Bois Ergashev

Материал из УзЭнц
Bois Hamidovich Ergashev
Tugʻilgan sanasi 5-may 1921-yil
Tugʻilgan joyi Samarqand
Vafot sanasi 26-iyun 2000-yil
Vafot joyi Toshkent
Xizmatdagi yillari 1942 — 1944
Unvoni Serjant
Harbiy qism 132-gvardiyachi artilleriya polki
Jang/urush 2-jahon urushi
Mukofotlari
[[commons:Category:Ошибка Lua: callParserFunction: function "#property" was not found.|Bois Hamidovich Ergashev]] Vikiomborda

Bois Hamidovich Ergashev (1921.5.5, Samarqand — 2000.26.6, Toshkent) — 2-jahon urushi qatnashchisi, serjant. Samarqand mexanizatsiya texnikumida oʻqigan (1939—1942). 1942 yildan armiya safida. 132-gvardiyachi artilleriya polki (ZUkraina fronti 12armiyaning 60gvardiyachi oʻqchi diviziyasi) razvedkachisi, Zaporojye viloyatining Xortitsa qishlogʻi hududida Dnepr daryosini kechib oʻtish uchun boʻlgan janglarda koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1944 yil 22 fevral). Bir necha orden va medallar bilan mukofotlangan. Toshkent huquq intini tugatgan (1952). Davlat va jamoat tashkilotlari (1946—56), respublika ijtimoiy taʼminot vazirligi (1956—68) va davlat xavfsizlik qoʻmitalarida (1968—83) masʼul lavozimlarda ishlagan. 2-jahon urushi mavzuiga doir asarlar muallifi ("Shonli jasorat", T., 1984; "Veteranlar — yoshlar murabbiysi", T., 1986 va boshqalar).