Bobur

Материал из УзЭнц

Zahiriddin Muhammad Bobur (рус. Захир-ад-дин Мухаммад Бабу́р; 1483-yil 14-fevral — 1530-yil 26-dekabr) — oʻzbek va hind hukmdori, qoʻmondoni, Hindistondagi Boburiylar (Buyuk mogollar) davlati asoschisi (1526-yil). Shuningdek shoir va yozuvchi sifatida tanilgan.

12 yoshida otasidan Fargʻona taxtini meros qilib olgan. Koʻp yillar davomida feodallar bilan ichki kurash olib bordi. 1504-yilda oʻzbek koʻchmanchilari tomonidan Oʻrta Osiyodan quvib chiqarilgan. Oʻsha yiliyoq Qobulni bosib oldi. 1512-yilgacha Buxoro va Samarqandni qaytarish uchun muvaffaqiyatsiz harakat qildi. Qobuldan Bobur 1519-yildan boshlab Shimoli-gʻarbiy Hindistonga yurish qildi va 1525-yilda Dehliga qarshi kampaniya olib bordi. 1526-yil aprel oyida Panipatda Dehli hukmdori Ibrohim Loʻdi va Rajput shaxzodasi Sangram Singx bilan Khanuada (Sikri yaqinida) boʻlgan janglarda gʻalaba qozondi. 1529-yilga kelib Boburning mol-mulkini Sharqiy Afgʻoniston, Panjob, va Bengaliya chegarasigacha boʻgan Gang vodiysi tashkil qilgan.

Boburning ogʻzaki tilga yaqin yozilgan sheʼrlari oʻziga hosligi bilan ajralib turgan. Boburning asosiy asari — oʻzbek adabiyotida avtobiografiya janrining ilk namunasi boʻlgan Boburnoma hisoblanadi. Ushbu asarda u 1493-yildan 1529-yilgacha boʻlgan davrdagi voqealarni tasvirlaydi, feodal zodagonlarning hayoti haqidagi tafsilotlarni, davrning axloqi va urf-odatlarini jonli ravishda aks ettirgan.

Bobur ijodini oʻrganish[править | править код]

Bobur ijodini oʻrganish, OʻzSSR davrida, 1958-yilda yoʻlga qoilgan. Bu yili Toshkentda katta ilmiy anjuman tashkil qilingan. OʻzSSR kompartiyasi birinchi sekretari, Sharof Rashidov Bobur ijodini oʻrganish uchun alohida eʻtibor bergan. Bobur asarlari nashr qilingan va Hamid Sulaymonov Bobur miniatyuralarining nusxalarini xorijdan olib kelib nashr qilgan.

Sharqshunos Sabohat Azimjonova Bobur xayoti va tarixi toʻgrisida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va fundamental monografiya nashr qilgan.

Bobur nafaqat sarkarda yoki shoh, balki buyuk shoir boʻlgan. Bobur haqida o‘zbek xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov «Yulduzli tunlar» asarini yozgan. Bu asar aynan Boburning yoshligidan to vafot etgunga qadar voqealarni o‘z ichiga qamrab oladi.

Rus tilidagi asarlari[править | править код]

  • Бабур-наме. Записки Бабура, пер. М. Салье, Таш., 1958;
  • Лирика, [М., 1957].

Adabiyot[править | править код]

  • Большая советская энциклопедия : [в 30 т.] / гл. ред. А. М. Прохоров. — 3-е изд. — М. : Советская энциклопедия, 1969—1978.
  • Кор-Оглы X. Г., Узбекская литература, М., 1968.(rus.)

Manbalar[править | править код]