sotiq shahrini tartibga solishga imkon berdi. Dubayning bojxonasi hukumatning eng qadimgi bojxonalaridandir va u „yigʻish“ nomi bilan mashxurdir, yaʼni undiriladigan soliqlar va bojlar yigʻilganligi uchun. Tarixiy bojxonaga ko‘ra odamlar uni „Markazlar onasi“ deb atashgan, chunki bir necha asosiy hukumat binolari, eng qadimiy bojxona binosi va bojxona yo‘llari u yerdan o‘tgan. 2003-yilning martida doktor (professor) Muhammad Khalfan Bin Kharbash konferensiyada qatnashdi va unda butun bojxona menejerlari bilan uchrashdi. Bunda maqsad keng miqyosda qadam tashlash, yaʼni FCA ning tashkil tpishiga ko‘ra va bojxonalararo umumiy markaz tashkil qilish to‘gʻrisida bo‘ldi. Shundan so‘ng hokimiyat organlarining bu maqsadda jadallashishiga olib keldi. Shunday qilib 2008-yil 28-mayda vazirlik komiteti kengashi (rahbari Shayh Hamdam bin Rashid Al Maktoum), vitse president, bosh vazir va Dubay hokimi, Iqtisodiy vazirlik va Sanoat komiteti tayyorlagan „Bojxona shtat qonunlarini umumlashtirish“ga erishildi.

Bojxona qoidalari[править | править код]

Import va eksportda valyuta nazorat qilinadi, jami summasi deklaratsiyada ko‘rsatiladi. Maʼnaviyatga salbiy taʼsir etuvchi audio va video maxsulotlarni hamda diniy munosabatlarga taʼsir etuvchi maxsulotlar olib kirish taʼqiqlanadi. Bojxona organi topshirilgan videokasseta va chop etilgan maxsulotlarni ko‘rib chiqishi mumkin.

  1. Jismoniy shaxs quyidagilarni bojsiz olib kirishi mumkin:
  • 2000 dona sigaret yoki 400 sigar yoki 2 kg tamaki;
  • 2 litr vino va 2 litr o‘tkir alkagol ichimlik.
  1. Quyidagilar importda qatʼiy taqiqlangan:

Fizik narsalar, psixologik materiallar, dorilarning hamma turlari, qushlarni ovlash qurollari, musulmon shariatiga xos boʻlmagan behayo video va chop etilgan tovarlar, qurol va narkotik moddalar olib o‘tish taqiqlangan. Shunisi diqqatga sazovorki, agar BAAga olib kirilayotgan import tibbiyot muolaja vositalariga narkotik aralashgan boʻlsa bu katta muammoni keltirib chiqaradi.

Bojxona postlari[править | править код]

  • Abu-Dabi:

Postlar soni: 12 ta

  • Dubay:

Postlar soni: 16

  • Sharja:

Postlar soni: 10.

  • Ras-ul-Xayma:

Postlar soni: 8.

  • Fujayra:

Postlar soni: 3.

  • Ajman:

Postlar soni: 1.

  • Um-al-Quvayn:

Postlar soni: 1.

O‘zbekiston va Birlashgan arab amirliklari munosabatlari[править | править код]

Asosiy maqola: O‘zbekiston — Birlashgan arab amirliklari munosabatlari.

O‘zbekiston va Birlashgan arab amirliklari oʻrtasida siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat bor. Oxirgi paytda iqtisodiy hamkorlik, oʻzaro tovar ayirboshlash kengaymoqda.

2018-yil holatiga koʻra, O‘zbekistonda BAA mablagʻ ishtirokida 107 ta korxona faoliyat yuritib kelmoqda, shundan 39 tasi 100% xorijiy kapital asosida tashkil etilgan.

O‘zbekiston BAAga ipak xom-ashyosi, metal konstruksiyalari, yengil va yuk avtomashinalari, sement bloklari, qandolatchilik mahsulotlari, dukkakli ekinlar va boshqa qishloq xoʻjaligi tovarlari, konsentrat va tabiiy sharbatlar eksport qilmoqda.

Manbalar[править | править код]