Chirchiq-Boʻzsuv suvenergetika trakti

Материал из УзЭнц

Chirchiq-Boʻzsuv suvenergetika traktiChirchiq daryosi va Boʻzsuv kapali boʻylab ketmaket joylashgan GESlar majmui. Traktning uz. 171,1 km. Traktda umumiy oʻrnatilgan quvvati 1220,6 MVt boʻlgan 19 ta GES bor. 1926 yilda ishga tushirilgan Boʻzsuv GES traktda birinchi boʻlib qurilgan. Traktning boshlanish kismida (Chirchiq daryosi oʻzanida) ketmaket 3 stya — Xoʻjakent GES, Chorvoq GES, Gʻazalkent GES joylashgan. Gʻazalkent GESdan quyirokda, Chirchiq daryosi suvini tartibga solib turuvchi toʻgʻonning oʻng tomonidan Tovoqsoy GES, Loginov nomidagi GES va Oqqovoq GESlari, Qibray GESning derivatsiya kanallari boshlanadi. Soʻngra Oqqovoq2 GESning suv tashlama kanalidan boshlangan Boʻzsuv irrigatsiya kanalida ketmaket Qibray, Qodriya, Salor, Boʻzsuv, Shayxontohur, Boʻrjar, Oqgepa GESlari, 1, 2, 3, 4 hamda 6Quyi Boʻzsuv GESlari joylashgan.

Traktning barpo etilishi natijasida Chirchiq daryosi suvi yordamida elektr energiyasi hosil qilish bilan birga irrigatsiya inshootlari, yirik sanoat markazlari, shaharlar, aholini, sanoat korxonalari va ekinzorlarni suv bilan taʼminlash masalalari ham kompleks hal qilingan.

2003 yilda bu traktdagi GESlarda 5625,3 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.