Britaniya imperiyasi: различия между версиями

19 байт убрано ,  2 года назад
м
Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}"
м (Text replacement - "[[Turkum" to "[[Category")
м (Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}")
 
(не показана 1 промежуточная версия этого же участника)
Строка 88:
 
=== Amerikadagi birinchi koloniyalar ===
[[TasvirImage:Matthew-BristolHarbour-Aug2004.jpg|thumb|upright|[[Jon Kabot]] Amerikaga qarab suzgan kemaning nusxasi]]
Kolumbning muvaffaqiyatli kashfiyotlaridan soʻng, 1496-yilda qirol Genrix VII [[Jon Kabot]]ni Osiyoga yangi savdo yoʻllarini topishga joʻnatadi<ref name="nferguson"/>. Xuddi Kolumbga oʻxshab, Kabot 1497-yilda [[Nyufaundlend (orol)|Nyufaundlendga]] yetib uni Osiyo qirgʻogʻi deb oʻylaydi va bu habar bilan oʻz yurtiga qaytadi<ref>[http://books.google.com/books?id=iTZSFcfBas8C&printsec=frontcover&hl=ru&source=gbs_ge_summary_r&cad=0#v=onepage&q&f=true- Kenneth Andrews:Trade, Plunder and Settlement|45|1]</ref>. Ammo, bir yildan keyingi sayoxatdan uning kemasi qaytib kelmaydi<ref name="nferguson"/>.
 
Строка 94:
1562-yilda britan hukumati janubiy dengizlarda qul sotish va qaroqchilik bilan omadli shugʻullanayotgan qaroqchilar [[Jon Hokins]] va [[Francis Drake]]ga [[Kaperlar|kaperlik patentini]] beradi. Natijada ularning dengizchilikdagi sanʼatlari britan harbiy dengiz flotini yaratishda xizmat qildi va ingliz tojiga xizmat qilgan koʻplab qaroqchilarga namuna boʻlib xizmat qildi<ref name="nferguson"/>. 1578-yilda [[Elizabeth I]] [[Gilbert Hemfri]]ga shunday kaperlik patentini taqdim qildi<ref>[http://books.google.com/books?id=iTZSFcfBas8C&printsec=frontcover&hl=ru&source=gbs_ge_summary_r&cad=0#v=onepage&q&f=true- Kenneth Andrews:Trade, Plunder and Settlement|187|1}]</ref>. Oʻsha yiliyoq Gilbert [[Shimoliy Amerika]]da koloniyalarga asos solish va qaroqchilik bilan shugʻullanish maqsadida [[Vest-Indiya]]ga yoʻl oladi, ammo, u Atlantikani kesib oʻtmasidanoq sayohat tugaydi. 1583-yilda Gilbert ikkinchi marta urinib, [[Nyufaundlend]] oroliga yetib borib, rasmiy ravishda oʻsha orol buhtasini ingliz buhtasi deb eʼlon qiladi. Angliyaga qaytishda u vafot etadi va uning ishini oʻz patentini 1584-yilda olgan ukasi [[Volter Reli]] davom ettiradi. Bir yildan soʻng Reli hozirgi [[Shimoliy Karolina]] qirgʻogʻida joylashgan [[Roanok]] koloniyasini tuzadi, ammo tajribasizlik, ovqat yetishmovchiligi va ispanlar harakati tufayli koloniya inqirozga yuz tutadi<ref>[http://books.google.com.ua/books?id=eQHSivGzEEMC&printsec=frontcover&hl=ru&source=gbs_ge_summary_r&cad=0#v=onepage&q&f=true- Nicholas Canny:Origins of Empire|63—64|1]</ref>. Kelajakda inglizlar yana bir necha bor Shimoliy Amerikada koloniya tuzishga xarakat qilishadi. Ular hattoki Shimoliy Amerikaning Tinch okeani qirgʻogʻida ([[Francis Drake]]ning yer shari boʻylab sayohati davomida) ham koloniya tuzishadi, lekin ularning barchasi halok boʻladi<ref name="ljames"/>.
 
[[TasvirImage:Eliza1.JPG|thumb|left|150px|Qirolicha Elizabeth I]]
1588-yilda „[[Yengilmas armada]]“ning magʻlubiyati tufayli Ispan imperiyasining qudrati sindirildi va u kelajakda Britaniya Imperiyasining ertasiga katta xavf tugʻdirmadi.
 
Строка 102:
[[Britan Vest-Indiyasi]] boshida eng muhim va eng foydali ingliz koloniyalaridan iborat boʻlgan. Lekin ular eng muhim koloniyalarga aylanishdan oldin bir necha bor inqirozga uchrashgan. Masalan, inglizlar ispanlarga oʻxshab oʻz koloniyalarida oltin topishga harakat qilishganligi sababli [[Gayana|Britan Gayanasida]] koloniya tuzishga 1606-yilga qadar ikki yil davomida harakat qilishgan. [[Sent-Lyusiya]] (1605) va [[Grenada]]dagi (1609) koloniyalar tezda yoʻqolib ketishdi, lekin, [[Sent-Kits]] (1624), [[Barbados]] (1627)) va [[Nevis]]dagi (1628) koloniyalar muvaffaqiyatli boʻlishgan. Buning sababi esa portugallar [[Braziliya]]da omadli tarzda foydalanayotgan [[Plantatsiya|shakarqamish oʻstirish]]dan inglizlar ham foydalanishganligi hisoblanadi. Koloniyalarga golland qulfurushlari sotadigan [[Qullik|qullar mehnati]] zarur edi va inglizlar shu qullardan foydalanishardi. Oʻz navbatida gollandlar esa koloniyalarda ishlab chiqarilgan shakarni olib Yevropada olibsotarlik qilishgan. Bu savdodan qolayotgan katta foydani faqat inglizlar qoʻlida qolishini kafolatlash uchun ingliz parlamenti 1651-yilda ingliz koloniyalarida faqat ingliz kemalari savdo qilishi mumkinligini belgilaydigan [[Navigatsion akt]]ni qabul qiladi. Bu esa [[Birlashgan Provinsiyalar Respublikasi]] bilan muammolarning keskinlashuviga, urush sababli inglizlarning Amerikadagi oʻrinlari mustahkamlanishiga olib kelgan bir necha [[Anglo-golland urushlari]]ga sabab boʻldi. 1665-yilda Angliya Ispaniyaga tegishli boʻlgan [[Yamayka]] orolini egalladi, 1666-yilda esa [[Bagam orollari]]ni muvaffaqiyatli ravishda kolonizatsiyaladi<ref>[http://www.amazon.com/British-Empire-1558-1995-Oxford-History/dp/0198731337#reader_0198731337- Trevor Owen Lloyd:The British Empire 1558-1995|33|1]</ref>.
 
[[TasvirImage:British Colonies in North America c1750 v2.png|thumb|left|1750-yilda Shimoliy Amerikadagi Britan koloniyalari. 1: [[Nyufaundlend]]; 2: [[New Scottia]]; 3: [[Oʻn uch koloniya]]; 4: [[Bermud orollari]]; 5: [[Bagam orollari]]; 6: [[Britan Gondurasi]]; 7: [[Yamayka]]; 8: [[Kichik Antil orollari]]]]
 
Amerika qitʼasidagi birinchi doimiy britan koloniyasi 1607-yilda [[Jamestown (Virginia)|Jamestown]]da tuzildi. U 1609-yilda [[Bermud orollari]]da ham shunaqa koloniya tuzgan shaxsiy [[London Company|Virginia Company]] tomonidan boshqarilardi. 1624-yilda kompaniya huquqlari muddati tugadi deb eʼlon qilinib, hukumat koloniyani boshqarishni oʻz zimmasiga oldi, shunday qilib, [[Virginia]] koloniyasiga asos solindi. Bu yerda shakar yetishtirilmasligiga qaramasdan, mahalliy kolonistlar [[tamaki]] va boshqa qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini yetishtirish orqali omadga erishdilar. 1610-yilda shunga oʻxshash kompaniya (London and Bristol Company) [[Nyufaundlend (orol)|Nyufaundlend orolida]] koloniya tuzish maqsadida ochildi, ammo bu gʻoya muvaffaqiyatga erishmadi. 1620-yil [[Plimut koloniyasi|Plimut]]da diniy kamchilik boʻlgan [[Puritanlar]] tomonidan koloniya tuziladi. Bunga yana [[Rim-katolik cherkovi|katoliklar]] tomonidan tuzilgan [[Merilend]] (1634), [[kontregatsionalistlar]] tomonidan tuzilgan [[Konnektikut]] (1639) kabilarni misol keltirish mumkin, [[Rod-Aylend]] (1636) esa diniy bagʻrikenglik eʼlon qilingan Amerikadagi birinchi koloniya boʻldi. 1663-yilda [[Karolina]] tuzildi. 1664-yilda Angliya [[Ikkinchi anglo-golland urushi]] natijasida [[Surinam]]ni [[Yangi Amsterdam]]ga (keyinchalik nomi [[Nyu York]]ga oʻzgartirilgan) almashtiradi. 1681-yilda [[William Penn]] [[Pennsylvania]] koloniyasiga asos soladi.
Строка 114:
=== Gollandiya bilan Osiyodagi raqobat ===
 
[[TasvirImage:Fort St. George, Chennai.jpg|thumb|right|200px|Boʻlajak [[Madras]] shahri hisoblanmish Avliyo Georg forti, 1639-yil]]
 
XVI-asr oxirida [[Angliya]] va [[Gollandiya]] mos ravishda 1600- va 1602-yillarda tuzilgan [[Britan Ost Indiya kompaniyasi|Ingliz]] va [[Golland Ost Indiya kompaniyasi|Golland]] kompaniyalarning Osiyaga ekspeditsiyalarini pul bilan taminlash maqsadida hususiy [[Aksionerlik jamiyati|aksionerlik jamiyatlarini]] tuzishni boshlashdi. Oʻsha paytlarda [[Osiyo]] bilan savdo qilishda [[Portugaliya]] yakka hokim edi. Inglizlar va gollandlarning maqsadi foydali boʻlgan ziravorlar bilan savdoni egallash edi. Asosiy ziravorlar chiqariladigan nuqtalar [[Indoneziya]] [[arxipelag]]i va [[Hindiston]] edi. [[Shimoliy dengiz]] orqali oʻtadigan [[London]] va [[Amsterdam]] oʻrtasidagi tor aloqalar ikki kompaniya oʻrtasidagi muammolarni yuzaga keltirdi. Natijada Gollandiya Indoneziyadagi [[Molukk orollari]]da, Angliya esa Hindistondagi [[Surat]]da oʻrnashib oldi. Angliya Gollandiyani keyinchalik oʻz soyasida qoldirishiga qaramasdan oʻsha paytlarda rivojlangan iqtisodiy tizimga ega va [[anglo-golland urushlari]]da gʻalabaga erishgan Gollandiya XVII asr davomida Osiyoda katta hududlarni egalladi. Angliya va Gollandiya oʻrtasidagi dushmanlik 1688-yildagi [[Shonli inqilob]] natijasida ingliz taxtiga niderland [[shtatgalter]]i [[Vilgelm III Oran|Vilgelm Oran]] oʻtirishidan soʻng toʻxtadi. Ikki millat oʻrtasidagi kelishuvga koʻra arxipelagdagi ziravorlar sanoati Gollandiyaga, Hindistondagi tikuvchilik sanoati Angliyaga tegdi. Angliya baribir tikuvchilikdagi foyda boʻyicha ziravorlar savdosidan oʻtib ketdi, ingliz kompaniyasi esa golland kompaniyasini ortda qoldirdi<ref name="nferguson"/>. Hindistonda ingliz Ost Indiya kompaniyasi oʻz eʼtiborini Suratdan [[Madras]], [[Mumbay]] va [[Kalkutta]]ga qaratdi.
Строка 120:
=== Fransiya bilan dunyo miqyosidagi kurash ===
 
[[TasvirImage:British colonies 1763-76 shepherd1923.PNG|thumb|left|1763-1776-yillarda ingliz Amerikasi]]
 
Angliya va Gollandiya oʻrtasida 1688-yilda tuzilgan tinchlik bitimiga koʻra bu ikki davlat [[Yevropa]] va koloniyalarda [[Fransiya]]-[[Ispaniya]] ittifoqiga qarshi [[Augsburg ligasi urushi|Toʻqqiz yillik urushga]] ittifoqchilar sifatida kirishdi. Lekin urushdan Angliya gʻolib, Gollandiya magʻlub boʻlib chiqdi. Sababi, Gollandiya koʻp pul talab etadigan quruqlikdagi urushda qatnashishga majbur boʻldi. XVIII asrda Angliya (1707-yildan soʻng Britaniya) dunyodagi eng kuchli kolonial davlatga aylanadi, Fransiya esa uning asosiy raqibi sifatida eʼtirof etiladigan boʻldi.
Строка 132:
=== Oʻn uch amerika koloniyalarining yoʻqotilishi ===
{{main|AQSh mustaqillik urushi}}
[[TasvirImage:Treaty of Paris by Benjamin West 1783.jpg|thumb| „Parij shartnomasi“, Benjamin Uest (1783). Rasmda (chapdan oʻngga): [[Jon Jey]], [[Jon Adams (prezident)|Jon Adams]], [[Benjamin Franklin]], [[Genri Lorens]] i [[Uilyam Templ Franklin]]. Britan rasmiylari rasmda tasvirlanishni xohlashmaganliklari sababli rasm ohiriga yetkazilmagan.]]
1760- va 1770-yillarda metropoliya va oʻn uch koloniyalar orasida munosabatlar keskin sovuqlashdi. Kolonistlarning noroziligiga sabab britan parlamentining ularning roziliklarini olmasdan turib kolonistlarni yangi soliqqa tortishga harakatlari boʻldi. Lekin asosiy sabab butun Shimoliy Amerikada Britaniya Imperiyasi hokimligining oʻrnatilishi edi. Bir tomondan barcha qurol va mehnat qurollarini avval fransuzlardan sotib olishga oʻrganib qolgan hindular inglizlar bilan savdo qilishga majbur boʻlishdi. Inglizlar esa hindularga ishonmaganliklari sababli hindularga qurol sotilishini taqiqlab qoʻyishdi, bu oʻz navbatida [[Pontiaklar qoʻzgʻoloni|hindular qoʻzgʻoloniga]] olib keldi. Hindularni tinchlantirish maqsadida britan hukumati kolonistlarga fransuzlardan tortib olingan yerlarga koʻchib borishni taqiqlab qoʻyishdi. Endi noroziliklar navbati fermerlar va mulkdorlarga keldi. Buning ustiga, inglizlar Fransiya bilan urushdan va hindular qoʻzgʻolonidan soʻng koloniyalarda katta miqdorda askarlar saqlashga majbur boʻldi. Bu askarlarni boqish uchun esa koloniyadagilar yangi soliqlarga tortildilar. Urushdan soʻng kerak boʻlmay qolgan (fransuz xavfi butunlay yoʻq qilinganligi sababli) askarlarga kolonistlar zor emasdilar. Shu sababli kolonistlar yangi soliqlar va britan askarlari savdo-sotiqqa xalaqit qila boshlaganliklari sababli qoʻzgʻolon koʻtarishdi.
 
Строка 143:
=== Ost Indiya kompaniyasining Hindistonda hukmronligi ===
{{main|Britan Ost Indiya kompaniyasi}}
[[TasvirImage:Clive.jpg|thumb|[[Robert Klayv]]ning [[Plessi jangi]]da gʻalabasi Ost Indiya kompaniyasini savdo imperiyasidan yetakchi harbiy kuchga aylantirdi. 1760-yil]]
Oʻz faoliyatining birinchi yuz yilligida [[Britan Ost Indiya kompaniyasi]] oʻz eʼtiborini [[Hindiston sub-qitʼasi]]dagi savdo operatsiyalariga qaratgan. U 1617-yilda oʻz savdo huquqlarini olgan [[Boburshoxlar]] imperiyasiga qarshi chiqishni oʻylab ham koʻrmagan. Ammo XVIII asrga kelib Boburshoxlar imperiyasi qulashni boshlagan, kompaniya esa oʻz raqobatchisi [[Fransuz Ost Indiya kompaniyasi]]ga qarshi kurashga kirgan. 1757-yilda [[Plessi jangi]]da [[Robert Klayv]] boshchiligi ostidagi britanlar fransuzlar va ularning hind ittifoqchilarini magʻlub etishdi. Inglizlar [[Bengaliya]]ni oʻz qoʻllariga olishdi va Hindistondagi yetakchi siyosiy kuchga aylanishdi.
 
Строка 149:
 
Boburshoxlar imperiyasining markazlashgan hukumatining inqirozi Hindistonning [[Hind mahalliy knyazliklarining roʻyxati|bir necha yuzlab mustaqil knyazliklarga]] boʻlinib ketishiga sababchi boʻldi, bu esa oʻz navbatida britan istilosini osonlashtirdi. Kompaniya atigi ikki marta jiddiy qurolli qarshilikka uchradi: birinchi marta — [[Marathlar davlati|marathlar ittifoqi]] tomonidan, ikkinchi marta — [[Sikx davlati]] tomonidan. Marathlarga qarshi britanlar [[Ingliz-marath urushlari|uch ingliz-marath urushlari]] olib borishdi. Bu urushlarda britanlar oʻz ulushlarini kutgan marathlar qoʻshnilari bilan ittifoq tuzishgan. Sikxlar bilan birinchi toʻqnashuv britanlar uchun juda omadsiz kechgan. Ammo 1839-yildan [[Sikxlar davlati]]da ichki nizolar boshlanib, davlat inqirozga yuz tutdi. Mana shunda britanlar sikxlarni [[Ikkinchi ingliz-sikx urushi]]da magʻlub etishdi.
[[TasvirImage:British Empire.jpg|thumb|left|250px|Hindistondagi Britan ofitseri]]
 
1857-yilda butun Hindiston Ost Indiya kompaniyasi qoʻl ostiga oʻtdi. Lekin shu yilda [[sipohiylar qoʻzgʻoloni]] yuzaga keldi. Bu kompaniyaning Hindistondagi boshqaruviga chek qoʻydi. Uning oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri taxt hukumati oʻrnatildi.
Строка 164:
 
=== Napoleon Fransiyasi bilan urushlar ===
[[TasvirImage:Sadler, Battle of Waterloo.jpg|thumb| [[Vaterloo jangi]]]]
Britaniya Fransiya hukumati tepasiga Napoleon Bonapart kelgach yana Fransiya bilan toʻqnashdi. U Britaniyaga bostirib kirish rejalari bilan faqat dengizorti koloniyalarigagina emas, balki Britaniyaning oʻziga xavf sola boshlagan. Napoleon urushlaridagi gʻalaba Britaniya Imperiyasidan ulkan resurslar va harakatlarni talab etgan. Fransuz portlari britan floti tomonidan toʻsilgan. 1805-yilda [[Trafalgar]] yonidagi [[Trafalgar jangi|dengiz jangida]] muhim gʻalabaga erishilgan. Inglizlar ham fransuz koloniyalariga va 1810yilda Napoleon tomonidan egallangan Gollandiyaga hujum qilishgan.
 
Строка 170:
 
=== Qulchilikning bekor etilishi ===
[[TasvirImage:Buxton Memorial 50577.jpg|thumb|150px|left|Bakston yodgorligi ({{lang-en|Buxton Memorial Fountain}}), London. 1865-yilda Britan Imperiyasida qulchilik bekor etilishi sharafiga oʻrnatilgan.]]
XIX asr boshiga kelib [[abolitsionistlar]] tomonidan bosimning kuchayishi 1807-yilda „[[Qul savdosiga qarshi akt]]“ning imzolanishiga olib keldi. [[Vest-Indiya]]da qullarning bozor narxi 80 funt boʻlgan bir paytda kemasida qullar topilgan kema kapitanlari har bir topilgan qul uchun 100 funtdan jarima toʻlashlari kerak boʻlgan. 1808-yilda [[Serra Leone]] ozod etilgan qullarning britan koloniyasi deb eʼlon qilingan.
 
Строка 177:
== 1815-1914-yillardagi imperiya yuz yilligi ==
 
[[TasvirImage:British Empire 1897.jpg|thumb|300px|right|1897-yilda Britaniya Imperiyasi. Pushti rang oʻsha payt xaritalaridagi britan koloniyalarining odatiy rangi boʻlgan.]]
1815-1914-yillar davomida Britaniya Imperiyasi hududi 25 899 891&nbsp;km²ga, aholi soni 400 mln. kishiga yetdi. Napoleon magʻlub etilgach inglizlarga global masshtabda qarshilik qiladigan raqib qolmadi. Faqatgina mahalliy darajada Britaniya Rossiya bilan Osiyoda, fransuzlar va keyinroq nemislar bilan Afrikada, amerikaliklar bilan Lotin Amerikasida qarshi kelishi mumkin edi. Shuningdek, Britaniya Imperiyasi dunyoning yetakchi dengiz davlatiga aylandi.
 
Строка 186:
 
Imperiya siyosatining Osiyodagi asosiy maqsadi eng qimmatli va Osiyoning boshqa hududlariga kalit hisoblanuvchi Hindistonni qoʻl ostida ushlash va Hindistondagi hududlarni kengaytirish edi. XIX asrning birinchi yarmida ekspansiyaning asosiy quroli Ost Indiya kompaniyasi edi. U oʻz askarlarini qirollik floti bilan birinchi marta Yetti yillik urushda birlashtirdi, shundan soʻng uning qurolli kuchlari Hindistondan tashqaridagi koʻplab urushlarda qatnashdi: Napoleonga qarshi Misrda (1799-yil), Gollandiyadan Yava tortib olinganda (1811-yil), [[Singapur]]ning (1819-yil) va [[Malakka]]ning (1824-yil) egallanishida, Birmaning egallanishida (1826-yil).
[[TasvirImage:Victoria Disraeli cartoon.jpg|right|thumb|upright| „Qarilarga yangi toj“. 1876-yilning siyosiy karikaturasi, [[Benjamin Dizraeli|Dizraeli]] qirolicha Viktoriyaga Hindiston tojini taqdim etmoqda.]]
 
1839-yilda Kantondagi Xitoy rasmiylari 20 ming quti opiumni musodara qilishdi. Bunga javoban Buyuk Britaniya [[birinchi opium urushi]]ni boshladi. Urush natijasida inglizlar oʻsha paytda rivojlanmagan [[Gonkong]]ni egallashdi, Xitoyda narkomanizm esa juda yuqori choʻqqilarga yetdi.
Строка 209:
Britaniyaga Napoleon urushlaridan soʻng oʻtgan [[Kap koloniyasi]]ga 1652-yilda Afrikaning janubida metropoliya va Osiyodagi koloniyalar oʻrtasidagi toʻxtash nuqtasi sifatida [[Golland Ost Indiya kompaniya]]si tomonidan asos solingan edi. 1820-yildan boshlab bu yerga inglizlar oqimi kuchaydi. 1830-yillar oxiri 1840-yillar boshidagi buyuk koʻchish davomida minglab burlab koloniyalarni tark etib shimolga ketib, u yerda oʻzlarining respublikalari: [[Transvaal]] (1852-1877, 1881-1902- yily) va [[Ozod Oranj davlati]]ni (1854-1902) tuzishdi. Ular ham britanlar, ham soto va zulu kabi Afrika qabilalari bilan dushman boʻlishgan. [[Ikkinchi ingliz-bur urushi]] (1899-1902-yillar) natijasida bur respublikalari Britaniya Imperiyasiga qoʻshib olindi.
 
[[TasvirImage:Punch Rhodes Colossus.png|thumb|''Rodoslik Koloss'' ([[Rodoslik Koloss]]) singari]]) — [[Sesil Rods]] [[Kap koloniyasi]]dan [[Qohira]]gacha boʻlgan masofani egallab turibdi]]
1869-yilda [[Napoleon III]] [[Oʻrtayer dengizi]] va [[Qizil dengiz]]ni birlashtiruvchi [[Suvaysh kanali]]ni ochdi. 1875-yilda Benjamin Dizraeli boshchiligidagi britan hukumati Misr hukmdori [[Ismoil Poshsho]]dan kanalning 44 % aksiyalarini 4 mln. funtga sotib oldi. Boshida kanal ustidan qoʻshma ingliz-fransuz boshqaruvi oʻrnatilgandi, 1882-yilda esa kanal hududi britan askarlari tomonidan egallandi. Suvaysh kanali ustidan ingliz-fransuz munozarasi 1902-yilda uning neytral hudud deb eʼlon qilinishi bilan tugadi, lekin de-fakto kanal 1954-yilgacha britan askarlari boshqaruvi ostida qoldi.
 
Строка 224:
1914-yilda ikki Yevropa davlatlari bloklari oʻrtasida urush boshlandi. Urushda britan koloniyalari va dominionlari Britaniya Imperiyasiga katta yordam berdi. 2,5 mln.dan ortiq askarlar dominionlar armiyalarida xizmat qildi va koloniyalardagi minglab koʻngillilar britan armiyasiga safarbar etildi. Afrika koʻplab nemis koloniyalari britan askarlari tomonidan bosib olingan bir paytda Tinch okeanida Avstraliya va Yangi Zelandiya mos ravishda nemis Yangi Gvineyasi va Samoani bosib oldi.
 
[[TasvirImage:Austro-Hungarian_fleet_on_maneuvers.jpg|200px|left|thumb|[[Grand Fleet|Ulkan flot]] [[Yutland jangi]] tomon yoʻl olyapti, 1916-yil]]
 
Avstraliya va Yangi Zelandiya askarlarining 1915-yilda [[Dardanell operatsiyasi|Gallipoli kampaniyasidagi]] hissalari bu davlatlarda milliy oʻzlikning paydo boʻlishiga ulkan taʼsir koʻrsatdi. Xuddi shu xolat Kanadada [[Vimi jangi]]dan soʻng roʻy berdi. Dominionlarning gʻalabadagi hissalari britan bosh vaziri [[Devid Lloyd Jorj|Lloyd Jorj]] tomonidan tan olindi. U 1917-yilda barcha dominionlarning bosh vazirlarini imperiya harbiy qoʻmitasiga qoʻshilishga chaqirdi<ref name="tolloyd">Trevor Owen Lloyd. [http://www.amazon.com/British-Empire-1558-1995-Oxford-History/dp/0198731337 The British Empire 1558-1995]</ref>.
Строка 236:
Irlandiyaga mustaqil boshqaruv taqdim etilishining kechiktirilishi sababli [[Shinn Feyn]] boshchiligidagi mustaqillik tarafdorlari partiyasi sezilarli tarzda kuchaydi. 1918-yildagi parlament saylovlarida u Irlandiyadan koʻp oʻrin oldi, 1919-yilda Dublinda Irland assambleyasini tuzib, mustaqilligini eʼlon qildi. [[Irland Respublikasi armiyasi]] [[Irlandiyaning mustaqilli uchun urushi|britan boshqaruviga qarshi partizan urushini]] boshladi. Ingliz-irland urushi 1921-yilda ingliz-irland bitimining imzolanishi bilan yakunlandi. Bitimga koʻra imperiya tarkibidagi dominion sifatida [[Irland Ozod davlati]] tuzildi.
 
[[TasvirImage:ImperialConference.jpg|thumb|left|Qirol Georg V Britaniya va dominionlar bosh vazirlari bilan 1926-yilgi Imperiya konferensiyasida.]]
 
32 irland grafliklaridan 6tasidan iborat [[Shimoliy Irlandiya]] hozirga qadar „[[1922-yilgi Irland hukumati toʻgʻrisidagi akt]]“ga koʻra Birlashgan Qirollik tarkibiga kiradi.
Строка 248:
Metropoliyaga urush eʼlon qilinishi yana avtomatik tarzda uning [[koloniya]]lariga oʻz taʼsirini koʻrsatdi, shu jumladan Hindistonga ham. Lekin bu safar dominionlarda urushga kirishdan bosh tortish huquqi bor edi. Ular ichida Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Afrika baribir urushga qoʻshilishdi. Irlandiya esa urushga qoʻshilmay butun [[II Jahon Urushi]] davomida betaraflikni saqladi.
 
[[TasvirImage:He's coming South.jpg|thumb|150px|Avstraliya yapon bosqinini kutmoqda]]
 
1940-yilda [[Fransuz kampaniyasi|Fransiya qulagach]] Imperiya 1941-yilda urushga [[Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi|SSSR]] qoʻshilguncha Germaniya va uning ittifoqchilariga qarshi bir oʻzi qolib ketdi. Britan bosh vaziri [[Uinston Cherchill]] amerika prezidenti [[Franklin Ruzvelt]]dan faol tarzda [[harbiy yordam]] soʻragan. 1941-yilda ikki davlat Atlantika xartiyasini imzolashdi. Bu xartiya barcha koloniyalarga ozodlik berdi.
Строка 262:
=== Mustaqillikning boshlanishi ===
 
[[TasvirImage:Jinnah Gandhi.jpg|thumb|150px|Hindistonning mustaqillik uchun urushi davomidagi induistlar va musulmonlar yetakchilari [[Mahatma Gandi]] va [[Muhammad Ali Jinna]]]]
 
1945-yildagi parlament saylovlarida dekolonizatsiya tarafdorlari boʻlgan [[Leyboristlar partiyasi (Buyuk Britaniya)|Leyboristlar partiyasi]] gʻolib boʻldi. [[Klement Ettli]] boshchiligidagi Leyboristlar partiyasi imperiyaning eng ogʻriqli muammosi — Hindiston mustaqilliga oʻz eʼtiborini qaratdi. Bu koloniyada ikki yetakchi kuch boʻlmish [[Hindiston milliy kongressi]] va [[Musulmonlat ligasi]] oʻrtasida kelishmovchiliklar oʻsib borayotgandi. Bu ikki pertiya ham mustaqillikni xohlardi. Kongress unitar davlat tuzish taklifi bilan chiqdi. Bu davlatda musulmonlar kamchilik boʻlishidan xavfsiragan Liga musulmonlar koʻpchilik boʻlgan regionlarda islom davlatini tuzishni taklif qildi. Koʻpayib borayotgan tartibsizliklar va Qirollik Hind floti qoʻzgʻoloni 1946-yilda bosh vazirni Hindistonga eng uzogʻi bilan 1948-yilda mustaqillik berishni vada berishga majbur qildi.
 
Vaziyatning favquloddaligi va fuqarolik urushi xavfi soʻnggi Hindiston vitse-qiroli lord Mauntbettenni 1947-yilda 15-avgustda Hindistonni boʻlish va mustaqillik berishga majbur qildi. Britanlar yangi tuzilgan Hindiston va Pokiston davlatlarida oʻnlab mln. kishini kamchilik sifatida qoldirib, indusit va islom regionlari oʻrtasida chegara oʻtkazishdi. Millionlab odamlar ikkala yoʻnalishda chegarlarni kesib oʻtishdi, yuz minglab insonlar esa ikki din vakillari oʻrtasidagi zoʻravonliklar qurboni boʻlishdi. Aholisining katta qismi musulmon boʻlishiga qaramay Hindistonga berilgan Jammu va Kashmir haligacha ikki davlat munosabatlarini buzuvchi [[Kashmir muammosi|muammo]] sanaladi.
[[TasvirImage:British Empire 1921 IndianSubcontinent.png|thumb|left|300 px|Britaniya Imperiyasi 1921-yilda]]
 
19480yilda Birma va Seylon (Shri-Lanka) mustaqillikga erishishdi. Hindiston, Pokiston, va Seylon Hamdoʻstlikka qoʻshilishdi, Birma esa qoʻshilishni istamadi.
Строка 279:
1951-yilda Buyuk Britaniyada hukumat tepasiga Cherchill boshchiligidagi [[Konservativlar partiyasi (Buyuk Britaniya)|Konservativlar partiyasi]] keldi. Konservatorlar Hindiston yoʻqotilishiga qaramay Suvaysh kanaliga tayanib, Yaqin Sharqdagi hukmronlikni saqlash orqali Britaniyani dunyoviy davlat sifatida saqlab qolish mumkinligiga ishonishardi. Lekin ular 1951-yilda Misrda [[Misrdagi iyul inqilobi|hukumat tepasiga kelgan]] [[Komil Abdul Nosir]]ni eʼtiborga olmasdan qoʻyolmasdilar. 1952-yilda britan askarlarini Suvaysh kanali hududidan olib chiqib ketib, 1955-yilda Sudan mustaqilligini tan olish toʻgrisidagi bitim imzolandi.
 
[[TasvirImage:Eden, Anthony.jpg|thumb|upright|left| Buyuk Britaniya bosh vaziri [[Entoni Iden]]]]
1956-yilda prezident Nosir Suvaysh kanalini milliylashtirdi. Bunga javoban britan bosh vaziri [[Entoni Iden]] [[Isroil]]ning Misrga hujumiga vaqtida urushga qoʻshilib, Suvaysh kanalini egallash toʻgʻrisida maxfiy bitim imzoladi. Ammo u AQSh munosabatini hisobga olmagandi. Amerika prezidenti [[Duayt Devid Eyzenhauer|Eyzenhauer]] opertasiyani qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortdi. [[AQSh]] Nikita Xrushyov urushda Misr tarafini olishga vada bergandan soʻng SSSR keng miqyosdagi urush boshlanishidan qoʻrqdi. Inglizlar toʻxtatish uchun amerikaliklar oʻzlarining britan funtidagi rezervlarini sotish orqali ingliz valyutasini sindirishlarini aytishdi. Natijada, urush xarakatlari omadli boʻlib, kanal egallanganligiga qaramasdan, xalqaro bosim Britaniyani oʻz askarlarini olib chiqib ketishga majbur etdi.
 
Строка 289:
 
=== Oʻzgarishlar shamoli ===
[[TasvirImage:British Decolonisation in Africa.png|right|thumb|Afrikadagi dekolonizatsiya. 1960-yillar ohiriga kelib Rodeziya (boʻlajak Zimbabve) va Janubi-Gʻarbiy Afrikadan (hozirgi Namibiya) tashqari barcha britan koloniyalariga mustaqillikka erishishdi.]]
1960-yilda [[Buyuk Britaniya bosh vaziri]] [[Garold Makmillan]] [[Keyptaun]]da nutq soʻzladi. Oʻz nutqida u ''"bu qitʼada oʻzgarishlar shamoli esayotganligi"'' toʻgrisida aytdi. Makmillan fransuzlar [[Aljirning mustaqillik uchun urushi|Aljirda olib borayotganga]] oʻxshagan kolonial urushlarni xohlamaganligi uchun dekolonizatsiya gʻoyasini qoʻllab-quvvatlagan. 1950-yillarda faqatgina uch koloniya — [[Sudan]], [[Gana]] va [[Malayya]] mustaqillikka erishgan boʻlsa, 1968-yilga Janubiy Rodeziyadan boshqa Afrikadagi barcha britan koloniyalari mustaqillikka erishdi. Hududdan ingliz askarlarining chiqib ketishi oq tanli aholi uchun katta muammolarni keltirib chiqardi, ayniqsa, Rodeziyada. 1965-yilda oq tanli aholi yetakchisi bosh vazir [[Yan Smit]] bir tomonlama Rodeziyaning Britaniya Imperiyasidan ajralib chiqqani toʻgʻrisida eʼlon qildi. Davlatda oqlar va qoralar 1979-yilgacha davom etgan oʻrtasidagi [[Janubiy Rodeziyadagi urush|fuqarolik urushi]] boshlandi. Urush davlatda britan kuzatuvi ostidagi saylovlar oʻtkazilgunga qadar, britan kolonial hukumati qoʻl ostiga oʻtgandagina tugadi. Saylovlarda yangi tuzilgan [[Zimbabve]] davlatining [[Zimbabve bosh vaziri|bosh vaziriga]] aylangan [[Robert Mugabe]] yutib chiqdi.
 
Строка 307:
 
== Britaniya Imperiyasidan qolgan natijalar ==
[[TasvirImage:Location of the BOTs-ru.svg|left|thumb|[[Britan dengizorti hududlari]]]]
Hozirig kunda Birlashgan Qirollik [[Britan orollari]]dan tashqari [[Britan dengizorit hududlari|14 hudud]] ustidan suverenitetga ega. 2002-yilda ular Britan dengizorit hududlari nomiga ega boʻlishdi. Bu hududlarning baʼzilarida odam yashamaydi (vaqtinchalik harbiy va ilmiy insonlardan tashqari). Boshqalari turli darajadagi oʻz boshqaruviga ega va Buyuk Britaniyaga xalqaro aloqalar va himoya boʻyicha qaram.
 
Строка 419:
{{H va X}}
 
{{OʻzMEЎзМЭ}}
 
[[Category:Imperiyalar]]