Birlashgan millatlar tashkiloti

Материал из УзЭнц

Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT; рус. Организация объединённых наций (ООН)) — 1945 yilda tuzilgan, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, xalqlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va xalqlar harakatlarini uygʻunlashtirish markazi boʻlish vazifasi yuklangan xalqaro tashkilot. BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR, AQSh, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943 yilda, Ustavi esa San-Fransisko konferensiyasida 1945 yilda qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi 1992 yil 2 martda BMTga aʼzo boʻldi.

Bosh Assambleya[править | править код]

Bosh Assambleya - oʻziga xos butunjahon parlamentining insoniyatning eng dolzarb muammolari koʻrib chiqilayotgan majlislarida Birlashgan millatlar tashkiloti aʼzosi boʻlgan barcha mamlakatlar vakillari qatnashadi. Har bir aʼzo-mamlakat bir ovozga ega. Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni muayyan darajada saqlab qolish tavsiyalari yangi aʼzolarni qabul qilish yoki Birlashgan millatlar tashkiloti byudjetini tasdiqlash, shu jumladan, tinchlikni saqlash operatsiyalariga mablagʻ ajratish singari muhim masalalar koʻpchilik, aniqrogʻi, uchdan ikki qism ovoz bilan qabul etiladi.

Boshqa masalalar boʻyicha qarorlar, odatdagidek, koʻpchilik ovoz bilan qabul etilaveradi. Keyingi yillarda Assambleya qarorlari rasmiy ovoz berish yoʻli bilan emas, balki, konsensus asosida qabul etilishi uchun maxsus saʼy-harakatlar olib borilmoqda. 1999/2000 yilgi sessiyalarda yadroviy qurolsizlanish, taraqqiyot, atrof muhitni muhofaza etish va yangicha demokratiyani mustahkamlash singari kun tartibidagi turli-tuman 173 masala koʻrib chiqilishi kerak edi. Oʻz qarorlari gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻlsa ham, ular jahon jamoatchiligi fikrlarini ifodalasa va xalqaro jamoatchilikning axloqiy talabi hisoblansa ham Assambleya oʻz qarorlarini majburan qabul qildirmaydi.

Assambleyaning har yilgi navbatdagi sessiyasi sentabrdan dekabrga qadar boʻlgan muddat davomida oʻtkaziladi. Assambleya zarurat tugʻilganda oʻz ishini qayta chaqirilgan sessiyada davom ettirishi yoki jiddiy tashvish tugʻdirgan masalalar boʻyicha maxsus yoki favqulodda sessiyalar oʻtkazishi mumkin. Assambleyalar orasidagi muddat davomida uning ishlari Birlashgan millatlar tashkilotining oltita bosh qoʻmitalarida, boshqa organlarida va Kotibiyatda davom etadi.

Manbalar[править | править код]

Havolalar[править | править код]