Boliviya

Материал из УзЭнц
Boliviya Respublikasi
-{isp. -{Estado Plurinacional de Bolivia}-
kechua. -{Buliwya Achka nasyunkunap Mama llaqta}-
aymara. -{Wuliwya Suyu}-
guar. -{Tetã Volívia}-}-
Boliviya davlat bayrogʻi   Boliviya davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: La Unión es la Fuerza
(Ispancha: Birlik Kuchdir)
Madhiya: Himno Nacional de la República de Bolivia
(Boliviya Jumhuriyati Milliy Madhiyasi)
Boliviya Xaritasi
Boliviya Xaritasi
Poytaxt Sukre
Rasmiy til(lar) ispancha, kechua, aymara, guarani va yana 33 ta tillar.
Hukumat Prezidentlik Respublika
 • Prezident Evo Morales
Mustaqillik   Ispaniyadan
 • Sana 6-avgust 1825
Maydon  
 • Butun 1,098,581 -{km²}- (28-)
 • Suv (%) 1,29
Aholi  
 • 2013 roʻyxat 10 461 053[1] (82- oʻrin)
 • Zichlik 9,9 kishi/-{km²}-
YaIM (XQT) 2013- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$$59,195 milliard[2] (106-)
 • Jon boshiga AQSh$5,364
Pul birligi Mvdol (BOV)
Vaqt Mintaqasi (-{UTC}-−4)
 • Yoz (-{DST}-) (-{UTC}-−4)
Qisqartma -{BL}-
Internet domen -{.bo}-
Telefon prefiksi +591
Uyuni

Boliviya (Bolivia), Boliviya Respublikasi (República de Bolivia) -Jan. Amerikaning markaziy qismida joylashgan davlat. Maydoni 1098581 km². Aholisi 7,5 mln. kishi (1996). Rasmiy poytaxti — Sukre, hukumati joylashgan amaldagi poytaxti — LaPas. Maʼmuriy jihatdan 9 departamentga, departamentlar 98 viloyatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi[править | править код]

B. — unitar respublika. 1967 yil 2 fev.da qabul qilingan konstitutsiyaga koʻra davlat boshligi — prezident. U 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyati — Milliy kongress boʻlib, u ikki palata: senat va deputatlar palatasidan iborat. Deputatlar va senatorlar umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatda saylanadi. Ijroiya hokimiyatini prezident va hukumat amalga oshiradi. Hukumatni prezident tayinlaydi va unga boshchilik qiladi.

Tabiati[править | править код]

B. ning gʻarbini And togʻlari va baland togʻli Puna platosi egallaydi. Punaning shim.gʻarbida lava platolari, jan.sharqida balandligi 3800 m gacha boʻlgan togʻ havzalari bor; qoldiq koʻllar (Poopo) va shoʻrxoklar uchraydi. Titikaka koʻlining bir qismi ham B. hududida. Shim.sharkidagi tekisliklar Amazonka pasttekisligiga tomon astasekin pasaya boradi va bu yerda Beni va Mamore daryolari tizimiga kiradigan soyjilgʻalar oqib yotadi. B.da qalay, volfram, molibden, surma, mis, rux, qoʻrgʻoshin va kumush konlari bor.

B. gʻarbida yiliga 150 mm gacha, sharqida 500–600 mm, And togʻlari yon bagʻrida 2000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Punada iyulning oʻrtacha temperaturasi 3—7°, yanv.niki 9—11°. Sharqiy tekisliklarda (shim. da) 4—5 oydan (jan.da) 9 oygacha qurgʻokchilik boʻladi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 17—22°, yanv.niki 24—28°. Iiliga shim. da 1300–1600 mm, jan.da 800 mm gacha yogʻin tushadi. B.da tezoqar, kichik togʻ daryolari ham bor. Mamlakat shim.dagi daryolar tropik yomgʻirlar davrida toshadi va 120 ming km² gacha maydonini suv bosadi. B. gʻarbida chala choʻl oʻsimliklari, sharqida baland togʻ tropik dasht oʻsimliklari oʻsadi. And togʻlarining sharqiy yon bagʻrida tropik oʻrmonlar, sharqiy tekisliklarda asosan savanna oʻsimliklari oʻsadi; shim.da gileya, jan. da siyrak tropik oʻrmonlar ham uchraydi. Hayvonlardan maymun, zirhaor, tapir, kemiruvchilar, qushlar, sudraluvchilar, hasharotlar va boshqa bor. Milliy bogʻlari: IsiboroSekurs, Uanchaka, PilonLaxas va boshqa

Aholisi[править | править код]

B. aholisining 2/3 qismi kechua va aymara nomli indeys xalqlari; qolganlari ispan tilida gaplashadigan boliviyaliklar, aksari duragaylar, kisman ispanlardan tarqalgan kreollardir. B.ning sharqidagi tropik oʻrmonlarda turli qabilalarga mansub indeyslar yashaydi. Rasmiy tillari — ispan, kechua va aymara tillari. Aholisining yarmisi kechua, aymara, guarani tillarida gaplashadi. Shahar aholisi 58%. Dindorlar — asosan katoliklar. Eng yirik shaharlari: LaPas, Kochabamba, SantaKrus, Oruro, Sukre.

Tarixi. B. hududida qadimdan ibtidoiy jamoa tuzumi bosqichidagi indeys qabilalari yashab kelgan. 14-asr boshlarida B. hududi Ink davlati tarkibiga kirgan. 1532—38 yil larga kelib, ispanlar zabt etdi va mahalliy xalqdan bir necha oʻn ming kishi qirib tashlandi. B. 300 yil mobaynida Ispaniya imperiyasi tarkibida boʻlib (1542 yildan B. hududi Peru, 1776 yildan LaPlata vitseqirolligi tarkibiga kirgan), Yuqori Peru deb atalgan. 1809—25 yillar mobaynida ispanlar istibdodiga qarshi milliy ozodlik urushlari boʻlib turdi. 1824 yil 9 dek.da Simon Bolivarning safdoshi general Sukre ispan qoʻshinlarini tormor keltirdi. 1825 yil 8 avg .da Yuqori Peru mustaqil deb eʼlon qilindi va Bolivar sharafiga B. deb ataddi. Bolivar mamlakat prezidenta qilib saylandi, lekin u mamlakatni idora qilishni Sukrega topshirdi. 1836—39 yil larda B. Peru bilan yagona konfederatsiya tashkil etdi. 1879—83 ylarda B. bilan Peruning Chiliga karshi, 1932—35 yillarda Paragvayga qarshi urushida B. oʻzining qalay va selitraga boy dastlabki hududining 2/3 qismini yoʻqotdi. 1-jahon urushida B. betaraflik siyosatini tutgan boʻlsada, mamlakat iqtisodiy resurslari Antanta davlatlari manfaatiga xizmat qildi. 1943 yil apr.da B. Germaniya, Italiya va Yaponiyaga urush eʼlon qildi, ammo urush harakatlarida qatnashgani yoʻq. 1952 yilda B.da harbiy diktatura rejimiga qarshi qoʻzgʻolonda "Milliy inqilobiy harakat" partiyasi armiyani tormor keltirdi. Qalay sanoati davlat ixtiyoriga olindi va agrar islohotlar oʻtkazila boshladi. 1964 yil 4 noyab.da B. reaksionerlari mamlakatda harbiyfashistik diktatura oʻrnatdi. Agrar islohotlar toʻxtatildi, korxonalar amerikaliklarga qaytarib berila boshladi. 1967 yilda mamlakatning koʻpgina joylarida partizanlar harakati boshlandi. Yirik kasaba uyushmasi — B. ishchilar markazi demokratik tuzumni qayta tiklash, mehnatkashlarning turmushini yaxshilash va qishloq xoʻjaligi da islohotlar oʻtkazish uchun kurashdi. 1970 yil 4 okt.da vatanparvar kuchlar rahbari general Xuan Xose Torres prezidentlik lavozimini egallab, mustaqil tashqi siyosat yurita boshladi. Biroq 1974 yilda hokimiyatni qoʻlga olgan harbiy hukumat demokratik kuchlarni taʼqib qilish yoʻlini tutdi. 80- yil larda mamlakatning ichki siyosiy ahvoli beqaror boʻlib turdi. 1985 yilgi saylovdan keyin B. prezidentlik boshqaruviga oʻtdi. 1997 yil 2 avg .da B. Milliy kongressi tomonidan saylangan prezident Ugo Banser Suares hukumati mamlakatni mustaqil idora qila boshladi. 1945 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 6 avg . — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1825).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Fuqarolar "Birdamlik" ittifoqi, partiya, 1989 yilda tashkil etilgan; Soʻl millatparvar inqilobiy partiya, 1964 yilda tuzilgan; Soʻl millatparvar inqilobiy harakat, 1979 yilda rasmiylashgan; B. Kommunistik partiyasi, 1950 yilda tuzilgan; Soʻl inqilobiy harakat, 1971 yilda asos solingan; Millatparvar demokratik harakat, 1979 yilda tuzilgan; Millatparvar inqilobiy harakat, 1942 yilda asos solingan; Sotsialistik partiya1, 1971 yilda asos solingan; Tupak Katari nomidagi ozodlik uchun inqilobiy harakat, 1978 yil tashkil etilgan; Xristiandemokratik partiya, 1954 yil asos solingan. B. ishchilar markazi kasaba uyushmasi, 1952 yilda tuzilgan.

Xoʻjaligi[править | править код]

B. iqtisodiyotining asosini konchilik sanoati tashkil etadi. Boliviya zaif rivojlangan va mamlakatni oziq-ovqat bilan taʼminlay olmaydi.

Sanoati[править | править код]

B. qalay qazib olish va eksport qilishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Surma, volfram, mis, rux, qoʻrgʻoshin va vismut rudalari, oltin, k’umush, oltingugurt ham qazib chiqariladi (asosiy konchilik markazlari — Oruro, Potosi, Tupisa, Korokoro va boshqalar). Asosiy neft konlari Chukisoka, Tarixa departamentlarida joylashgan. Elektr energetika, rangli metallurgiya, neft kimyosi, toʻqimachilik (ip va jun gazlama), oziq-ovqat korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. 1,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (asosan GESlarda).

Qishloq xoʻjaligi ningasosiy tarmogʻi — dehqonchilik. Asosiy oziq-ovqat ekinlari — kartoshka va makkajoʻxori. Bundan tashqari sholi, bugʻdoy, paxta, shakarqamish, kofe, banan, kakao va boshqa ham yetishtiriladi. Qoʻy, qoramol, lama, choʻchqa boqiladi. Oʻrmonlarda geveya sharbati, xin daraxtining poʻstlogʻi va koka barglari yigʻib olinadi.

Transporti[править | править код]

T.ylarninguz. — 3,9 ming km, avtomobil yoʻllari — 38,9 ming km (1996). Titikaka koʻlida kemalar qatnaydi. Daryo yoʻllari — salkam 20 ming km. Neft quvurlari koʻp. Togʻli hududlarda otulovning ahamiyati katta. Mamlakatning 30 shaharida aeroport bor. Asosiy aeroporti — LaPas.

Tashqi savdo uchun B. Molyendo (Peru) va Antofagasta (Chili) portlaridan foydalanadi. Chetga asosan konchilikruda sanoati mahsulotlari, neft, tabiiy gaz, paxta, kofe chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat mahsulotlari, mashinalar, asbobuskunalar, binokorlik materiallari, xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar oladi. Savdo sohasidagi asosiy mijozlari: AQSH, Braziliya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Argentina, Germaniya, Chili, Peru. Pul birligi — boliviano.

Tibbiy xizmati. B.da davlatning baʼzi kasalxona, ambulatoriya va tibbiy yordam postlaridan tashqari barcha tibbiy muassasalarda tibbiy yordam pulli. Vrachlarni uchta untning tibbiyot f-tlari tayyorlaydi.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. B.da 15 dan yuTSori yoshdagi aholining 50% savodsiz. Mamlakatda 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning umumiy majburiy taʼlimi haqida qonun qabul qilingan. Yoshlar umumiy oʻrta, hunartexnika va ped. maktablarida, oliy oʻquv yurtlarida taʼlim oladilar. Yirik oliy oʻquv yurtlari: LaPas, Kochabamba, Potosi, Sukre untlari. Ilmiy markazlari: Milliy FA, Tarix akademiyasi, B. akademiyasi. Kutubxonalari: untlarning kutubxonalari, Madaniyat departamentining kutubxonasi, LaPasdagi Munitsipal kutubxona. Muzeylari: LaPasdagi "Tiaunako" milliy muzeyi, Potosidagi zarbxona milliy muzeyi.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi[править | править код]

Yirik ommaviy kundalik gaz.lari: "Diario" ("Gazeta", 1904 yildan), "Deber" ("Burch", 1953 yildan), "Oy ("Bugun", 1968 yildan), "Ultima ora" ("Soʻnggi soat", 1929 yildan), "Rason" ("Idrok", 1990 yildan). Axensia de Notisias Fides—ANF axborot agentligi 1979 yilda tashkil etilgan. Bosh aloqa boshqarmasi — hukumat radioeshittirish xizmati mavjud. Mamlakatda 158 radiost-ya boʻlib, ularning koʻpchiligi tijorat asosida ishlaydi. Telekoʻrsatuv 1969 yildan olib boriladi, uning bir kanalini hukumat nazorat qiladi.

Adabiyoti asosan ispan tilida. B.da qad. indeys madaniyati namunalaridan "Olyantay" nomli boliviyaperu dramasi saqlangan. Mustamlaka davri (16—18-asrlar) adabiyotida F. Guaman Pom, A. de Kalanchaning tarixiy xronikalari diqqatga sazovor. 18-asr oxiridan boshlab mustaqillik uchun kurash davrida vatanparvarlik publiiistikasi va sheʼriyati yaratildi. 19-asr B. adabiyotida romantizm hukmronlik qildi. Uning yirik namoyandalari: R. X. Bustamante, N. Galindo, M. X. Muxia, B. Lens va boshqa Bu davrda romantizm bilan bogʻliq holda indeyslar hayotiga qiziqish kuchaydi. N. Agirrening "Xuan de la Rosa", L. Ansoategi de Kamperoning "Ualparrimachlar", A. Argedasning "Bronza rangli irq" romanlari shu mavzuga bagʻishlandi. "Olov oqim" (1935, O. Serruto), "Iblis metall" (1946, A. Sespedes), "Ajal shaxtalari" (1962, F. Ramires Velarde) romanlarida konchilarning ogʻir hayoti, inqilobiy kayfiyatlari tasvirlandi. B.ning yirik yozuvchilaridan M. Mendosa Lopes, X. Felman Velarde asarlarida, mashhur yozuvchi X. Laraning "Surumi" (1945), "Yanakuna" (1952), "Qonimiz" (1959) romanlarida ijtimoiy tenglik uchun kurash masalalari oʻz ifodasini topdi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[править | править код]

5— 8-asr larda B. togʻli joylari meʼmorligida tiauanako madaniyati gullab yashnadi (katta yaxlit toshlardan yasalgan inshootlar, afsonalardagi qahramonlarni aks ettiruvchi tosh haykallar va boshqalar). 16—18-asrlarda B.da Potosi, Sukre, LaPas, Kochabamba, Oruro kabi shaharlar qurildi. Bu shaharlarda mahalliy aholi ustalari ishtirokida ibodatxonalar, saroylar va boshqa binolar barpo etildi. Ularda indeyslarning qad. sanʼat va meʼmorligi bezaklaridan foydalanilgan. 19—20-asr larda B.da sanoat va jamoat binolari qurila boshladi. Bu binolar Yevropa va Amerika meʼmorligi uslubida, turar joy binolari qad. B. meʼmorligi uslubida kurilgan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida rassomlardan A. Nogales, X. Garsia Mesa, S. Iturralde ijod qildilar. 20-asr boshlarida B. sanʼatida modernizm oqimi keng tarqaldi. 20- yillarga kelib, millim rassomlik maktabi tarkib topdi. Keyingi yillarda rassomlardan S. Gusman de Roxas, B. Berdesio, V. S. Romero, M. Exido, haykaltarosh M. Nunyes del Prado oʻz asarlarida xalq tarixi va hayotini, zamondoshlar obrazini, tabiat goʻzalligini aks ettirdilar. 20-asr oʻrtalaridan Koʻp qavatli temirbeton binolar qurila boshladi, shaharlar taʼmirlandi, sanoat korxonalari qurildi.

Musiqasi[править | править код]

B.da indeyslar musiqasi — beguala, vidala, uanka kabi lirik qoʻshiqlar, uayno, uaynito, nombo kabi cholgʻu asboblari, qamish nay, doʻmbirani eslatuvchi putunka keng tarqalgan. Ispaniyadan oʻtgan olti torli gitara boliviyaliklarning sevimli sozi hisoblanadi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlaridagi yirik kompozitorlar E. Kabo, T. Vargas, X. Maydanadir. LaPasda milliy konservatoriya va milliy simfonik orkestr bor.

Teatri[править | править код]

16—17-asrlarda missionerlar Potosidagi bayram va sayillarda teatrlashtirilgan tomoshalarni tashkil etishgan. 1617—19 yillarda LaPasda ikkita teatr ochildi. Bayram kunlaridagi karnavallar milliy madaniyatning oʻziga xos xususiyati boʻlib qolgan. Ashula va raqslar orasida diablados deb atalgan va yaxshilik bilan yomonlikning kurashi tasvirlanadigan tomoshalar koʻrsatilgan. Professional teatr sanʼati suyet rivojlangan. Sukre shahridagi yozgi teatr ahyonahyonda ishlaydi, unda yarim professional truppalar qatnashadi. Mahalliy dramaturglardan R. Muxia, X. Berrios, M. Flores, A. Saavedra Peres va boshqalarlarning pyesalari sahnalashtirilgan. LaPasda Sahna sanʼati va deklamatsiya akademiyasi bor. 1949 yil Teatr va radio arboblari jamiyati tashkil etilgan.

Kinosi[править | править код]

1943 yilda tashkil etilgan B. kino in-ti asosan hujjatli filmlar tayyorlaydi; yiliga bir nechagina badiiy film chiqaradi. Mashhur filmlari: "Ukamau", "Kondor qoni" (rej. X. Sanximes).

1996 yilda OʻzR bilan B. oʻrtasida savdoiqtisodiy munosabatlardagi tovar aylanmasi 4,84 mln. AQSH dollarini tashkil qildi, mamlakatimizga rux rudalari va konsentratlari keltirildi.[3]

Boliviya (Boliviya Respublikasi, ispancha República de Bolivia, kechua Bulibiya, aymara Wuliwya) — Janubiy Amerikaning markaziy qismidagi davlat. Simon Bolivar sharafiga shunday nomlangan. Boliviya shimol-shimoli-sharqdan Braziliya, janubi-sarqdan Paragvay, janubdan Argentina, janubi-gʻarb va gʻarbdan esa Chili va Peru bilan chegaradosh.

Manbalar[править | править код]

  1. Census.gov (2013). Country Rank. Countries and Areas Ranked by Population: 2013. U.S. Department of Commerce. Asl nusxadan arxivlandi (2013-05-09). 2013-05-09.
  2. Report for Selected Countries and Subjects. International Monetary Fund. 28 January 2014.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil