Brilliant qoʻl

Материал из УзЭнц
-
Brilliant qoʻl
рус. Бриллиантовая рука
Rejissor Leonid Gayday[1]
Rollarda Yuriy Nikulin[2]
Anatoliy Papanov
Andrey Mironov
Premyera sanasi 1968-yil
Davomiyligi 98 daqiqa
Mamlakat Brilliant qoʻl Sovet Ittifoqi
IMDb profili

Briliant qoʻl — 1969-yil 28-aprelda ekranlarga chiqqan detektiv kinokomediya[3].

Film haqida faktlar[править | править код]

Film aslida „Kontrabandistlar“ deb atalishi moʻljallangandi. Ssenariy mualliflari Kostyukovskiy va Slobodskiylar „Brilliant qoʻl“ asosiy qahramoni obrazini aynan Yuriy Nikulinga moslashtirib yozishgan. Mironov ijro etgan rol aslida Georgiy Vitsinga nasib etishi mumkin edi. Biroq badiy kengash „Avvalgi qahramonlariga oʻxshab ketyapti“ degan taʼriflardan soʻng, bu rol Vitsinga nasib etmadi. Filmda bosh qahramonning xotini „sen juda ishonuvchansan“ deb koʻp bora takrorlayveradi. Bu soʻzlar ssenariyda yoʻq edi. Uni hayotda xotinidan deyarli har kuni eshitishga odatlangan Gayday filmga ham koʻchirishga ahd qilgandi. Filmda Barzangi rolini „Smena“ jurnalining muhbiri Pleshakov ijro etgan. Muhbir bu epizodda suratga tushishga oʻsha paytlarda juda mashhur boʻlgan Yuriy Nikulindan oladigan intervyusi evaziga rozi boʻlgan. Gayday oʻzining sevimli shoiriga boʻlgan cheksiz muhabbati tufayli teploxodning nomini „Mixail Svetlov“ nomi bilan atashga qaror qilgandi[4].

Manbalar[править | править код]