Bolsheviklar

Материал из УзЭнц

Bolsheviklar (рус. большевики — koʻplar) — Rossiya sotsial-demokratik ishchilar partiyasi (RSDRP)da Lenin boshchilik qilgan siyosiy oqim (fraksiya) vakillari.

1917-yil apreldan mustaqil siyosiy partiya tuzishgan (q. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi). Bolsheviklar tushunchasi RSDRP 2-syezdida (1903) Lenin tarafdorlari partiya rahbar organlariga saylovlarda koʻpchilik ovoz olganidan soʻng yuzaga kelgan. Shu sababli ular — bolshevik, kam ovoz olgan raqiblari esa — menshevik deb yuritila boshlagan.

Bolsheviklar soʻzi 1917-52 yillarda RSDRP (b), RKP (b), VKP (b) deb atalgan partiyaning rasmiy nomlarida ishlatilgan.

Manbalar[править | править код]