Byudjet

Материал из УзЭнц

Byudjet (рус. Бюдже́т; eski normand tilidan bougette soʻzi maʼnosi – hamyon, mablagʻ) — belgilangan muddat (masalan yil yoki kvartal) uchun ishlab chiqilgan, meʼyorlashtirilgan hamda qonuniy ravishda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar yigʻindisi. U maʼlum bir vazifalar va funksiyalarni moliyaviy taʼminlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari jamgʻarmalarini toʻplash va sarflash shaklidir.

Byudjet davlat darajasida (qarang Davlat byudjeti), shuningdek viloyat, tuman (mahalliy hokimiyat), xoʻjalik subyektlari, oila yoki shaxs darajasida tuzilishi mumkin. Byudjetni tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlash oʻz navbatida uning amal qilishi hamda bajarilishi ustidan nazorat yuritishni talab qiladi. Byudjetda harajatlarning daromadlardan ortib ketishi byudjet defitsiti muammosini keltirib chiqaradi (qarang Byudjet defitsiti), shu bois doimiy ravishda ularning muvofiqligi taʼminlab boriladi.

Davlat byudjeti[править | править код]

Taʼrif[править | править код]

  • davlat byudjeti — moliyaviy rejalar tizimida yetakchi oʻrinda turadi va davlatning asosiy moliya rejasi hisoblanadi:
  • davlat byudjeti — moliya tizimining barcha asosiy moliya institutlari — daromadlar, harajatlar, davlat qarzlari birlashadigan va oʻzaro bogʻlanadigan markaziy boʻgʻini hisoblanadi;
  • davlat byudjeti — davlatning soliqlar yordamida jamlanadigan eng yirik markazlashtirilgan pul jamgʻarmasidir. Davlat byudjeti davlat tomonidan oʻz funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish yoʻlida sarflanadi. Tasdiqlangan budjet qonun kuchiga ega.

Davlat byudjetining mohiyati[править | править код]

  1. davlat byudjeti — davlat pul mablagʻlarining (shu jumladan davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarining) markazlashtirilgan jamgʻarmasi boʻlib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi;
  2. byudjet iqtisodiy kategoriya sifatida oʻzining tegishli moddiy ifodasiga ega boʻladi.

Byudjet munosabatlari davlatning markazlashtirilgan pul mablagʻlari jamgʻarmasida moddiylashadi. Bu jamgʻarma taqsim qilinishi sababli uning shakllanishi va sarflanishi qiymat xarakati orqali ifoda etiladi. Bu jarayon davlat tomonidan yigʻiladigan va sarflanadigan pul resurslari oqimlari koʻrinishiga ega boʻladi.

Oʻz iqtisodiy mohiyatiga koʻra davlat byudjeti — bu iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, mudofaa va davlat boshqaruvi extiyojlarini moliyalashga moʻljallangan budjet jamgʻarmasini shakllantirish hamda, undan foydalanish masalalarida milliy daromadni qisman milliy boylikni ham qayta taqsimlash borasida davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida yuzaga keladigan pul munosabatlaridir.

Byudjet huquqi[править | править код]

Oʻzbekiston Respublikasi[править | править код]

Oʻzbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslari, davlat byudjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish, ijro etish tartibi va boshqa masalalar OʻzRning "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" qonuni (2000 yil 14 dekabr) bilan tartibga solinadi.

Shu bilan birga bu toʻgʻrisida Prezident Qarori har yili qabul qilinadi.[1]

Manbalar[править | править код]

Adabiyotlar[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Havolalar[править | править код]