Dominika Respublikasi

Материал из УзЭнц


Dominika Respublikasi
-{República Dominicana}-
Dominika Respublikasi davlat bayrogʻi   Dominika Respublikasi davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Dios, Patria, Libertad
(Ispancha: Hudo, Mamlakat, Ozodlik)
Madhiya: Quisqueyanos valientes
(Valiant Sons of Quisqueya)
Dominika Respublikasi Xaritasi
Dominika Respublikasi Xaritasi
Poytaxt Santo Domingo
Rasmiy til(lar) Ispancha
Hukumat Prezidentlik Respublika
 • Prezident Leonel Fernandez
Mustaqillik   Gaitidan
 • Sana 27 fevral 1844
Maydon  
 • Butun 48,730 -{km²}- (131-)
 • Suv (%) 0.7
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 8,950,034 (84- oʻrin)
 • Zichlik 183 kishi/-{km²}-
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$60,000 mil. (71-)
 • Jon boshiga AQSh$6,704
Pul birligi Dominican Peso (DOP)
Vaqt Mintaqasi (-{UTC}-−4)
 • Yoz (-{DST}-) (-{UTC}-−4)
Qisqartma -{DR}-
Internet domen -{.do}-
Telefon prefiksi +1

Dominika Respublikasi (isp: República Dominicana) poytaxti - Santo Domingo shahri. BMT aʼzosi. Katta Antil o.lari guruhidagi Gaiti o.ning sharqiy qismida joylashgan davlat. Mayd. 48,4 ming km2. Aholisi 8,5 mln. kishi (1999). Maʼmuriy jihatdan 29 viloyat va 1 milliy okrugga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. D. R. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1966 yil 28 noyabr

da qabul qilingan; 1994 yil oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident, u umumiy ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (parlament) amalga oshiradi. Parlamentning ikkala palatasi — senat va deputatlar palatasi umumiy ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident tomonidan tayinlanadigan hukumat amalga oshiradi.

Tabiati. D.R.ning sohillari koʻpgi-na qoʻltiklar bilan parchalangan. Hududining yarmidan kupi togʻ bilan qoplangan. Markaziy qismida Kordilyera-Sentral (Duarte togʻi, bal. 3175 m gacha), shim.da Kordilyera-Septentri-onal (bal. 1249 m gacha), sharkda Kordilyera-Oryental (bal. 701 m gacha) tizmalari bor. Jan. sohili yaqinidagi Saona, Katalina, Beata o.lari ham D.R.ga qaraydi. Togʻlar oraligʻidagi Sibaova Vega-Real vodiysining tuprogʻi gʻoyat serunum boʻlib, u yerda q.x. mahsulotining koʻp qismi yetishtiriladi, qishloq aholisining aksariyati yashaydi. D.R.dagi vulkanlar soʻngan boʻlsa ham, ammo tez-tez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi — tropik, passat iqlim. Pasttekisliklarda oʻrtacha oylik t-ra 25—27°, togʻlarda bundan 10— 12° salqinroq. Yiliga 1000–2000 mm yogʻin yogʻadi, tropik dovullar boʻlib turadi. Togʻlardan boshlanadigan daryolar mamlakatni boshdan oyoq kesib oʻtadi. Yirik daryolarda kema qatnaydi. Togʻlar tropik oʻrmon, savanna va butazorlar bilan qoplangan. Qimmatbaxr yogʻoch olinadigan daraxt turi koʻp. Mineral buloklar bor. Milliy bogʻlari: Arman-do-Bermudes, Del-Este, Los-Aytises.

Aholisining asosiy qismi domini-kanlar, ularning 73% ispan-nef duragaylari, 11% negrlar, 15% oq tanlilardir. Rasmiy til — ispan tili. Aholisining koʻpchiligi katoliklar. 60% dan ortiq aholi shaharlarda yashaydi.

Tarixi. Bu yerda 15-a. oxirigacha urugʻchilik bosqichidagi indeys qabilalari: siboney, aravak, tayno, karib kabilar yashagan. Koʻpchilik qabilalar oʻtroq xayot kechirar, siboneylar ovchilik bilan shugʻullanar edi. 1492 yilda X. Kolumb orolga kelganida uni Ispaniyaga oʻxshatib, Espanola deb atadi. Aravak qabilasiga mansub tain indeyslari esa uni Gaiti deyishardi. Mahalliy aholi ogʻir mehnat va vahshiyona muomala oqibatida qirilib ketdi. Shunda ispanlar qoʻshni orollardan va Afrikadan qullarni olib kelib, shakarqamishzorlarda, chorvachilik va oltin konlarida ishlatishga kirishdilar. 16-a. oxiri va 17-a. boshlarida Fransiya bilan Buyuk Britaniya orolni egallashga harakat qila boshladi. 1697 yil Risvik sulh shartnomasiga binoan Espanola o.ning gʻarbiy qismi (hoz. Gaiti hududi) Fransiyaga topshirildi va Santo-Domingo deb atala boshladi, sharqiy qismi (hoz. D.R. hududi) Ispaniya qul ostida qoldi. 1795 yil is-panlar orolning sharqiy qismini ham Fransiyaga topshirdi. 1804 yilda mustaqillik uchun kurash natijasida fransuzlar oroldan quvib chiqarildi va Gaiti davlati tuzildi. 1844 yil Santo-Domingo ozodlikka erishib, D.R. deb ataldi. 19-a. oʻrtalaridan mamlakat iqtisodiyotiga chet el sarmoyasi kira boshladi. 1905 yil AQSH D.R.ni asoratga solib, mamlakat bojxonalarini oʻz na-zoratiga oldi. 1916 yil AQSH qoʻshinlari oʻz siyosatiga qarshi koʻtarilgan isyonni bostirish niyatida mamlakatga bos-tirib kirdi va harbiy-okkupatsiya re-jimini oʻrnatdi. Bu rejim 1924 yilgacha joriy qilindi. 1930 yil AQShdagi yirik monopoliyalar koʻmagida R. L. Truxilo hokimiyatni egalladi. U musta-bid rejimni oʻrnatdi. 2-jahon urushidan soʻng Lotin Amerikasida milliy ozodlik harakati kuchayib, Truxilo rejimiga qarshi xalq harakati avj olgach, u sobiq tarafdorlari tomonidan oʻldirildi (1961). 1962 yil dekabrdagi saylovda gʻolib chiqqan X. Bosh hoki-miyat tepasiga keldi. U milliy iqti-sodiyotni mustahkamlash, AQShga qaramlikni susaytirish tadbirlarini amalga oshirdi: agrar islohot oʻtkazish, siyosiy va demokratik ozodlik haqida yangi konstitutsiya qabul qildi. 1963 yil sent.da reaksion harbiylar X. Bosh hokimiyatini agʻdardi. Mamlakatni harbiy xunta idora qila boshladi. U konstitutsiyani bekor qildi, barcha demokratik partiyalarni taqiqladi. 1965 yil aprel xalq qoʻzgʻoloni harbiy xuntani agʻdarib tashladi. Mamlakatda F. Kaamanoning konstitutsiyey hukumati tuzildi. AQSH esa oʻz fuqarolarini muhofaza qilish bahonasi bilan D.R.ga bostirib kirdi. Ana shunday bir vaziyatda (1966 yilda) saylov oʻtkazildi. Refor-mistlar partiyasining rahbari X. Balager 1966—78 yillarda prezident boʻlib, milliy monopoliya, yer egalari va ruhoniylarning manfaatini himoya qildi. 1978 yil 16 mayda oʻng kuchlarning qarshiligiga qaramay, inqilobiy partiya nomzodi A. Gusman prezident etib saylandi. 1996 yil 30 iyundagi saylovda esa Ozodlik partiyasining rahbari Fernandes Reyna gʻalaba qozonib, prezident lavozimini egalladi. 2000 yildan D.R. prezidenti I. R. Mexia Dominges. D.R. — 1945 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 27 fevral — Mustaqillik kuni (1844).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma birlashmalari. Demokratik integratsiya harakati, 1970 yilda reformistlar partiyasidan ajralib chiqqan fraksiya negizida tuzilgan; Kiskeyyano (Dominikana) demokratik partiyasi, 1968 yilda tuzilgan; Dominikana kommunistok partiyasi, 1944 yilda asos solingan; Dominikana ozodlik partiyasi, 1973 yilda tuzilgan; Dominikana inqilobiy partiyasi, 1939 yilda tuzilgan; Reformist sotsial-xristian partiya, 1986 yilda tuzilgan. Muxtor kasaba uyush-malari konfederatsiyasi, 1962 yilda tuzilgan; Mehnatkashlar umumiy kasaba markazi, 1972 yilda tuzilgan; Dominikana mehnatkashlari milliy konfederatsiyasi, 1988 yilda tuzilgan.

Xoʻjaligi. D.R. — iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x., oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 15%, sanoatning ulushi 19,2%. Qishloq xoʻjaligida mamlakat hududining 35% ga yaqini foydalaniladi; mamlakat ishchi kuchining 50% shu sohada band. Ekinzorlar mamlakat shim. dagi Sibao va Vega-Real vodiylarida, jan. sohillarda va markaziy tekisliklarda joylashgan. Mehnat unumdorligi va texnika bilan kurollanish past darajada. Asosiy q.x. ekinlari: shakarqamish, kakao, banan, tamaki. Ichki ehtiyoj uchun sholi, makkajoʻxori, maniok, batat, yams, loviya, sabzavot va b. ekiladi. Yaylov chorvachiligi birmuncha rivojlangan: krramol, choʻchqa, yilqi, parranda boqiladi.

Sanoati zaif, asosan q.x. va chorvachilik xom ashyosini qayta ishlaydigan, oziq-ovqat va toʻqimachilik mah-sulotlari ishlab chiqaradigan mayda korxonalardan iborat. Qand-shakar sanoati durustroq rivojlangan. 2-jahon urushidan keyin konchilik tez yuksala boshladi. Boksit, ferronikel qazib olish koʻpaydi, mis va temir rudasi, marmar, oltin, kobalt, titan qazib olinadi. Sement, yogʻochsozlik, kimyo, neftni kayta ishlash korxonalari mav-jud. 1975 yilda Sanches-Ramires viloyatida Lotin Amerikasidagi eng katta oltin va kumush karyeri ishga tushirilgan. 20 ta erkin iqtisodiy zonada kiyimkechak ishlab chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 4,6 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Keyingi yillarda chet el sayyoxligi rivojlandi. Transporti. Mamlakatda t.y. uz. — 1,6 ming km, avtomobil yoʻli uz. — 17 ming kmdan koʻproq. Asosiy dengiz portlari: Santo-Domingo, Puerto-Plata. 6 ta aeroport, shu jumladan Punta-Kausedoda xalqaro aeroport bor. D.R. chetga qand-shakar, ferronikel, oltin, kumush, kofe, kakao, banan, boksit, tamaki, meva va b. chikaradi. Chetdan oziqovqat, mashina va avto-mobillar, elektr asbob-uskunalari, maʼdanli oʻgʻit, doridarmon, yoqilgʻi, paxta keltiradi. Savdosotikdagi mijozlari: AQSH va Yevropa Iktisodiy hamjamiyati davlatlari. Pul birligi — Dominikana pesosi.

Sogʻliqni saqlash. Koʻpchilik aholi turmushining tibbiysanitariya sharoiti qoniqarli emas. Davlat byudjetining 7% sogʻliqni saqlashga ajratiladi. Aholining juda oz qismi ijtimoiy sugʻurta qisobiga tibbiy yordamdan foydalanadi. Yuqumli kasalliklardan tanosil, isitma-bezgak, sil tarqalgan. Shifokorlarni 2 tibbiy oliy oʻquv yurti tayyorlaydi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. D.R.da 7—11 yoshdagi bolalar uchun bepul va majburiy taʼlim joriy etilgan, biroq aholining yarmidan koʻprogʻi savodsiz. Katta yoshdagilar va qishloq aholisi orasida savodsizlar ayniqsa koʻp. Davlat maktablaridan tashqari xususiy va cherkov maktablari bor. Ularning hammasida taʼlim davlat dasturi asosida olib boriladi. Oʻrta maʼlumot olish uchun boshlangʻich maktabdan keyin 3 yillik 2-pogʻona maktabni ham bitirish kerak.

Kechki davlat maktablari savdo, sanoat va q.x. xodimlarini tayyorlaydi. D.R.da 3 ta universitet, jumladan, Amerikadagi eng qad. universitetlardan biri — Santo-Domingo universiteti (1538 yilda asos solingan) bor.

Ilmiy muassasalarida asosan tarix, tilshunoslik, tibbiyot sohalarida tadqiqot olib boriladi. Bir necha xususiy ilmiy muassasalar: Dominikana akademiyasi, tarix akademiyasi, bir qator ilmiy muassasa, jamiyat va uyushmalar bor. Un-t kutubxonasi, Milliy va munitsipalitet kutubxonalari, milliy muzey (1927), milliy badiiy galereya (1943) mavjud.

Matbuoti, radioeshittirish va telekoʻrsatuvi. D.R.da nashr etiladigan asosiy gaz.lar: "Informason" ("Axborot", kundalik gaz., 1915 yildan). "Karibe" ("Karib gaz.", kundalik gaz., 1948 yildan), "Listin diario" ("Kundalik varaqa", kundalik gaz., 1889 yildan), "Nasional" ("Milliy gazeta", kundalik gaz., 1966 yildan), "Notisia" ("Xabarnoma", kundalik kechki gaz., 1973 yildan), "Ultima ora" ("Soʻnggi soat", kundalik kechki gaz., 1970 yildan). Aloqa bosh boshqarmasi mamlakatdagi radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni nazorat qiladi. "Radio Televison Dominikana" hukumat radio va telekoʻrsatuv xiz-matidir. Bir necha tijorat radio va te-lekoʻrsatuv styalari bor.

Ldabiyoti ispan tilida. 19-a.da birinchi milliy madhiya muallifi F. M. del Monte yangi adabiyotga asos soldi. D.R.da birinchi milliy roman — M. de X. Galvanning "Enrikilo" tarixiy asaridir. Asr oxirigacha indeyslar turmushi adabiyotning asosiy mavzui boʻldi. Bu davrdagi adabiyot shiddatli siyosiy kurash sharoitida rivojlandi.

1930 yilda Truxilo reaksion diktaturasining karor topishi bir guruh taraqqiyparvar adiblarni muhojirlikda yashashga majbur etdi. Ulardan A. F. Rekena "Zamin dushmanlari", "Olovli yoʻl" romanlarida mustabid tuzumni fosh etdi. R. Marrero Aristi, X. Bosh asarlari D.R. dehqonlari hayotiga bagʻishlandi. E. Inchaustegi Kabral, Pedro Mir, M. del Kabral va b. sho-irlarning asarlarida ijtimoiy norozilik goyalari aks etdi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Ispanlar bosqinidan avval (16-a.ga-cha) indeyslar sanʼati (naqshinkor va jimjimador kulollik, zarang idishlar, tosh va yogʻoch sanamlar) rivojlangan. Dastlabki shaharlar, jumladan Santo-Domingoga asos solingach, keyingi gotika va ilk Uygʻonish uslubida har xil ibodatxonalar, kasalxona, savdo korxonalari, jamoat va turar joy binolari barpo etildi. Santo-Domingodagi Torre del Omenaxe soqchi minorasi (1503—07), sobor (1512—41, meʼmori R. de Lyendo, L. de Moya), Kasa del Amirante saroyi (1510—14) va b. inshootlar hozirgacha saqlangan. Shu davrda maqbaralar qurilishi, rassomlik, haykaltaroshlik ham vujudga keldi. Keyinchalik meʼmorlik suyet rivojlandi. Hozir ham viloyat shaharlarida pastqam yogʻoch uylar, qishloq joylarda yogʻoch sinchli va tomiga shox-shabba yopilgan uychalar koʻp. 1930 yilgi dovulda vayron boʻlgan Santo-Domingo AQSH meʼmorligiga taqlidan temir-beton va oynadan kurila boshladi.

Mustamlakachilik davrida arzigulik tasviriy asarlar yaratilmadi. Yangi davr sanʼati 20-a.dan rivojlandi. Rassom va haykaltaroshlardan L. de Sangles, A. Grulon va A. R. Urdanetalar tarixiy mavzuda kartina, peyzaj, por-tretlar yaratdilar. Santo-Domingoda birinchi badiiy maktabga asos solingach (1908), yosh rassomlar yetishib chika boshladi. Zamonaviy rassomchilik Amerika va Yevropa modernistik oqimlari — kubizm (X. M. Kolson), abstraksionizm (P. Xyudiseli), syurrealizm (D. Suro) taʼsirida rivojlandi. S. Vos-i-Xil, A. Bonilya, X. O. Morellarning realistik asarlari yaratildi. Santo-Domingo milliy sanʼat makta-bi, San-Fransisko-de Makoris va San-Xuan nafis sanʼat maktabi, Santyago va La-Vega plastik sanʼat maktabi mavjud.

Adabiyot[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil