Burkina Faso

Материал из УзЭнц
Burkina Faso'
Burkina Faso davlat bayrogʻi   Burkina Faso davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Unité, Progrès, Justice
(Fransuzcha: Ittifoq, Taraqqiyot, Adolat)
Madhiya: Une Seule Nuit
Burkina Faso Xaritasi
Burkina Faso Xaritasi
Poytaxt Uagadugu
Rasmiy til(lar) Fransuz tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
 • Prezident Roch Marc Christian Kaboré
 • Bosh Vazir Paul Kaba Thieba
Mustaqillik   Fransiyadan
 • Sana 5 avgust 1960
Maydon  
 • Butun 274,200 -{km²}- (73-)
 • Suv (%) 0.146
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 13,925,313 (63- oʻrin)
 • Zichlik 50 kishi/-{km²}-
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$16,830 mil. (119-)
 • Jon boshiga AQSh$1,209
Pul birligi CFA Franc (XOF)
Vaqt Mintaqasi (-{UTC}-+0)
 • Yoz (-{DST}-) (-{UTC}-+0)
Qisqartma -{UV}-
Internet domen -{.bf}-
Telefon prefiksi +226

Burkina Faso (Bourkina Faso) (1984 yil avg .gacha Yuqori Volta Respublikasi) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. BMT aʼzosi. Mayd. 274,2 ming km2. Aholisi 10,4 mln. kishi (1990-yillar oxiri). Poytaxti Uagadugu shahri. Maʼmuriy jihatdan 45 viloyatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Amaldagi konstitutsiya 1991-yil 2-iyundagi referendumda maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 yil muddatga saylanadi va cheklanmagan miqdorda qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Milliy assambleya. Ijrochi hokimiyat — prezident va u tomonidan tayinlanadigan bosh vazir boshchiligidagi hukumat.

Tabiati. Yer yuzasi qiradirlardan iborat 200–500 m gacha balandlikdagi plato. Jan.gʻarbidagi togʻlar 750 m gacha boradi. Iqlimi — subekvatorialmusson, shim. hududlarida quruq mavsum 8—10 oy davom etadi. Oʻrtacha oylik tra 2426° dan 30—35° gacha. Yiliga 500–1000 mm gacha yogin yogadi. Asosiy daryolari — Qora Volta va Oq Volta. Tuproqlari qizil va qizilqoʻngʻir, laterit tuproqlar. Oʻsimliklari savannaga xos, ayrim joylarida oʻrmon va butazorlar uchraydi. Hududining 9% oʻrmon. Savannalarda arslon, qoplon, fil, buyvol, kiyik kabi hayvonlar saqdanib qolgan. Jan.da sese pashshasi tarqalgan. Milliy bogʻlar va qoʻriqxonalar, jumladan mamlakat sharqida DublBe, Kurtyagu, Arli milliy bogʻlari bor.

Aholisining asosiy qismi (50%) mosilar; lobi, fulbe, bobo va b. xalqlar ham yashaydi. Aholining 50%dan koʻprogʻi mahalliy anʼanaviy dinlarga, 40% musulmon diniga eʼtiqod qiladi; qolganlari xristianlar. Shahar aholisi 9%ni tashkil etadi. Rasmiy tili — fransuz tili.

Tarixi[править | править код]

Arxeologiya topilmalariga Karaganda, Burkina-Fasoda neolit davrida odamlar yashagan. Shim.gʻarbda qad. istehkomlar va quduqlar, Yatenga atrofida ovchilar va yovvoyi jonivorlar tasvirlangan qoya rasmlari topilgan. 11-a.da B.F. hududida mosilar davlati tarkib topa boshladi. 14-a.da Uagadugu, Yatenga va b. davlatlar boʻlgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida fransuz mustamlakachilari tomonidan bosib olindi. 1904-yil B.F. Fransiyaning Yuqori SenegalNiger mustamlakasi tarkibiga qoʻshib olindi. 1919 yil Fransiya Gʻarbiy Afrikasi tarkibida alohida maʼmuriy birlik qilib ajratildi, lekin 1932 yil Fransiya B.F. hududini Fil Suyagi Qirgʻogʻi, Niger va Fransiya Sudani mustamlakalari oʻrtasida boʻlib yubordi. 1947-yil B.F. avvalgi chegaralarda Fransiyaning "dengiz ortidagi hududi" sifatida tiklandi, 1958 yil dekabrda B.F. davlat makrmini oldi va Fransiya Hamdoʻstligi tarkibida muxtor respublika deb eʼlon qilindi. 1960 yil 5 avg .da mustaqillikka erishdi. 1984 i. 4 avg .dan B.F. deb atala boshladi. M. Yameogo Yuqori Volta Respublikasi (hoz. BurkinaFaso)ning birinchi prezidentidir. 1983 yilgacha bir necha marta davlat toʻntarishi boʻldi. 1983 yil 4 avg .da hokimiyat"tepasiga T. Sankara boshchiligidagi Milliy inqilob kengashi keldi. 1987 yilda esa B.F.da navbatdagi davlat toʻntarishi boʻlib, kapitan Blez Kompaore boshchiligidagi Xalq fronti hokimiyatni qoʻlga oldi. B. Kompaore—1991 i. 1 dekabrdan mamlakat prezidenti. 1991-yil mamlakatda koʻp partiyali tizim joriy etildi. B.F.—1960 yildan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetami 1992-yil 25-yanvarda tan olgan. Milliy bayrami — 4 avg .— Inqilob kuni (1983).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Demokratiya va federatsiya uchun alyans, 1990 yilda tuzilgan partiya; Afrika demokratik birlashmasi partiyasi; Demokratiya va taraqqiyot kongressi partiyasi, 1996 yilda tuzilgan; Ilgor vatanparvarlar milliy konventi — Sotsialdemokratik partiya, 1991 yil tuzilgan; Demokratiya va taraqqiyot partiyasi, 1993 yilda tuzilgan; Xalq fronti, turli siyosiy va ijtimoiy tashkilotlar uyushmasi, 1987 yilda tuzilgan. B.F. bosh mehnat konfederatsiyasi, 1988 yilda tuzilgan; B.F. mehnatkashlari kasaba birlashmasi, 1958 yilda tashkil etilgan.

Xujaligi[править | править код]

B.F. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q. x.ning ulushi 40%, sanoatning ulushi —14%. Ekin maydonining 75%ga gʻalla ekiladi. Q. x.ning asosiy mahsulotlari: paxta, yer yongʻoq, moyli palma, shakarqamish, sholi, batat, loviya. Dare baliqchiligi bilan shugullaniladi. Yaylov chorvachiligi ustun. 4 mln.ga yaqin qoramol bor. Yiliga 68 ming t goʻsht yetishtiriladi. 100 ga yaqin korxona, jumladan yogoch tilish, paxta tozalash, toʻqimachilik, yogʻsovun, charmpoyabzal, sholi oklash korxonalari, kushxonalar bor. Simob, oltin, marganes, nikel, marmar qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 157 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Chetga qoramol, chorvachilik mahsulotlari, paxta, yer yongʻoq, sabzavot, kunjut urugi sotadi. Chetdan mashina va asbobuskunalar, oziq-ovqat, neft maqsulotlari oladi. Avtomobil yoʻllarining uz. 4,6 ming km, t. yil uzunligi — 1155 km. Tashqi savdo-sotiqdagi mijozlari: Fransiya. Kotd’Ivuar; Germaniya, Kanada, AQSH, Niderlandiya bilan ham yaqin aloqa bogʻlagan. Xalqaro aeroportlari: Uagadugu, BoboDiulaso. Pul birligi — Afrika franki.

Tibbiy xizmati. B.F.da davlatning 9 shifoxonasi va 400 dan ortiq boshqa tibbiy muassasalar bor. 3,6 mingoʻrinli shifoxonalarda 150 shifokor, 800 dan ortiq hamshira va akusher ishlaydi.

Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari[править | править код]

Mustaqillik eʼlon qilinguncha (1960) aholi savodsiz edi. Istiqlol sharofati bilan maorifni rivojlantirish rejasi qabul etildi. Qishloqlarda 3 yillik taʼlim markazlari ochildi, majburiy bepul boshlangʻich taʼlim yoʻlga qoʻyildi. B.F.da davlat maktablari bilan bir qatorda pulli xususiy maktablar ham bor. 6 yoshdan boshlab bolalar uchun 6 yillik boshlangʻich, qishloq joylarda 3 yillik toʻliqsiz boshlangʻich maktablar mavjud. Toʻliqsiz oʻrta maktab (kollej) 4 yillik, toʻliq oʻrta maktab (litsey) 7 yillik. Boshlangʻich maktab negizida 4 yillik quyi hunartexnika taʼlimi, 7 yillik oʻrta texnika taʼlimi yoʻlga qoʻyilgan. Boshlangʻich maktablar uchun oʻqituvchilar ped. bilim yurtlarida 3 yil davomida, oʻrta maktablar uchun oʻqituvchilar untda tayyorlanadi. B.F.da Uagadugu universiteti (1969 yilda Oliy taʼlim markazi sifatida tashkil etilgan, 1974 yildan unt maqomini olgan), Kino va telekoʻrsatuv oʻquv instituti bor. Mamlakatdagi yirik ilmiy muassasalar: Ilmiy tadqiqot markazi, Tropik q. x. inti, Ilmiytexnika tadqiqotlari byurosi, konchilikgeol. direkiiyasi, Tropik oʻrmon texnika markazi (1963), Milliy ped. instituti, Paxta va toʻqimachilik inti, Iqtisodiy va ijtimoiy fanlar markazi va b. Unt huzuridagi kutubxona, Milliy ped. institutining kutubxonasi, Ilmiy tadqiqotlar markazi huzuridagi kutubxona, Konchilikgeol. direksiyasining kutubxonasi mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi[править | править код]

B.F.dagi yirik gaz. va jur. lar: "Sidvaya" ("Haqiqat", fransuz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1984 yildan), "Byulten de lajans denformason dyu Burkina" ("Burkina axborot agentligining byulleteni", fransuz tilida chiqadigan haftalik jur.), "Jurnal dyu jyodi" ("Payshanbalik gazeta", fransuz tilidagi haftalik gaz., 1991 yildan), "Maten" ("Tong", fransuz tilidagi haftanoma, 1992 yildan), "Pen" ("Mamlakat", fransuz tilidagi kundalik gaz., 1991 yildan). B.F. axborot agentligi 1963 yilda tashkil etilgan. Burkina milliy radioeshittirishi hukumat agentligi. B.F. milliy telekoʻrsatuviga 1963 yilda asos solingan.

Adabiyoti 20-a. 60-yillarining oʻrtalaridan boshlab fransuz tilida rivojlanaboshladi. R. Nikyemningxalqogʻzaki ijodi uslubidagi "Gʻaraz" romani 1967 yilda bosilib chikdi. P. Dabire oʻzining "Samsoa" romanida mosilarning qishloq hayotini tasvirladi. S. Kulibali sheʼr va romanlari bilan mashhur boʻldi. A. Kere sheʼrlari ona yurt tabiatini madh etadi. F. Passer, E. Savadogo, J. Yu. Bazye va b. milliy adabiyotni rivojlantirishga hissa qoʻshdilar. 1984 yilda nashr etilgan "BurkinaFaso sheʼriyati antologiyasi"ga kirgan asarlar mamlakatning oʻtkir ijtimoiysiyosiy muammolarini aks ettiradi. Yosh shoirlar urushga qarshi, yer yuzida tinchlikni saqlash mavzularini qalamga olmoqdalar.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[править | править код]

B.F. xalqlari (moyey, bobo, fulbe va b.)ning turar joyi konus shaklidagi doirasimon yoki yassi tomli toʻgʻriburchakli 4—5 xonali uylardan iborat. Baʼzi xalklarning mustahkamlangan turar joylari 2—3 qavatli yassi tomli doirasimon minoralarni eslatadi. Guvaladan doirasimon qilib tiklangan don omborlarining devorlariga "koʻz tegmasin" deb ayollar, toshbaqalar va echkemarlar tasviri tushirilgan. Guvaladan yassi tomli mayejidlarni minora va mezanalar bilan birga qurish odat boʻlgan. Ayrim imoratlarning peshtoqiga kiyik shoxlari va turli naqshlar solingan yogʻochlar ilib qoʻyiladi. Hoz. fransuz meʼmorlari loyihasi asosida zamonaviy binolar qurilmoqda. Bronzadan yasalgan buyumlarda oʻsimlikka oʻxshatib naqsh solingan sanʼat asarlari yaratiladi. Milliy kiyim-kechaklarga moviy rangda turli naqshlar tikiladi.

Musiqasi[править | править код]

B.F.dagi koʻpgina xalqlarning musiqiy anʼanalari xilmaxil. Kishloq jamoalarida mehnat jarayonlari, bayram marosimlari, diniy rasmrusumlarga bagishlangan turlicha musiqiy uslub va yoʻsinlar bor. Koʻpincha musiqa, rake va qoʻshiq birga ijro etiladi. Bayram marosimlarida ijro etiladigan koʻpgina qoʻshiqlarda ajdodlar ruhiga murojaat etilib, sihatsalomatlik, omonesonlik va moʻl hosil boʻlishi haqidagi tilaklar aytiladi. Cholgʻu asboblari: nay, doʻmbira, chang , gʻijjak va hayvon shoxlaridan yasalgan karnay kabilar. Keyingi yillarda zamonaviy musiqani rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Uagadugudagi milliy teatr va milliy folklor dastasi, bir qancha estrada ashula va raqs dastalari mavjud.

Kinosi[править | править код]

1969 yilda Uagaduguda boʻlib oʻtgan 1Umumafrika kinofestivali milliy kinematografiyaning rivojlanishiga turtki boʻldi. Birinchi toʻliq metrajli film 1972 yilda yaratilgan. Keyinchalik "Yarash yoʻli", "Xudoning inʼomi", "PokoPoko" kabi filmlar yuzaga keldi.

Adabiyotlar[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.