Efiopiya

Материал из УзЭнц
Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi
-{የኢትዮጵያ ፌዴራላዊ ዴሞክራሲያዊ ሪፐብሊክ
ye-Ityopp'ya Federalawi Dimokrasiyawi Ripeblik}-
Efiopiya davlat bayrogʻi   Efiopiya davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Y'o`q
Madhiya: ወደፊት ገስግሺ ውድ እናት ኢትዮጵያ
Wedefit Gesgeshi Widd Innat Ittyoppya
Файл:Wedefit Gesgeshi Widd Innat Ittyoppya.ogg
Efiopiya Xaritasi
Efiopiya Xaritasi
Poytaxt Addis-Abeba
Rasmiy til(lar) Amhara tili
Hukumat Parlamentlik Respublika
 • Prezident Mulatu Teshome
 • Bosh Vazir Hailemariam Desalegn
Konstitutsiya   1995
Maydon  
 • Butun 1,127,127 -{km²}- (27-)
 • Suv (%) 0.7
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 73,053,286 (16- oʻrin)
 • Zichlik 64 kishi/-{km²}-
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$60,340 mil. (70-)
 • Jon boshiga AQSh$826
Pul birligi Ethiopian Birr (ETB)
Vaqt Mintaqasi (-{UTC}-+3)
 • Yoz (-{DST}-) (-{UTC}-+3)
Qisqartma -{ET}-
Internet domen -{.et}-
Telefon prefiksi +251

Efiopiya (የኢትዮጵያ ፌዴራላዊ ዴሞክራሲያዊሪፐብሊክ (yeʾĪtiyoṗṗya Fēdēralawī Dēmokirasīyawī Rīpebilīk), Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi), Habashiston (Efiopiyannng Sharqda tarqalgan ikkinchi nomi) — Shim.Sharqiy Afrikadagi davlat. BMT aʼzosi. Maydoni 1222 ming km². Aholisi 67,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Addis Ababa shahri. Maʼmuriy jihatdan 9 shtatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi[править | править код]

E. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1995 yil 22 avg .da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2001 yildan Girma VoldeGiorgis), u parlament tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Xalq vakillari kengashi (parlamentning quyi palatasi), ijrochi hokimiyatni Bosh vazir va hukumat amalga oshiradi. Parlament — Federal majlis 2 palata: Federatsiya kengashi (yuqori palata) va Xalq vakillari kengashi (quyi palata)dan iborat.

Tabiati[править | править код]

E. hududining aksari qismi subekvatorial mintaqada boʻlib, katta qismini Efiopiya togʻligi (balandligi 2000–3000 m) egallaydi (eng baland joyi 4623 m, RasDashen togʻi). Mamlakat jan.sharqidagi chuqur graben EfiopiyaSomali platosi (balandligi 1500 m gacha)ni togʻlikdan ajratib turadi. Shim.sharqda Afar botigʻi (botiqdagi Assal koʻlining sathi dengiz sathidan 116 m past) bor. E.da oltin, platina, mis, nikel, marganets rudalari, tabiiy gaz, kaliy guzi va boshqalar bor. Iqlimi shim. va sharqida tropik choʻl va chala choʻl iqlim, qolgan qismida subekvatorial iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 13° — 19° (AddisAbeba). Oʻrtacha yillik yogʻin 150—160 dan 1500–1800 mm gacha (ayrim joylarda 50 mm dan kam). Asosiy daryolari: Koʻk Nil, VebiShebeli. Bir qancha koʻl bor; eng yirigi — Tana koʻli. Tuproklari Efiopiya togʻligi yon bagʻirlarida qizil qoʻngʻir va togʻ toʻq qizil tuproq, moʻʼtadil mintaqada togʻ qoramtir tuproq, sovuq mintaqada ishqorsizlangan tuproq, qurgʻoqchil sharqiy va jan. chekkalarida qoʻngʻir va qizil qoʻngʻir, koʻpincha toshloq tuproqlar mavjud. E.ning shim., sharqiy va jan. qismi butazorli choʻl va chala choʻl, choʻlga aylangan savannalardan iborat. Daryo vodiylarida doim yashil oʻrmonlar bor. Efiopiya togʻligining gʻarbiy va jan. gʻarbiy yon bagʻirlari tropik oʻrmon. Hayvonot dunyosi xilmaxil: yirik sut emizuvchilar (kiyik, jirafa, buyvol, begemot, fil, zebra, togʻ echkisi) koʻp. Yirtqich hayvonlardan arslon, qoplon uchraydi; har xil maymunlar, qushlar yashaydi. Milliy bogʻlari: Avash, Gambela, Simen va boshqalar.

Aholisi[править | править код]

E. aholisining 3/4qismini amxara va oromolar tashkil etadi; shuningdek tigrai, galla, tigre, sidimo va boshqalar xalqlar ham yashaydi. Rasmiy til — amxara tili. Dindorlarning aksariyati musulmonlar va xristianlar. Shahar aholisi 11,5%. Yirik shaharlari: AddisAbeba, Xarar (Xarer), Nazret (Adama).

Tarixi[править | править код]

E. hududidan topilgan arxeologik topilmalar yoshi taxminan 2 mln. yilga yaqin. Miloddan avvalgi asrlarda E. hududida somxom va boshqalar til guruhlariga mansub xalqlar yashagan. Mil. boshlarida Shim. E. hududida Aksum podsholigi mavjud boʻlgan. 5—6-asrlarda xristianlikning monofislik yoʻnalishi mamlakatdagi hukmron dinga aylandi. 7-asrda arablarning Shim. va Sharqiy Afrikaga bostirib kirishi va Arab xalifaligining paydo boʻlishi natijasida Aksum podsholigi inqirozga uchradi. 13-asrdan bu hududda E. podsholigi mavjud boʻlgan. 18-asr oxiri — 19-asr 1-yarmida oʻzaro urushlar natijasida bir qancha knyazliklarga boʻlinib ketdi. 19-asrning 50- yillari Kuaralik Kasa mamlakatni birlashtirishda muhim rol oʻynadi [1855 yiloʻzini Teodros (Fyodor) II nomi bilan imperator deb eʼlon qilgan]. 1867 yil Buyuk Britaniya E.ga qarshi urush boshladi. Urushda E. armiyasi yengildi (1868), lekin ingizlar xalq ommasining qattiq qarshiligiga uchrab, mamlakatdan chiqib ketishga majbur boʻldi. 19-asrning 70—80- yillari E. Misr va Sudan bilan urush olib bordi. Urushlar natijasida E.ning kuchsizlanganidan foydalangan Italiya 1882 yil Assab, 1885 yil Massaua portlarini bosib oldi. 1889 yilgi bitim boʻyicha E. Italiya protektoratiga aylandi. 1890 yil boshida Italiya Qizil dengiz boʻylaridagi oʻzi egallagan yerlarni Eritreya mustamlakasiga birlashtirdi. 1895 yil italyan qoʻshinlari E.ga yana hujum qildilar. 1896 yilI martdagi jangda E. qoʻshinlari italyanlarni tormor keltirdi. 1896 yil 26 oktyabrda tuzilgan sulh shartnomasiga koʻra, Italiya E.ning toʻla mustaqilligini tan oldi. Imperator MenelikII davri (1889—1912)da mamlakatni markazlashtirish nihoyasiga yetdi va bir qator qoʻshni viloyatlar E.ga qoʻshib olindi. Uning oʻlimi (1913)dan soʻng hokimiyat uchun kurash avj oldi. 1930 yil Xayle Selassiye I E. imperatori boʻldi. U bir qancha islohotlarni amalga oshirdi (1931 yil mamlakatning birinchi konstitutsiyasini qabul qildi). 1935—36 yildagi ItaliyaE. urushi natijasida Italiya E.ni egalladi va uni "Italiya Sharqiy Afrikasi" mustamlakasi tarkibiga kiritdi. 1941 yil yanvar da inglizefiop qoʻshinlari Sudan hududidan E.ga kirib, italyan qoʻshinlariga qarshi hujum boshladilar va 1941 yil oxirida E.ni italyan qoʻshinlaridan ozod qildilar (harbiy harakatlarda qatnashgan ingliz qoʻshinlari mamlakatdan 1954 yil chiqib ketdilar). 1942 yil mamlakatda qulchilikni taqiqlash va qullarni ozod qilish toʻgʻrisida farmon eʼlon qilindi. 1952 yil BTM Bosh Assambleyasining qaroriga muvofiq Italiyaning sobiq mustamlakasi — Eritreya federativ asosda E.ga qoʻshildi. 1962 yil Eritreyaning federativ maqomi imperatorlik hukumatining tazyiqi bilan bekor qilindi va u E. bilan toʻliq birlashdi. 20-asr 60— 70- yillarida turli ijtimoiy qatlamlarning faolligi kuchaydi. Agrar islohotlar haqidagi masalani hal etishning choʻzilishi, 1973 yildagi qurgʻoqchilik va yuz minglab kishilarning ochlikdan halok boʻlishi, narxnavoning oshib, yuqori amaldorlar oʻrtasida poraxoʻrlikning avj olishi 1974 yil boshiga kelib monarxiya tuzumining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tangligini kuchaytirdi. 1974 yil fevral

da ish tashlash va namoyishlar boshlandi. U mehnatkashlarning monarxiyaga qarshi inqilobiga aylanib ketdi va 1974 yil 12 sentyabrda Xayle Selassiye I agʻdarib tashlandi. 1975 yil martda mamlakat respublika deb eʼlon qilindi va Sotsialistik E. deb ataddi, 1987 yil sentyabrdan E. Xalq Demokratik Respublikasi, 1991 yil iyundan E., 1995 yilavg . dan E. Federativ Demokratik Respublikasi deb nomlandi. 1993 yil mayda mustaqillik uchun olib borgan 30 yillik kurashdan soʻng Eritreya E.dan ajralib chiqdi va oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. E. — 1945 yildan BTM aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992 yil 2 yanvarda tan olgan va 1996 yil 15 iyulda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 28 may — Tinchlik va demokratiya oʻrnatilgan kun (1991 yil 28 mayda E. xalqlari inqilobiy demokratik fronti hokimiyat tepasiga kelgan).

Asosiy siyosiy partiya va tashkilotlari hamda kasaba birlashmalari E.da tinchlik va demokratiya uchun muqobil kuchlar ittifoqi, 1993 yil tashkil etilgan; E. demokratik birlik partiyasi, 1984 yil asos solingan; E. xalklari inqilobiy demokratik fronti, 1989 yil tuzilgan. E. kasaba uyushmalari, 1977 yil tashkil etilgan.

Xoʻjaligi[править | править код]

E. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 12%, qishloq xoʻjaligi 55%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 33%ni tashkil etadi.

Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotda yetakchi rol oʻynaydi. Mehnatga layoqatli aholining 85%ga yaqini qishloq xoʻjaligida band. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — dehqonchilik. Asosiy oziq-ovqat ekini — arpa, teff (tariqning bir turi), makkajoʻxori, bugʻdoy, yer yongʻoq, kungaboqar. Shuningdek, shakarqamish, paxta, tamaki yetishtiriladi. Sabzavot xam ekiladi. Sitrus mevalar, oʻrik, shaftoli, anor, banan oʻstiriladi. Eksport uchun kofe yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, echki, xachir, tuya bokiladi. Parrandachilik, oʻrmon asalarichiligi rivojlangan. Oʻrmonlarida qimmatbaho yogoch tayyorlanadi.

Sanoatida oziq-ovqat, yengil, neftni qayta ishlash, metallsozlik, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal tarmoqlari yetakchi. Yiliga oʻrtacha 1,28 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Eng yirik GES — Fincha. Hunarmandchilikda toʻquvchilik, teri, suyak va yogʻochni qayta ishlash rivojlangan. Platina, oltin, marganets rudasi, kaliy tuzi, kvars qumi qazib olinadi.

E.da temir yoʻllar uzunligi — 0,78 ming km, avtomobil yoʻllari uz. — 19,4 ming km. Tashqi savdo yuklari asosan, Jibuti porti orqali amalga oshiriladi. E. chetga kofe, teri xom ashyosi, dukkakli donlar, moyli uruglar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, oziq-ovqat, mashina va jihozlar, isteʼmol mollari oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Saudiya Arabistoni, AQSH, Italiya, Yaponiya, Jibuti bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — bir.

Tibbiy xizmati[править | править код]

Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish davlat davolash muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Vrachlar AddisAbebadagi untning tibbiyot fti va Gonderdagi tibbiyot kollejida tayyorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari[править | править код]

Taʼlim tizimi 6 yillik boshlangʻich va 6 yillik oʻrta maktabdan iborat. 7—12 yoshdagi bolalar uchun boshlangʻich taʼlim majburiy. Oʻqish amxara tilida olib boriladi. Hunartexnika taʼlimi toʻliqsiz oʻrta maktab negizida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari 2 yil lik oʻqituvchilar in-tida, oʻrta maktab oʻqituvchilari untlar, AddisAbebadagi ped. institutida tayyorlanadi. AddisAbebada milliy unt, BahrDarda politexnika instituti, Jimmada qishloq xoʻjaligi instituti bor. Qishloq xoʻjaligi institut va kollejlari mamlakatning boshqa shaharlarida ham bor.institutlar milliy universitet huzuridagi qishloq xoʻjaligi stansiyalari, efiop tadkiqotlar instituti, geofizika rasadxonasi, oʻrmon tadqiqotlari instituti, xaritagrafiya va geogr. instituti, geol. tadqiqotlari boʻlimida olib boriladi. Shuningdek, AddisAbebada qishloq xoʻjaligi instituti, Afrika chorvachiligi tadqiqot markazi, E. geol. xizmati, Jimma yaqinida kofe seleksiya ilmiy tekshirish stansiyasi mavjud. Yirik kutubxonalari: AddisAbebadagi universitet kutubxonasi, AddisAbebadagi milliy kutubxona. AddisAbebada Arxeologiya muzeyi, Desse shahrida muzey bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. E.da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Asosiylari: "Addis zemen" ("Yangi vaqt", amxara tilida chiqadigan kundalik gaz., 1941 yildan), "Yezareitu Itiopiya" ("Bugungi Efiopiya", amxara tilidagi haftalik gaz., 1952 yildan), "Yekatit ("Fevral", amxara va ingliz tillaridagi bezakli jur.), "Meskerem" ("Sentyabr", amxara tilida har choraqda chiqadigan nazariy jur., 1980 yildan), "Efiopian gerald" ("Efiopiya xabarnomasi", ingliz tilidagi haftalik gaz., 1943 yildan). Hukumatga qarashli E. axborot agentligi 1964 yil tashkil etilgan. E. radiosi, hukumat radioeshittirish xizmati, 1941 yil tuzilgan; E. televideniyesi, hukumat xizmati, 1964 yil asos solingan.

Adabiyoti[править | править код]

E. adabiyoti koʻp tilli. E. da yozuv va epigrafika miloddan avvalgi 5-asrda sabey tilida yaratilgan. Gyoez tilidagi efiop adabiyoti 4—7-asrlarda yuzaga keldi. 6-asrda yunon tilidan gyoez tiliga xristian va gnostitsizm adabiyotiga oid bir qancha asarlar tarjima qilingan. 8—12-asrlarda efiop adabiyoti tushkunlikka uchradi. 13 —15-asrlarda arab tilidagi koʻplab asarlar tarjima qilindi. 14-asrda "Shohlar shuhrati" nomida asar yaratildi. Imperator Naod oʻrta asrning yirik shoiridir. Gyoez tilidagi adabiyot 15— 16-asrlarda yuksak darajada rivojlandi. Oʻsha davrning mashhur yozuvchisi Zere Yakob diniydogmatik traktlar va madhiyalar toʻplamini yaratdi. 16—19-asrlarda E. adabiyoti 6 til (gyoez, arab, amxara va boshqalar)da rivojlandi. Hozirgi zamon amxara tilidagi efiop adabiyotining asoschisi Afeuork Gebre Iyesus (18681947) hisoblanadi. U 1908 yil birinchi badiiy asar — "Qalb bilan tugʻilgan tarix" romanini yaratdi. 1920— 30 ylardagi koʻzga koʻringan yozuvchilardan biri Xiruy Volde Selassiye (1889—1939)dir. E. adabiyotining taraqqiyoti Kabbede Mikael, Mekonnin Endalkachou va boshqalar maʼrifatparvar yozuvchilar faoliyati bilan bogʻliq. 1950—60 yillarda yozuvchilar Taddese Liben, Birxanu Zerixun, Abu Guben, shoir va dramaturglar Mengistu Lemm, Segaye Gebre Medxinlarning voqelikni real aks ettiruvchi asarlari bosilib chiqdi. 1974 yil monarxiya tuzumi agʻdarilgach, Aseff Gebre, Maryam Tesemm, Ayalnex Mulatu sheʼrlari mashhur boʻldi. Birxanu Zerixun, Segaye Gebre Medxin, Bealyu Girma kabi adiblar samarali ijod qiddilar. Adabiyotga yosh yozuvchilar guruhi kirib keldi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[править | править код]

E. hududidan eng qadimiy (miloddan avvalgi 2-ming yillik) davrlarga oid qoyatosh suratlari, hoʻkiz, odamning boʻrttirib ishlangan tasvirlari topilgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida togʻli platolarda qadimiy sharq sanʼati tipidagi sanʼat gullabyashnadi; qoʻrgʻon, ibodatxona, shoxlar haykallari, hayvonlar tasviri yaratildi. 1-ming yillikning 1-yarmi va oʻrtalarida Aksum podsholigi ravnoq topgan davrda mahobatli saroylar, koʻp qavatli minora shaklidagi tosh stela va taxtlar, toʻgʻonlar, suv omborlari, turar joy binolari qurildi. Aksumda xristianlik yoyilgan (4-asr oʻrtalari)dan keyin monastir majmualari va bazilikali cherkovlar yaratildi (DebreDamo majmuasi, 6-asr). Keyinchalik (13—14-asrlarda) Lalibedda qoyatoshlarni oʻyib cherkovlar yaratildi, freska, rang-tasvir asarlari, naqshlar bilan bezatildi. 14-asrda shohning BetAmxara qarorgohidagi ibodatxona va monastirlar hashamatliligi bilan shuhrat qozondi. 14-asrdan kopt, suriyamesopotamiya, arman sanʼatlari taʼsirini oʻzida mujassam etgan efiop miniatyurasi rivojlandi. 17-asrda mamlakatning yangi poytaxti—Gonder shahri qurildi. Shaharda mahalliy va Gʻarbiy Yevropa meʼmorligi uslubida toshdan 2 qavatli qasrsaroylar qurildi. E.da anʼanaviy xalq turar joyi, asosan, aylana shaklida, tomi konussimon holda shoxshabbadan toʻqilib, loy bilan suvaladi yoki toshdan loy bilan ishlanib toʻgʻri burchakli, usti yassi qilib quriladi. Mamlakat jan.da gumbazsimon kulbalar koʻp. 19-asr 2-yarmi — 20-asr boshlarida shaharlar (AddisAbeba), yoʻl, koʻprik, kasalxona, maktab, GESlar barpo etildi. 1954—56 yillarda AddisAbeba shahrini qayta rekonstruksiya qilish rejasi tasdiqlandi. 1955 yil milliy teatr binosining yaratilishi E. madaniy hayotida katta voqea boʻldi. 1960—80 yillarda ham bir qancha inshootlar barpo etildi. Yiriklari: Afrika uyi (1961), Milliy bank (1973—76), kasalxona majmuasi, pochtamp, "VebiShebeli" mehmonxonasi (hammasi AddisAbeba shahrida) va boshqalar E.da professional sanʼat rivojlanmoqda. Rassomlardan Afevork Tekle, Gebe Kristos Desta, Abdul Rahmon Sharif, haykaltarosh Taddese Mamecha va boshqalar mashhur. E. aholisi qadimdan kulollik, poya va poxoldan turli roʻzgʻor anjomlari toʻqish, kandakorlik, kashtadoʻzlik, yogʻoch oʻymakorligi, charmga gul solish va h.k. bilan shugʻullanib keladi.

Musiqasi[править | править код]

E. musiqasi Misr madaniyati taʼsirida rivojlandi. Aholining etnik jihatdan xilmaxilligi ham E. musiqa folklorining turlituman boʻlishiga taʼsir koʻrsatgan. Torlitirnama betena, qirar, kamonli mesinko, turli puflama (vashint, imbilta, malakat) va urma (atamo, negarit va boshqalar) musiqa cholgʻulari mavjud. 5—6-asrlarda diniy (xristian) koʻp ovozli qoʻshiq va raqslar keng tarqalgan. Ulardan asosiylarini 6-asrda avliyo Yared tizimga solib, qogʻozga tushirgan. Keyinchalik monastirlar qoshida xonandalik maktablari tashkil topgan. E.da musiqa madaniyati anʼanalarini sayyor shoirqoʻshiqchilar — azmarilar davom ettirib kelganlar. 20-asrning boshlaridan ilk puflama sozlar orkestrlari paydo boʻlgan, kompozitorlar oʻz ijodlarida milliy musiqa anʼanalarini gʻarb musiqa madaniyati yutuqlari bilan uygʻunlashtirishga intildilar (Konyatta Iofataxa Negusse, Aleka Melaku BeggoSeu va boshqalar). Ayni vaqtda 1950—60 yillarda anʼanaviy efiop musiqasiga qiziqish ortdi. 1952 yildan folklorni oʻrganish boʻyicha jidsiy ish boshlandi. Milliy musiqaga bagʻishlangan dastlabki musiqashunoslik ishlari yuzaga keldi. Musiqa taʼlimiga ham eʼtibor kuchaydi: AddisAbebadagi untda sanʼat fti, 1963 yil universitet huzurida Badiiy ijod markazi tashkil etildi. Shu yili AddisAbebada Milliy musiqa maktabi ochildi.

Teatri[править | править код]

E. xalqlarining teatr sanʼati sarchashmalari anʼanaviy rasmrusumlardan boshlangan (toʻy, dafn marosimlari va boshqalar). 20-asr boshlarida umumiy taʼlim maktablari bilan birga maktab teatrlari ham paydo boʻldi. 20-asrning 30- yillari "Vatan himoyachilari ittifoqi" teatri faoliyat koʻrsatdi. 1950 yil AddisAbebada havaskorlik festivali oʻtkazildi. 1955 yil poytaxtda birinchi professional teatr ochildi (70- yillar oʻrtalaridan Milliy teatr). Uning repertuaridan milliy dramaturglar pyesalari, V.Shekspir, N.V.Gogol asarlari tarjimalari keng oʻrin oldi. E.da targʻibot teatri, teatrlashtirilgan ommaviy xalq bayramlari va folklor sanʼati ommalashgan.

Kinosi[править | править код]

1970- yillarning oʻrtalarigacha asosan, qisqa metrajli hujjatli filmlar ishlab chiqarilgan. Xususan, rej. S.Bekelening "Qizil mavjudot" (1968), "Ijtimoiy majmua" (1970), "Afrika kinosining hozirgi holati" hujjatli filmlarida muhim ijtimoiy muammolar koʻtarildi. 1974 yil birinchi qisqa metrajli badiiy film — "Guma" (rej. M.Papatakis) yaratildi. "Kurash davom etmoqda" (1975, rej. M.Papatakis) nomidagi birinchi toʻliq metrajli hujjatli film jiddiy muammo — agrar islohotlarga bagʻishlandi. Rej. M.Papatakisning "Oʻtmish gʻamtashvishlari, kelajakka yoʻl" hujjatli filmi (1977)da jabrlangan xalqning koʻp asrlik tarixi aks ettirildi. "Uch ming yillik hosili" badiiy filmi (1976, rej. Xayle Girma), "Kurash — gʻalaba, gʻalaba—kurash" (1978, rej. M.Papatakis), "Gʻalabaga yoʻl" (1981, rej.lar Taseze Jarra, Getachou Tarekegen) hujjatli filmlari yaratildi. 1979 yil Milliy kinematografiya markazi tuzildi. Mamlakatda 40 ga yaqin kinoteatr bor. Yiliga oʻrtacha 3—4 hujjatli film ishlab chiqariladi.