Chu: различия между версиями

6 байт добавлено ,  2 года назад
м
Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}"
м (1 revision imported: Oʻzbekiston)
м (Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}")
 
(не показана 1 промежуточная версия этого же участника)
Строка 2:
'''Chu''' — [[Qirgʻiziston]] va [[Qozogʻiston]] Respublikalari hududidagi [[daryo]]. Uz. 1067 km, havzasining maydoni 62,5 ming km². Markaziy [[Tyan-Shan|Tyaniian]]dan boshlangan Krraxoʻjir (quyi oqimida Juvonariq) va [[Qoʻchqor soyligi|Qoʻchqor]] daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlib [[Sirdaryo (daryo)|Sirdaryo]]ga 110 km yetmasdan qumlar orasida tugaydi. Ch. bosh qismida chuqur vodiyda tez oqadi. [[Kungay olatov|Kungay Olatovi]] bilan [[Qirgʻiz tizmasi|Qirgʻiziston togʻ tizmalarini]] kesib oʻtib tor [[Boʻoʻm darasi]]ni hosil qiladi. Boʻoʻm darasidan oʻtgach, Chu vodiysiga chiqadi va [[Betpaqdala|Betpakdala]] hamda [[Moʻyinqum]] [[choʻl]]lari orasida sekin oqadi. Ch.ning togʻli qismida Oʻrtatoʻqay suv ombori qurilgan. Toshqin paytida Kutemaldi tarmoqchasi orqali suvining bir qismi [[Issiqkoʻl (koʻl)|Issiqkoʻl]]ga quyiladi. Ch. Boʻoʻm darasidan keyin oʻngdan Katta Kebin, Kichik Kebin, Irgʻayli, Koʻkpatos; chapdan Alameddin, Oqsuv, Qorabolta, Quragʻati irmoqlari qoʻshiladi. Asosan, qor suvlaridan, qisman muzliklardan toʻyinadi. Bahorda sersuv. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi togʻdan chiqaverishda 52,9 m³/sek. Ch. togʻli qismida muzlamaydi, tekislik qismida 3—3,5 oy muzlaydi. Daryodan Katta Chu, Shoʻrtepa, Otboshi, Choʻmish, Georgiyevka kanallari chiqarilgan; Otboshi, Alameddin GESlari kurilgan. Ch. sohilida [[Toʻqmoq]], [[Chu (shahar)|Chu]] shaharlari joylashgan. Daryo [[vodiy]]si boʻylab [[Taraz|Taroz]] — [[Bishkek]] — [[Baliqchi]] temir yoʻl oʻtgan.
 
{{OʻzMEЎзМЭ}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[TurkumCategory:Daryolar]]
[[TurkumCategory:Oʻrta Osiyo]]