Chilustun

Материал из УзЭнц

ChilustunOʻzbekistonning Andijon viloyati va Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati chegarasidagi past togʻlar, PomirOlay tizmalarining tarmogʻi.

Xoʻjaobod tumani hududida. Shim.gʻarbdan jan.sharq va sharqqa 12 km ga choʻzilgan. Balandligi 1200–1400 m gacha. Shim. yon bagʻri qiyaligi kamroq, asosan, adirlardan iborat.