Elyor Gʻaniyev

Материал из УзЭнц
Gʻaniyev Elyor Majidovich
Elyor Gʻaniyev
AQSH davlat kotibi Hillary Clinton bilan
Tavallud sanasi: 1-yanvar 1960 (1960-01-01) (64 yosh)
Tavallud joyi: Sirdaryo, OʻzSSR
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Gʻaniyev Elyor Majidovich (1960-yil 1-yanvar, Sirdaryo viloyati) — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri (2012-yildan).

Biografiyasi[править | править код]

  • 1960-yil 1-yanvarda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan.
  • 1981-yilda Toshkent politexnika institutining neft va gaz sanoati texnik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
  • 1981-1985 — Toshkent politexnika instituti oʻqituvchisi.
  • 1985-1990 — Qurolli Kuchlar xizmatida.
  • 1990-1992 — Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari Davlat qoʻmitasi katta referenti.
  • 1992-1993 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi boshqarma boshligʻi.
  • 1993-1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi.
  • 1994-1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari.
  • 1997-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri.
  • 2002-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi.
  • 2005-2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi ishlar vaziri.
  • 2006-2009 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
  • 2009-2010 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
  • 2010-2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi ishlar vaziri.
  • 2012-yil 13-yanvardan 2017-yil 28-noyabrgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
  • 2017-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida sektor mudiri[1].
  • 2005-yildan — Oʻzbekiston Voleybol federatsiyasi Prezidenti.

Ingliz tilini biladi. Oilali, besh nafar farzandi bor[2].

Manbalar[править | править код]

Havolalar[править | править код]