Buyuk ipak yoʻli: различия между версиями

684 байта добавлено ,  2 года назад
м
Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}"
мНет описания правки
м (Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}")
 
(не показана 1 промежуточная версия этого же участника)
Строка 1:
'''Buyuk ipak yoʻli''' — qadimda va oʻrta asrlarda Sharq[[Xitoy]]dan va[[Oʻrta GʻarbOsiyo|Oʻrta]] mamlakatlariniva ilk[[Old borOsiyo]]gacha oʻzaro bogʻlagan qitʼalararoboʻlgan karvon yoʻli. (miloddanMiloddan avvalgi 2-asr— milodiy 15-asr). Atama ushbu yoʻldan tashilgan qimmatbaho tovar — Xitoy ipagi bilan bogʻliq. Gʻarb mamlakatlari uzoq vaqtgacha ipakchilik sir-asrorlaridan bexabarasrda boʻlishganochilgan.
 
Siandan Lanchjou orqali Dunxuanga olib borgan, u yerdan esa ikkiga boʻlingan. Shimoliy yoʻl Tur-fan orqali oʻtgan, keyin Pamirni kesib oʻtgach, Fargʻona va qozoq choʻllarigacha borgan. Janubiy yoʻl Lobnor koʻli yonidan Takla-Makon choʻlining janubiy sarhadlari boʻyicha Yarkend va Pamir (janubiy qismida) orqali Baktriyaga, u yerdan esa - Parfiya, Hindiston, va Yaqin Sharqga olib borgan. Old Osiyo, Oʻrta Osiyo va Xitoy xalqlarining iqtisodiy va madaniy aloqalarini rivojlantirishda katta rol oʻynagan.
 
Atama ushbu yoʻldan tashilgan qimmatbaho tovar — Xitoy ipagi bilan bogʻliq. Buning sababi, Xitoy uzoq vaqt ipak ishlab chiqarish usulini sir saqlay olgan.
 
== Atama tarixi ==
Buyuk ipak yoʻli atamasi qadimda ishlatilmagan. Buyuk ipak yoʻlini tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy oʻrganish amalda koʻplab mamlakat olimlari tomonidan 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Uni tadqiq etishga Gʻarbiy Yevropa, [[SSSR]], [[Rossiya]] va [[Yaponiya]] olimlari salmoqli hissa qoʻshdilar. Xususan, Yaponiyada „Buyuk ipak yoʻli ensiklopediyasi“ nashr qilindi. 1877-yil mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen oʻzining „Xitoy“ nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo materikining turli qismlarini bogʻlovchi yoʻllar tizimini „Ipak yoʻli“ deb atagan, keyinchalik „Buyuk ipak yoʻli“ atamasi qabul qilingan.
 
== Yoʻl tarixi ==
Miloddan avvalgi 2-asrgacha ham Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida Oʻrta Osiyo karvon yoʻllari orqali amalga oshirilgan aloqalar mavjud boʻlgan. Bunga Togʻli Oltoydagi Poziriq qoʻrgʻonidan topilgan Kichik Osiyoda tayyorlangan buyumlar, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyodan topilgan yunon buyumlari misol boʻlishi mumkin. [[Iskandar Zulqarnayn]] (Maqduniy) (q.qarang [[Buyuk Aleksandr]]) saltanati tuzilishi bilan bu aloqalar toʻgʻri yoʻlga solingan. Buyuk ipak yoʻlining sharqiy qismini barpo etishda sugʻdiylar katta rol oʻynaganlar. Iskandar Zulqarnayn tomonidan Sugʻdiyona mamlakati istilo etilishi bilan koʻplab sugʻdiylar sharqqa tomon koʻchganlar va Buyuk ipak yoʻlining markaziy qismini — Oʻrta Osiyodan tortib [[Xitoy]]ning Chanan shahrigacha boʻlgan oraliq masofada savdo faktoriyalari (manzilgohlari) bunyod etganlar.
 
=== Yoʻlni oʻrganish ===
Oʻz navbatida Xan imperiyasi miloddan avvalgi 1-ming yillik oxirida oʻz hududini Oʻrta Osiyo tomonsharqga kengaytirish siyosati yurgizib bu yoʻnalishga alohida eʼtiborini qaratadi va bu yoʻl haqida maʼlumot toʻplash, aygʻoqchilik va diplomatik maqsadlarida elchi Chjan Szyanni yuboradi. Ammo [[Suriya]]dagi Oʻrta dengizning sharqida joylashgan Giyerapol shahridan Serika (Xitoy)gacha boʻlgan masofa boʻylab tuzilgan dastlabki batafsil yoʻllik makedoniyalik savdogar May Titsian (milodiy 100 yil) tomonidan tuzilgan. Bu maʼlumotlar [[Klavdiy PtolemeyningPtolemey]]ning „Geografik qoʻllanma“sida saqlangan. Ptolemey esa oʻz navbatida bu maʼlumotlarni tarixchi Marinning taxminan 107—114 yillar oraligʻida yozilgan va bizgacha yetib kelmagan asarlaridan olgan. Ushbu maʼlumotlarga koʻra, Buyuk ipak yoʻli 2 katta qismga boʻlingan: Giyerapoldan Toshminor (Toshqoʻrgʻon)gacha va Toshminordan Serikagacha. Yoʻlning Oʻrta Osiyo qismi Ariya (hozirgi Turkmanistonning janubi va Afgʻonistonning shimoli-gʻarbida joylashgan qadimiy viloyat)dan boshlangan. Ariyadan yoʻl shimolga Margʻiyonadagi Antioxiyaga (Bayramali shahri yaqinidagi koʻhna Marv shahri harobasi) ketgan, soʻngra sharqqa burilib Baktra (Shimoliy Afgʻonistondagi [[Balx]] shahri)ga borgan. Bu yerdan yoʻl shimol tomon yoʻnalib Termiz atrofida Amudaryodan oʻtilgan va soʻngra 2 tomonga ketilgan. Birinchisi, shimoliysi, boʻylab Temir darvoza orqali Marokanda (Samarqand)ga, u yerdan Fargʻonaga ketilgan. Ikkinchisi, janubiysi esa Surxondaryo vodiysi boʻylab komedlarning togʻli oʻlkasiga (hozirgi Qorategin) olib borgan. Har ikki yoʻnalish ham Toshminorga olib borgan. Uni ayrim olimlar [[Toshkent]] hududida, boshqalari Olay vodiysida joylashgan deb hisoblaydilar. Toshminordan soʻng yoʻl Oʻrta Osiyo hududidan tashqariga chiqqan, Ergashtom atrofida „savdogarlar qoʻnimgohi“ joylashgan, soʻngra yoʻl TaklaMakonTakla-Makon choʻlidan oʻtib Dunxuanga, soʻngra Xitoyning qadimiy poytaxti — [[Chanan]]ga olib borgan. Bu yerdan yoʻl ehtimol shimoli-gʻarbga [[Koreya yarim oroli|Koreya]] va Yaponiyaga ketgan boʻlsa kerak.
 
=== Buyuk ipak yoʻli arablar istilosigacha ===
Milodiy 5—8-asrlarda Buyuk ipak yoʻlining Yettisuv orqali Choch (Toshkent vohasi), Sugʻd, soʻngra Poykend, Marv boʻylab Eron Xurosoniga eltuvchi shimoliy qismi muhim ahamiyat kasb etgan. Ayni shu davrda Eron orqali [[Vizantiya imperiyasi|Vizantiya]]ga ipak olib oʻtish taqiqlanganligi munosabati bilan sugʻd savdogarlari Vizantiya va Turk xoqonlari vositachiliklarida Sugʻd va Xorazmdan Kaspiy dengizini aylanib oʻtib, Shimoliy Kavkazdagi dovonlardan oshib Qora dengiz va keyinchalik [[Konstantinopol]]gacha olib boruvchi yangi yoʻl tarmogʻini ochadilar. Gʻarbda yuksak qadrlangan, qiymati jihatidan oltin va qimmatbaho toshlarga tenglashtirilgan ipak vositasida Vizantiya imperatorlari Yevropadan jangchilar yollashgan va qoʻshni „varvar“ — german va [[Slavyanlar|slavyan]] qabilalarining hukmdorlarini oʻz tomonlariga ogʻdirib olishgan, chunki ipak ularda yanada qadrliroq sanalgan.
 
Ipak bu paytda 3 buyuk davlat: Vizantiya imperiyasi, Sosoniylar Eroni va buyuk Turk xoqonligi oʻrtasidagi iqtisodiy raqobat obyektiga aylangan. Biroq, bu „ipak“ yoʻli aftidan uzoq vaqt mavjud boʻlmagan, chunki 6-asr 2-yarmida Xitoy ipak ishlab chiqarish boʻyicha monopol huquqdan mahrum boʻlgan, asr oxirida esa Vizantiya shu qadar koʻp miqdorda ipak yetishtirar ediki, uni Xitoydan keltirishga hech qanday ehtiyoj qolmagan. Vizantiya ipak sanoatini barpo etilishi va uni asta-sekin Zakavkazye va Oʻrta dengiz mamlakatlariga tarqalishi bilan Buyuk ipak yoʻlining tarixi tugaydi.
 
=== Buyuk ipak yoʻli oʻlishi ===
Строка 26 ⟶ 30 :
 
== Oʻzbekiston Respublikasi munosabati ==
Oʻzbekistonda Buyuk ipak yoʻlini qayta tiklashga katta eʼtibor qaratilmoqda. 1995-yil 2-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti [[Karimov, Islom Abdugʻaniyevich|I.A. KarimovningKarimov]]ning [http://www.lex.uz/ru/docs/182051 "Buyuk ipak yoʻlini qayta tiklashda Oʻzbekistonning ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi"] farmoni eʼlon qilindi (yana q. [[*Buyuk ipak yoʻli sayyohlik yoʻnalishlari)]].
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Edvard Rtveladze. Toshkent, 2000-yil
* Большая советская энциклопедия.
* Ртвеладзе, Э., Великий шёлковый путь, Т., 1998.
* Rtveladze E., Velikiy shelkoviy put, T., 1998.
 
{{OʻzMEЎзМЭ}}