Boroxoro

Материал из УзЭнц

BoroxoroXitoy gʻarbidagi togʻ tizmasi, gʻarbiy uchi Qozogʻiston hududida. Sharqiy Tyanshan togʻ tizimiga kiradi. Ili daryosi bilan Ebi Hyp koʻli havzalari oʻrtasida. Uz. 250 km. Balandligi 4359 m gacha. Kristall va metomorfik togʻ jinslaridan tuzilgan. Yon bagʻirlarida 1800 m balandlikkacha tog dashtlari, 2800 m gacha qoraqaragʻay oʻrmonlari, eng yuqorisida alp oʻtloqlari bor, choʻqqilari doim qor va muzliklar bilan qoplanib yotadi.

Adabiyotlar[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil