Dargʻin tili

Материал из УзЭнц
Dargʻin tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Dargʻin tili — dargʻinlar tili. Dogʻiston tillari guruhiga mansub. Dogʻiston hududidagi 5 tuman (Akushin, Daxalayev, Qaytogʻ va b.) hamda b. tumanlardagi baʼzi qishloqlarga tarqalgan. D.t. da taxminan 300 mingga yaqin kishi soʻzlashadi. Kavkaz (iberiy-kavkaz) tillari Dogʻiston shoxobchasiga kiradi. Birbiridan keskin farq qiluvchi dialektlarga ega. Mas, akusha, uraxa (boshqacha atalishi xyurka), sudaxan, sirxa, munra, kubacha, qaytogʻ (haydogʻ). Soʻnggi ikki dialektga baʼzan mustaqil til sifatida ham qaraladi. Adabiy D.t.ga akusha dialekti asos boʻlgan. Fonetikasi yumshoq tanglay va kichik til ishtirok etadigan, tomoq va boʻgʻiz undoshlari mavjudligi bilan farqlanadi. Leksikasida tub soʻzlardan tashqari boshqa (arab, fors, turkiy, rus) tillardan oʻzlashgan soʻzlar koʻpgina. 20-a. 20-y.larigacha yozuvga ega boʻlmagan, dastlab arab grafikasi asosidagi yozuv qabul qilingan, soʻng lotin (1928—38), undan keyin (1938 y.dan boshlab) kirill alifbosi asosidagi yozuvga oʻtilgan.

Adabiyot[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil