Chili

Материал из УзЭнц


Chili Respublikasi
-{República de Chile}-
Chili davlat bayrogʻi   Chili davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Por la razón o la fuerza
(Ispancha: Sabab orqali yoki Kuch bilan)
Madhiya: Himno Nacional de Chile
(Chili Davlat Madhiyasi)
Chili Xaritasi
Chili Xaritasi
Poytaxt Santiyago
Rasmiy til(lar) Ispancha
Hukumat Prezidentlik Respublika
 • Prezident Michelle Bachelet
Mustaqillik   Ispaniyadan
 • Sana 18 sentabr 1810
Maydon  
 • Butun 756,950 -{km²}- (38-)
 • Suv (%) 1.07
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 16,136,137 (60- oʻrin)
 • Zichlik 21 kishi/-{km²}-
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$185,100 mil. (45-)
 • Jon boshiga AQSh$11,471
Pul birligi Unidades de formento (CLF)
Vaqt Mintaqasi (-{UTC}-–3)
 • Yoz (-{DST}-) (-{UTC}-–3)
Qisqartma -{CI}-
Internet domen -{.cl}-
Telefon prefiksi +56
Atakama

Chili (Chili Respublikasi) (isp. República de Chile) - poytaxti Santiago shahri. BMT aʼzosi CHILI (Chile) Chili Respublika s i (República de Chile) — Jan. Amerikaning jan.gʻarbida joylashgan davlat. Maydoni 756,9 ming km². Aholisi 15,824 mln. kishi (2003). Poytaxti — Santyago shahri Maʼmuriy jihatdan 13 viloyat (region), jumladan, Santyago poytaxt viloyatiga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Ch. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1980 yilda kabul qilingan va 1981 yildan kuchga kirgan; 1989, 1994, 2004 yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan Rikardo Lagos Eskobar), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish nuli bilan 4 yil mudsatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va deputatlar palatasidan iborat Milliy kongress, ijrochi hokimiyatni prezident amalga oshiradi; prezident xukumatga ham boshchilik qiladi.

Tabiati. Ch. shim.dan jan.ga Tinch okean sohili boʻylab 4300 km ga choʻzilgan, hududining katta qismini And togʻlari (balandligi 6880 m gacha), shim.ni Atakama choʻli egallagan. Mamlakat jan. da Patogoniya tekisligi joylashgan. Ch. hududi tarkibiga qirgʻoqqa yaqin bir necha orol, Olovli Yer o.ning garbiy qismi hamda Tinch okeandagi baʼzi orollar (Pasxa o. va boshqalar) kiradi. Relyefida 3 boʻylama mintaqa yaqqol koʻrinadi: sharqda Andning Bosh Kordilyera togʻlari, gʻarbda sohil boʻyi Kordilyera tizmasi va togʻ oraligʻi botigʻida Boʻylama vodiy bor. Ch.da vulkan koʻp; teztez zilzilalar boʻlib turadi. Ch. hududida mis, tabiiy selitra, molibden, sof oltingugurt, temir rudasi, marganets, qoʻrgʻoshin, oltin, kumush, toshkoʻmir, rux, barit, neft, gaz konlari bor. Iqlimi shim. qismida tropik choʻl iklimi (yillik yogʻin 50 mm dan kam). Subtropik Oʻrta Ch. ning shim.da iqlim quruq (yillik yogʻin 100–200 mm), markazida oʻrta dengiz iqlimi, qishda yomgʻir yogʻadi (Santyago shahrida yiliga 350 mm), jan.da nam subtropik ikdim (yillik yogʻin 2000–2500 mm). Janubiy Ch.da iklim moʻʼtadil okean iklimi, yogʻin koʻp yogʻadi (yiliga 3000–7000 mm). Togʻlarda muzliklar bor. Oʻrtacha oylik tra shim.da 12—16° dan (iyulda) 18— 22° gacha (yanv.da), markazida 8—20°, jan. da 8—15°. Deyarli hamma daryolari juda qisqa va Tinch okean xavzasiga mansub. Shimoliy Ch.da Loa daryosidan boshqa oqar su v yoʻq. Jan.da esa daryolar yil davomida sersuv. Shimoliy Ch.da tuproq va oʻsimlik qoplami yaxshi rivojlanmagan. Oʻrta Ch.ning shim. chala choʻl, markazida sur jigarrang va jigarrang tuproklarda kserofil butalar usadi. And togʻlarining oʻrta yon bagʻirlari qoraqayin oʻrmonlari bilan qoplangan, undan yuqorisi togʻ dashtlari. Oʻrta Ch.ning jan.dagi qoʻngʻir oʻrmon va botqoqli tuproqlarda qalin oʻrmonlar, And togʻlarida qoraqayinigna bargli oʻrmonlar va alp oʻtloklari bor. Jan.da subantarktika aralash oʻrmonlari, chekka jan.da botqoqlashgan oʻtloqlar va torfli yerlar uchraydi. hayvonot dunyosi xilmaxil. Ch. shimolida aguarachay tulkisi, puma, sudralib yuruvchilar, jan.da pudu va uemul bugʻulari, amerika sassiqkoʻzani, suvsar, magellan tulkisi va boshqa yashaydi. Ch.da Vilyarrika, BernardoOʻ Xiggins, AlbertoAgostini, LosParaguas, PeresRosales va boshqa milliy bogʻlar hamda qoʻriqxonalar tashkil etilgan (jumladan, Pasxa va XuanFernandes o.larida).

Aholisining 90% chililar. Mamlakatning tub aholisi araukan, kechua va aymara indeyslaridir. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Shahar aholisi 86%. Yirik shaharlari — Santyago, Valparaiso, VinyadelMar.

Tarixi. Ch. hududida qadimdan indeys qabilalari yashagan. 15-asrda mamlakatning shim. qismini inklar egallab oldi. 16-asrning 30- yillarida Ch.ga ispan konkistadorlari bostirib kirdi. 16-asrning oʻrtalarida Ch. hududi Ispaniyaning Peru vitseqirolligi tarkibiga kirgan. 1810 yil iyulda ispanlar zulmiga qarshi xalq qoʻzgʻoloni boshlandi. 18 sentabrda milliy hukumat xuntasi tashkil topdi. Amerika qitʼasidagi Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun olib borgan urushi yillarida (1810—26) Ch. mustaqilligi eʼlon qilindi (1818 yil 12 fevral). 1823 yil qulchilik bekor qilindi. 19-asr oʻrtalaridan Ch.ga chet el sarmoyalari kirib kela boshladi. 1865—66 yillarda Ch. Peru, Boliviya va Ekvador bilan birgalikda Ispaniyaga, 1879—84 yillarda Buyuk Britaniya yordamida Peru va Boliviyaga karshi urush olib bordi. Natijada bu davlatlarning selitra zaxiralariga boy hududlari Ch.ga oʻtdi. Bu mamlakatda konchilik sanoatining rivojlanishiga imkon yaratdi. ljahon urushi yillari (1914—18) Ch. betaraflik eʼlon qildi. 1927 yilgi davlat toʻntarishi natijasida mamlakatda harbiy diktatura oʻrnatildi, siyosiy partiyalar, ishchi va kasaba uyushma tashkilotlari faoliyati taqiqlandi. 1936 yil Ch.da Kommunistik, Radikal va Sotsialistik partiyalar ishtirokida Xalq fronti tuzildi va uning nomzodi P. Agirre Serda 1938 yildagi prezident saylovida galaba qozondi. Hukumat bir qancha ijtimoiyiqtisodiy tadbirlarni amalga oshirdi. 1941 yil oʻng sotsialistlarning sotqinligi tufayli Xalq fronti tarqalib ketdi. 2-jahon urushi yillari (1939—45) Ch. Germaniya (1945 yil fevral) va Yaponiya (1945 yil aprel)ga karshi urush eʼlon qilgan boʻlsa ham amalda urushda qatnashmadi. 1947—58 yillar hokimiyatni diktatorlik rejimi boshkardi. 1956 yil Chili KP (1922 yil tuzilgan) va Sotsialistik partiyasi (1933 yil asos solingan) Xalq harakati frontini, 1969 yil Kommunistik, Sotsialistik va boshqa soʻl partiyalar Xalk, birligi blokini tashkil etdilar. Xalq birligi bloki nomzodi S. Alyende Gossens saylovlarda gʻalaba qozonib, mamlakat prezidentligiga saylandi. 1973 yildagi harbiy toʻntarish paytida Alyende oʻldirildi va hokimiyat tepasiga A.Pinochet boshchiligidagi harbiy xunta keldi. U 15 yildan ortiq vaqt davlatni boshqardi.

Bu davrda ommaviy repressiyalar avj oldirildi; shu bilan birga mamlakat iktisodiyoti Jan. Amerikadagi davlatlar oʻrtasida oldingi oʻrinlardan birini egalladi. Bu Ch.ga xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga aʼzo boʻlish imkoniyatini yaratdi. 1989 yilgi demokratik saylovlar natijasida A.Pinochet hokimiyatdan ketdi va 1990 yildan mamlakatni demokratik yoʻl bilan boshqarish shakli oʻrnatildi. Ch. 1945 yildan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992 yil 18 martda tan olgan va 1994 yil 16 sentabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 18 sentabr — Mustaqillik kuni (1810).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Ch. Kommunistik partiyasi, 1922 yil tuzilgan; Demokratiya uchun kurash partiyasi, 1988 yil tashkil etilgan; Milliy yangilanish partiyasi, 1987 yil tuzilgan; Ch. radikal sotsialdemokratik partiyasi; Ch. sotsialistik partiyasi, 1933 yil tashkil etilgan; Xristiandemokratik partiya, 1957 yil tuzilgan; Ch. birlashgan sotsialistik partiyasi. Ch. mehnatkashlari birlashgan kasaba uyushma markazi, 1988 yil Chili mehnatkashlari yagona kasaba uyushmasi markazi (1953) negizida tashkil etilgan.

Xujaligi. Ch. Lotin Amerikasidagi iktisodiy jihatdan nisbatan rivojlangan mamlakatlardan biri. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi va baliq ovlash ulushi 6,4%, sanoatniki 38,8%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 54,8% ni tashkil etadi.

Sanoati.Ch. mis qazib olish boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi (yiliga oʻrtacha 2488 ming t). Shuningdek, tabiiy selitra, molibden, neft, temir rudasi, oltin, kumush, tabiiy gaz, toshkoʻmir qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 25,2 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Sanoatning oziq-ovqat va yengil sanoat tarmogʻi rivojlangan. Mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya, kimyo, neftni qayta ishlash, neft kimyosi, sellyulozaqogʻoz sanoati rivojlanmoqda.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi dehqonchilik. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, kartoshka, dukkakli don ekinlari ekiladi. Bogdorchilik (olma, sitrus mevalar, shaftoli) va tokchilik rivojlangan. Qand lavlagi, zigir, tamaki, zaytun yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, yilqi boqiladi. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi rivojlangan. Dengizdan baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. Oʻrmonda yogʻoch tayyorlanadi.

Transporti. Mamlakat ichkarisida yuk tashishda avtomobil transporti yetakchi oʻrinda. Avtomobil yoʻllari uz. 79,8 ming km. Transport yoʻlining uzunligi 6,6 ming km. Tashqi savdo aylanmasining asosiy qismi dengiz transportiga toʻgʻri keladi. Muhim dengiz portlari: Uasko, Valparaiso, Tokopilya. Santyago shahrida xalqaro aeroport bor. Ch. chetga mis, baliq va dengiz mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, selitra, qogʻoz, yod chiqaradi; chetdan neft, kimyo buyumlari, elektron va mashina jihozlari oladi. Tashqi savdoda AQSH, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Argentina, Braziliya, Yaponiya,Meksika bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — chili pesosi.

Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Ch.da vrachlar universitetlarning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi.

Mamlakatda 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 8 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan. Asosiy deb nomlangan boshlangʻich maktabda oʻqish 8 yil, oʻrta maktabda 4 yil Asosiy maktab negizida 4 yillik hunartexnika maktablari va ped. bilim yurtlari ishlaydi. Mamlakatda 8 universitet bor. Yiriklari: Chili universiteti (1843), Texnika davlat universiteti (1947), Katolik universitet (1888); hammasi Santyago shahrida. Shuningdek, 3 oliy kollej, konservatoriya va amaliy sanʼat maktabi mavjud. Ilmiy muassasalar, asosan, Santyago shahrida joylashgan.institutlar Chili bakteriologiya instituti (1929), meteorologiya xizmati (1894), harbiy geogr. instituti (1922), geogr., geodeziya va geofizika milliy qoʻmitasi (1955), gidrografiya instituti (1874, Valparaiso), geol. instituti (1957), Antarktida instituti (1963), yadro energiyasini oʻrganish milliy markazi, Okeanografiya instituti (1945, Valparaiso), Lebu ilmiy instituti (1945, araukanlar tarixini oʻrganadi), Ch. akademiyasi (1855), Ch. Tabiiy fanlar akademiyasi (1926), Ch. tarix akademiyasi (1940), Chili FA (1964)da olib boriladi. Yirik kutubxonalari: Ch. milliy kutubxonasi (1813), Chili universitetining markaziy kutubxonasi; ikkovi ham Santyago shahrida. Muzeylari — Milliy tarix muzeyi, Nafis sanʼat milliy muzeyi, Ped. muzeyi, hozirgi zamon sanʼati muzeyi, amerika xalqi sanʼati muzeyi va boshqa

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Ch.da bir kancha gaz. va jur. nashr etiladi. Asosiylari: "Analisis" ("Tahlil", haftalik jur., 1977 yildan), "Merkurio" ("Merkuriy", kundalik gaz., 1827 yildan), "Nason" ("Millat", kundalik gaz., 1917 yildan), "Oy" ("Bugun", haftalik jur., 1977 yildan), "Segunda" ("Sekunda", kundalik kechki gaz., 1931 yildan), "Tersera" ("Chorak", kundalik gaz., 1950 yildan), "Ultimas notisias" ("Soʻnggi axborot", kundalik gaz., 1902 yildan).

Orbe Servisnoye Informatios (SA) hukumat axborot agentligi 1953 yil fevralda tuzilgan. Ch. yangiliklar agentligi, 1993 yil asos solingan. Ch. radiostya assotsiatsiyam 1936 yil da tashkil etilgan; 455 radiostyani birlashtiradi. Ch. — 7 kanal milliy televideniyesi hukumat mahkamasi boʻlib, 145 styani birlashtiradi. Bir qancha tijorat radio va televideniye styalari bor.

Adabiyoti Ch.ni Ispaniya bosib olgandan beri ispan tilida rivojlanmoqda. Ispaniyalik A. de ErsilyaiSuniga (1533—94)ning "Araukana" dostoni (1—3 qismlar, 1569—89) 16-asrda yaratilgan eng yirik asar hisoblanadi (unda araukanlarning ispan mustamlakachilarga qarshi kurashi aks ettirilgan). Bu davrda kreollar folklori ispan xalq sheʼriyati asosida rivojlandi. Amerikadagi Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun kurashi davri (1810—26)da publitsistika asosiy janr boʻlib qoldi. Birinchi Ch. gazetasi — "Aurora de Chile" ("Chilining tonggi shafagʻi")ning asoschisi K.Enrikes bu janrda ijod qilgan ijodkorlarning yorqin vakilidir. Milliy dramaturgiya asosini M.Magalyanes yaratdi. 1818 yil Chili mustaqillikka erishgach, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi kup adiblar Ch.da yashab ijod qildilar. Venesuela yozuvchisi, olim va davlat arbobi A.Belo, argentinalik yozuvchi, jamoat arbobi va maʼrifatparvar D.M.Sarmyanto va boshqa ijodi Ch. madaniyati rivojida muhim rol oʻynaydi. Ch. jamoat arbobi, olim va adib X.VLastarrin (1817—88) Ch. adabiyot jamgʻarmasini tashkil etib (1842), milliy adabiyotni yaratish vazifasini qoʻydi. 19-asr 1yarmida sheʼriyat romantizm ruhida rivojlandi (S.Sanfuentos, E.Lilo va boshqalar). Nasrda kostumbrizm yetakchi yoʻnalish boʻlib qoldi. 19-asr oʻrtalarida tanqidiy realizm maydonga keldi. A.Bleyet Gana (1830—1920) uning yirik vakilidir. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida P.A.Gonsales Bastias, M.Xara va boshqa sheʼriyatda yangi badiiy shakllarni izlay boshladilar. Bunga maʼlum darajada nikaragualik shoir R.Dario ijodi taʼsir koʻrsatdi. 1920- yillarda T.Mistral, V. Uydobro kabi shoirlar samarali ijod qildilar. 30- yillarda shoir P. Neruda ijodi chuqur evolyutsiyani boshidan kechirdi. Shu davrda ijod qilgan F. Gana, F.Santivan, L.Duran va boshqa oʻz asarlarida dehqonlar hayotini aks ettirdilar. Dehqonlarning sinfiy kurashi R.Lomboy, M.Gerrero romanlarida, ishchilar hayoti, ularning farovon kelajak uchun kurashi N. Gusman, A.Sabeli, D.Munos, G.Senteno, V.Teytelboym romanlarida oʻz ifodasini topdi. F. Koloan, M.Roxas, G.Atias nasriy asarlari ijtimoiy muammolarga bagʻishlandi. 1960—70 yillarda siyosiy qoʻshiqlar janri keng tarqaldi. V. Xara bu janrda ijod qilgan ijodkorlarning yorqin vakilidir. Mamlakatda harbiy xunta hokimiyat tepasiga kelgach (1973), koʻp adib va shoirlar taʼqib ostita olindi. Mamlakatni tashlab ketishga majbur boʻlgan adiblar oʻz asarlarida Ch. fojiasini aks ettirdilar (A.Skarmet, V.Teytelboym romanlari va b,).

Meʼmorligi. Ch. hududida yashagan indeyslarning qad. sanʼatidan qalʼalar, baland tosh devor bilan oʻralgan 1—2 qavatli uylardan iborat qishloq xarobalari saqlangan. 16-asrdan fort, shahar va cherkovlar, ichki hovlisi boʻlgan 1 qavatli uylar qurildi. 18—19-asrlarda barokko va klassitsizm uslubida shahar binolari, cherkov va saroylar barpo etildi (meʼmorlar X. ToeskaiRichi, M. de Xara Kemada). 19-asr Ch. meʼmorligida eklektizm, 20-asr boshlarida modern uslubi karor topdi. 20-asrning oʻrtalarida shaharlar qayta qurildi, zamonaviy meʼmoriy inshootlar, jumladan, "Gonsales Kortes" (1960—63, meʼmor S.Gonsales va boshqalar), "Portales" (1961—63, meʼmor K.Breshani va boshqalar) turar joy majmualari, Santyagoda Texnologiya instituti (1962—65, meʼmor K.Breshani va boshqalar) bunyod etildi.

Tasviriy sanʼati. Indeyslarning kad. madaniyati Peru madaniyati bilan bogʻliq. Turli shakllarda yasalgan va rayem solingan sopol idishlar, metall taqinchoqlar, odam va ov manzaralarining qoyatoshlarga ishlangan tasviri saqlangan. Bu anʼanalar toʻquvchilik, kulolchilik, yogʻoch oʻymakorligida oʻz aksini topgan. 18—19-asrlarda manzara rassomligi va haykaltaroshligi, gravyura rivojlandi (A.Santelises). 19-asr oʻrtalarida portretchilar F.X.Mandola, A.Gana, 19-asr 2yarmida rassomlar P.Lira va M.A.Kiro ijod qildilar. Rassomlar A.Valunsuela Lyanos, E.Plasa, haykaltaroshlar N.Plasa, V.Arias 19 va 20-asrning realist ustalari boʻlgan. 20-asrda Ch.da turli modernistik oqimlar (kubizm, syurrealizm, abstraksionizm) keng tarqaldi. K.Ermosilya Alvares, G.Nunyes, P.Lbos, X.Eskames kabi rassomlar, L.Dominges, S. Roman Roxas kabi haykaltaroshlar realistik anʼanalarda ijod qildilar.

Musiqasi. Ch.ning qad. musiqa madaniyatini tub joy aholisi avlodlari, avvalo, araukanlar saqlab kelmoqdalar. Ularning asosiy musiqa asboblari: zarbli — baraban (kultrun), shakildoq (uada); puflama — trutruka, lolkin, pifyulka. Kreollar xalq musiqasi argentina xalq musiqasiga yaqin. Qoʻshiqraqs janrlari — kueka, kuando, qoʻshiq janri — tonada (yakka ijro etiladigan lirik qoʻshiq). Musiqa cholgʻu asboblari — gitara, arfa, gi . tarron. 19-asr Santyagoda filarmoniya jamiyati tuzildi (1827), musiqa maktabi ochildi (1849; 1851 yildan konservatoriya). Kompozitorlardan M.Robles Ortis de Sarate (19-asr), K.Lavin, P.U. Alyende Saron, X.Urrutia Blondel, E.Soro, D.SantaKrus Vilson (20-asr), dirijyorlar A.Karvaxal, V.Teva, pianinochilar K.Arrou, X.Reyes, skripkachi P. d’ Andurayn mashhur. Santyagoda Ch. simfonik orkestri (1941 yil tashkil etilgan), Munitsipal simfonik orkestri (1955), Torli kvartet (1954), Ch. milliy baleti (1957), shuningdek, Milliy konservatoriya ishlaydi.

Teatri. Professional teatr sarchashmalari Ch. hududida yashagan indeyslarning xalq marosimlaridan boshlanadi. 17—18-asrlarda Santyago va Konsepson shaharlaridagi toʻy marosimlarida spektakllar qoʻyilgan. 1709 yil Santyagoda birinchi teatr binosi qurildi. Bu teatrda, asosan, ispan dramaturglari — L one de Vega, A.Moreto, X. Ruis, L.Sagredo pyesalari sahnalashtirildi. 1791 yil Valparaiso shahrida teatr barpo etildi. 1815 yil Santyagoda "Kolisso" teatri ochildi. Ch. mustaqillikka erishgach, 1818 yil Santyagoda "Romada" teatri ishlay boshladi va unda milliy dramaturg M.Magalyanes asarlari qoʻyildi. 1842 yil Chili universiteti huzurida teatr (1857 yildan munitsipal teatr), 1848 yil "Respublika teatri" tashkil etildi. 19-asr Chili teatri taraqqiyotida argentinalik dramaturglar — K.Belo, R. Minnyelelar muhim rol oʻynaydi. 20-asrning 1yarmida mamlakatning koʻp shaharlarida havaskorlik jamoalari paydo boʻldi. 1939 yil Santyagoda Kichik universitet teatri, 1941 yil Chili universitetining tajriba teatri (hozirgi Chili universiteti huzuridagi teatr instituti) tuzildi. 1946 yil Santyagoda Sahna sanʼati xalq maktabi ochildi. 50- yillarda R.Frontaur, V.Vargas, A.Flores rahbarligida teatr guruhlari yuzaga keldi. Shuningdek, "Teatro munisipal", "Atelye", "Teatro mimiko" teatrlari ishlaydi. 20-asrning 50—60- yillarida teatr repertuarlaridan X. Dias, I.Agirre, Ye.Bunster, D. Barros Gres va boshqa dramaturglarning pyesalari, jahon klassik yozuvchilarining asarlari oʻrin oldi. Mamlakatda harbiy xunta hokimiyat tepasiga kelgach (1973), koʻp teatr arboblari qamoqxonalarda halok boʻldilar, xorijga ketishga majbur boʻldilar va oʻsha yerda teatr jamoalarini tuzdilar. Jumladan, 1976 yil Fransiyada "Alef" teatri, 1980 yil Shvetsiyada Sandino nomidagi Lotin Amerikasi teatri (chililik teatr arbobi I.Kontilyano rahbarligida) paydo boʻldi.

Kinosi. Ch.da birinchi hujjatli xronikal film 1907 yil yaratildi. 20a. boshlarida Santyago va Valparaiso shaharlarida "Jambastianifilm", "Chilefilm" va boshqa kinofirmalar ishlay boshladi. 1934 yil birinchi ovozli film ("Shimol va janub", rej. X.Delano) yaratildi. 30- yillarning 2yarmida, asosan, qisqa metrajli, xronikal va hujjatli filmlar ekranga chikdi. 40- yillarda tijorat filmlari bilan birga rej. XDelanoning "Krilonlik qiz" (1941), "Gollivud" (1944) filmlari namoyish etildi. 1957 yil Santyago universiteti huzurida kino instituti ochildi. 60- yillarning eng yaxshi filmlari: "Qonli selitra" (1969, rej. E.Soto), "Viz yashaydigan uy" (1970, rej. P.Kaulen) va boshqa 1970- yillar boshida Lotin Amerikasi kinosi oltin fondiga kirgan "Oʻrtoq prezident" (1970, rej. M.Littin), "Ovoz va miltiq" (1971, rej. E.Soto), "Guvoxlar" (1971, rej. K.Elsesser) va boshqa filmlar yaratildi. Hokimiyat harbiy xunta qoʻliga oʻtgach, ilgʻor kino arboblar taʼqibga uchradi. 70- yillarning oxirida Ch.ning taraqqiyparvar rej.lari chet elda bir qancha filmlar yaratdilar ["Buni unutib boʻlmaydi" (1975, rej. lar M.Malyet, X.Faxardo, R.Gonsales), "Marusiya konidagi voqea" (1976, rej. M.Littin) va boshqa].