Cheksizlik

Материал из УзЭнц

Cheksizlik (matematikada) — miqdorlar, kattaliklar va boshqa matematik tushunchalarni kengaytirish maqsadida ishlatiladigan tushuncha. Matematik analizda cheksiz kichik, cheksiz katta miqdorlar, geometriyada cheksiz uzoqlashgan elementlar, haqiqiy sonlar to'plamini ikkita "maxsus" son —oo va +oo bilan, toʻplamlar nazariyasida natural sonlar qatori 1, 2,... ni transfinit sonlar bilan toʻldirish va h.k. tushunchadir.

Masalan, hosila tushunchasi cheksiz kichik ikki miqdor nisbatining limiti, integral esa soni cheksiz koʻp "cheksiz kichik"lar yigʻindisining limiti boʻlib, bunday "kengaytirishlar" matematika va boshqa fanlarda muhim ahamiyatga ega. Oʻzgaruvchan cheksiz kichik, cheksiz katta miqdorlarni oʻzgarmas cheksiz katta miqdorlardan farq qilish uchun "potensial" va "aktual" cheksizlik terminlari vujudga kelgan.

Cheksizlik tushunchasi qaysi sohada ishlatilishiga koʻra bir necha ma'noni anglatishi mumkin.


Havolalar[править | править код]