Bugi tili

Материал из УзЭнц
Bugi tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Bugi tili — bugilar tili. Sulavesi o.ning jan.gʻarbida, bundan tashqari Indoneziyaning asosan bugilar istiqomat qiladigan boshqa hududlarida tarqalgan. Bugi tili da soʻzlovchilar umumiy soni taxminan 4 mln.ga yaqin. Bugi tili makkasara tili va Sulavesi o. markaziy qismidagi dialektlar bilan indonez tillari guruhiga kiradi. 17-asrgacha boʻlgan Bugi tili dagi yozuv yodgorliklari maʼlum emas. Hozirgi yozuvi lotin alifbosida.

Bugi tili dagi adabiyot 17—19-asrlarda Indoneziyadagi eng boy adabiyot hisoblanadi. Shu davrlarda bu tilda koʻpgina doston (mas, "La Taligo" va boshqalar), tarixiy hikoyalar va poemalar, knyazliklar tarixi, huquqiy, liniy asarlar yuzaga kelgan. Xalq ogʻzaki ijodi ham rangbarang . Bugi tili kam oʻrganilgan. Asosiy tadqiqot ishlari 19-asr 60—80- yillarida olib borilgan, asosan, gollandiyalik muhojir B. F. Mattesu tomonidan oʻrganilgan.

Adabiyotlar[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil